Aminoplastlar, karbamid pla-stiklar – sintetik smolalar asosida tayyorlangan plastmassalar. Aminolpastlar formal-degid bilan aminoguruhli organik birik-malarning polikondensatlanishi nati-jasida hosil boʻladi. Aminolpastlar olishda tuldi-ruvchi sifatida boshqa materiallar, mas, yogʻoch qipigʻi, sellyuloza ishlatiladi. Aminolpastlarni har xil rangga boʻyash mumkin. Ulardan tayyorlangan. (uyumlar kuchsiz kislota va ishqorlar, surkov moylari, spirt, atse-ton, benzol, benzin, kerosin va boshqa erituvchilar ta’siriga chidamli, lekin kuchli kislota va ishqor ularni parchalaydi. Aminolpastlar elektr tokini oʻtkazmaydigan qoplovchi koshinlar tayyorlashda, turli buyumlarni yelimlashda ishlatiladi.
Poliefirlar — geterozanjirli yukrri molekulyar birikmalar. Oddiy va murakkab Poliefirlarga boʻlinadi. Oddiy Poliefirlar— asosiy zanjirida oddiy efir boglarini tutgan makromolekulalar. Turli kislotali agentlar, spirtlar, al-degidlar, izotsianatlar va boshqa bilan reak-siyaga kirishadi. Yuqori temperaturada destruk-siyalanadi. Oddiy Poliefirlar alkilenlarning beqaror oksidlarini yoki aldegidlarni polimerlab, kup atomli spirtlarni suvsizlantirib, aldegidlar bilan 2 atomli spirtlarni reaksiyaga kiritib va boshqa usullar yordamida hosil qilinadi. Oddiy Poliefirlarga mansub polioksimetilen, penton, epoksid smolalar muhim ahamiyatga ega. Ular konstruksion materiallar, napda hosil qiluvchi moddalar, emulgatorlar, dielektriklar va boshqalar ishlab chiqarishda qoʻllanadi. Murakkab Poliefirlar—umumiy formulasi [—ORO OR’CO—]pboʻlgan polimerlar, bu yerda R va R’ — 2 valentli radikallar. Nuklein kislotalar, dammar, shellak, akaroid, kahrabo kabi tabiiy birikmalar ham murakkab Poliefirlardir. Murakkab Poliefirlar murakkab efir bogʻlarini hosil qilishga moyil birikmalarni polikondensatlash, siklik efirlarni gidrolitik polimerlash va toʻyinmagan efirlarni radikal mexanizm boʻyicha polimerlash usullari bilan olinadi. Eng muhim sintetik murakkab Poliefirlarga alkid smolalar, polieti-lentereftalat, poliakrilatlar, poli-karbonatlar, toʻyinmagan Poliefirlar va boshqalar kiradi. Poliefirlar sanoatning turli sohalarida keng qoʻllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |