Mavzu: Polietilin, polipropilen, poliizobutelin, polistirol, polivinilxlorid, politetraftoretilen, polivinilatsetat, polivinil spirta, akrilatlar, fenoplastlar, aminoplastlar, poliefir polimerlar, poliamid va poliuretanlar.
Reja:
Polietilin, polipropilen
Polistirol, polivinilxlorid
Aminoplastlar, poliefir polimerlar haqida tushunchalar
Polietilen, politen, polieten [—CH2—CH2—]l — karbozanjirli polimer. Rangsiz, yarim shaffof modda. Suyuqlanish temperaturasi olinish usuliga ko'ra 105—130°, zichligi 920– 970&kg/m3. Elastikligi va cho'zilishga mustahkamligi yuqori. Ishqorlar, xlorid, sulfat, ftorid va organik kislotalar taʼsiriga chidamli; xlor va ftor taʼsirida parchalanadi. 80°dan yuqorida uglevodlar va ularning xlorli hosilalarida eriydi; radioaktiv nurlar taʼsiriga chidamli; fiziologikjihatdan zararsiz. P. — jahon miqyosida termoplastlar ishlab chiqarishda birinchi o'rinda turadigan eng arzon polimerlardan biri. Sanoatda 3 xil usulda: etilenni yuqori bosimda (1200—1500 at), o'rtacha bosimda (30—40 at) va past bosimda (1—7 at) polimerlab olinadi. Elektr izolyasiya qoplamalari, plyonkalar, yemiruvchi muhitlardan saqlovchi materiallar, sinmaydigan idishlar va boshqa tayyorlashda qoʻllanadi.
Polivinilxlorid (PVX, vestolit, xostalit, vinnol, korvik, solvik, sikron, jeon, nippeon, lukovil, xelvik, norvik va boshqalar) — vinilxloridning chiziqli termoplastik polimeri, —[SN2—SNS1—]p. Oq rangli plastik, mol. m. (10—150)103; zichligi 1350–1450 kg/m3. 100° dan yuqorida parchalanib, HCI ajratib chikaradi; choʻzilishga chidamlilik chegarasi 600 kg/sm2; egilishga chidamlilik chegarasi 1200 kg/sm2; qattiqligi 9,6 kg/mm2 issiqqa chidamliligi 70°, fiziologik zararsiz. Dixloretan, siklogeksanon, xlor- va nitrobenzolda eriydi, benzol, atsetonda oz eriydi, suv, spirt va uglevodorodlarda erimaydi; nam, kislota, ishkrr, tuzlar eritmasi, sanoat gazlari, benzin, kerosin, yog va spirtlar taʼsiriga chidamli. Vinil-xlorid SN2=SNS1ning yoruglik, is-siklik va turli initsiatorlar taʼsirida polimerlanishi natijasida hosil boʻladi. Polimerlanish zanjirli mexanizm (qarang Ranjir reaksiyalar) boʻyicha amalga oshiriladi; avtolavkalarda 40—50° va 4,5 at. bosim ostida suv emulsiyali usul asosida oʻtkaziladi.
P.dan 3000 dan koʻproq mahsulot va material ishlab chiqariladi. P.ga 10% plastifikator qoʻshilsa, fizik-mexanik xossalari yuqori, —10° gacha muzlashga chidamli material (viniplast) hosil boʻladi. P. tarkibiga 40% gacha plastifikator qoʻshib, —50% gacha chidamli elastik material (plastikat) olish mumkin. P. elektrotexnika, yengil, oziqovqat, ogʻir mashinasozlik sanoatlarida, kemasozlikda, tibbiyotda, qurilishda qoʻllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |