3. Amaliy ish Mavzu: Kompyuter qurilmalari va dasturiy vositalari bilan tanishish Ishdan maqsad


Download 14.78 Kb.
Pdf ko'rish
Sana30.10.2023
Hajmi14.78 Kb.
#1735078
Bog'liq
3 amaliy ish



3.Amaliy ish 
Mavzu: Kompyuter qurilmalari va dasturiy vositalari bilan tanishish 
Ishdan maqsad: Kompyuter qurilmalari va dasturiy vositalari bilan tanishish 
, asosiy va qo’shimcha qurilmalari bilan tanishish. Kompyuterning dasturiy 
vositalari bilan tanishish.
Nazariy qism. 
Hozirgi kunda kompyuter olami juda katta tezlik bilan rivojlanib bormoqda. 
Bunga juda ko'p sabablar bor. Eng asosiy sabablardan biri bu — kompyuter orqali 
inson tomonidan bajariladigan ishlarning deyarli barchasi bajarilmoqda. Nafaqat 
bajarilmoqda, balki osonlik va tez bajarilmoqda. Undan tashqari maromiga 
yetkazilib, ishlar bitkazilmoqda. Bu ishlarni bajarishda, kompyuter bir o'zi emas, 
balki kompyuterga ulanadigan periferik qurilmalar yordamida amalga oshirmoqda. 
Informatikada kompyuter texnikasini quyidagi ikki qismning birligi sifatida 
qaraladi: 

texnik vositalar; 

dasturiy vositalar.
Texnik vositalar – kompyuterning qurilmalaridir. Ingliz tilida bu qism 
Hardware deb ataladi va "qattiq mahsulotlar” deb tarjima qilinadi. Bu qismga, 
masalan, protsessor, vinchester, monitor, klaviatura disk yurituvchi, printerlarni 
misol qilish mumkin. 


Dasturiy vositalar – kompyuter tomonidan ishlatiladigan barcha dasturlar 
to’plamidir. Ingliz tilida bu qism Software deb ataladi va "yumshoq mahsulotlar” 
deb tarjima qilinadi. Bu so'z dasturiy ta’minot bilan kompyuterlarning 
mutanosibligini, dasturlarning takomillashishi, rivojlanishi va moslashuvchanligini 
ifodalaydi. 
Bundan tashqari informatikada yana bir yo’nalish Brainware (brain 
inlizchadan tarjimasi – intellekt, ong) – algoritmik yo’nalish ajratiladi. Bu yo’nalish 
algoritmlarni ishlab chiqish, ularni tuzish usul va uslublarini o'rganish bilan 
bog’liqdir. 
Kompyuterlarda ishlatilayotgan dasturlarni shartli ravishda quyidagi uch 
turga ajratish mumkin: 
Bu ajratishning shartli ravishda deyilishiga sabab shuki, dasturiy ta’minotning 
keskin rivojlanishi va kompyuterlarni qo'llanish sohasining kengayib borishi ba’zi 
dasturlarning bir turdan boshqa turga o'tib qolishiga sabab bo’lmoqda. Masalan, 
ba’zi amaliy dasturlarning qo'llanish sohasi chuqurlashib borganligidan va alohida 
zaruriyatga egaligidan uskunaviy dasturga aylanib bormoqda. Ikkinchi tomondan
foydalanuvchiga e’tiboriga shunday dasturlar tavsiya etilmoqdaki (masalan, 
"elektron suhbatdosh”), ularni yuqoridagi hususiyatlar bo’yicha ajratish mushkul. 
Kompyuter viruslari tarixi Sinsinati shahri (Ogayyo shtati) universitetining 
ilmiy xodimi, kompyuter havfsizligi sohasida taniqli mutaxassis, Fred Koen nomi 
bilan bog'liq. Koen dasturiy vositalardan noqonuniy nusxa ko'chirishga qarshi 
himoya muammolari ustida ish olib borib, yangi dastur yaratdi. Bu dastur tez qayta 
tiklanish va takomillashish hamda kompyuter xotirasidagi muxim ma’lumotlarni 
o'chirish, sistema fayllarini "buzish” kabi ishlarni bajarish hususiyatiga ega bo'lib, 
dasturiy vositalardan noqonuniy nusxa olish vaqtida ishga tushardi. 
 


Savol va topshiriqlar
1.
Texnik ta’minot deganda nimani tushunasiz?
2.
Dasturiy ta’minot deganda nimani tushunasiz?
3.
Kompyuterni ishga tushirishda dasturli ta’minotni zaruriyati bormi?
4.
Sistema dasturlari deganda nimani tushuniladi?
5.
Uskunaviy dasturlar deganda nimani tushuniladi?
6.
Amaliy dasturlar deganda nimani tushuniladi?

Download 14.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling