O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNALOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNALOGIYALARI UNIVERSITETI
SAMARQAND FILIALI
"Kompyuter injiniringi " fakulteti
3-Amaliy ish
Fan_________ Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar (A)__________
Guruh: 21-15
Talaba: Rasulova Durdona
Rahbar: Xolmatov O
Samarqand-2022
3-Amaliy mashg’ulot bo’yicha
1. Ishdan maqsad
2. Mavzu bo’yicha qisqacha tushunchalar
3. Masalani yechish (algoritm, dastur kodi, natija)
4. Xulosa
5. Foydalanilgan adabiyotlar
Nazariy qismi
Stack bu yana bir chiziqli ma’lumot tuzilmasi bo’lib, u ham Linked listning maxsus bir ko’rinishi hisoblanadi. Stackda har bir tugunda ma’lumot va o’zidan oldingi tugun adresi saqlanadi. Shuning uchun unda faqat oxirgi qo’shilgan ma’lumot ustidagina qandaydir amal bajarish mumkin.
Ko’pchilikni “hayotini saqlab qolgan” CTRL+Z operatsiyasini ko’z oldingizga keltiring. Har safar bu tugmalarni bosganda oxirgi qilgan ishlaringiz orqadan oldinga qarab chiqib keladi (bekor qilinadi). Huddi shu yerda stack tuzilmasi ishlatilganini ko’rishimiz mumkin. Stackga hayotiy misol sifatida bir uchi yopiq bo’lgan trubani keltirish mumkin. Trubaga do’stingiz bir nechta turli rangdagi sharlar tashladi. Endi siz sharlar rangini bilish uchun faqatgina do’stingiz oxirgi bo’lib truba ichiga tashlagan sharning ranginigina ko’ra olasiz. Qolgan sharlarni ko’rish uchun do’stingiz tashlagan tartibdan teskari tartibda ularni olib chiqishingiz kerak bo’ladi.
Rekursiv funksiyalar ham huddi shunday ishlaydi. Oxiriga yetmagan funksiyalar (return bo’lmagan) kelgan joyidan rekursiya stekiga tashlab ketilaveradi va keyin ular orqadan oldinga qarab bajariladi. Operatsiyalarning bunday ko’rinishda bajarilish jarayoni LIFO (Last In First Out) deb ataladi.
Stacklar bilan ishlashda doim eng oxirgi element adresi “esda saqlanadi” va bu element ko’pincha top deb ataladi. Massiv so’zining ma’nosi o’lcham, o’lchov demakdir. Massivning barcha elementlari bitta turga mansub bo’lib, ular bitta nom bilan nomlanadi va bir-birlaridan nomerlari (indekslari) bilan farq qiladi. Endi dasturdagi ma’lumot strukturalari bilan tanishishni boshlaymiz. Dasturda ikki asosiy tur ma’lumot strukturalari mavjuddir. Birinchisi statik, ikkinchisi dinamikdir. Statik deganimizda xotirada egallagan joyi o’zgarmas, dastur boshida beriladigan sutukturani nazarda tutamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |