3-amaliy mashg’ulot abtni tipik (elementar) dinamik zvenolarga ajratish va ularni uzatish funksiyalarini tanlash. Abt ning struktur(algoritmik) sxemasini tuzish va tizimning uzatish funksiyasini aniqlash Ishning maqsadi


Download 67.44 Kb.
bet1/2
Sana18.12.2022
Hajmi67.44 Kb.
#1030395
  1   2
Bog'liq
3-amaliy ish


3-AMALIY MASHG’ULOT
ABTni tipik (elementar) dinamik zvenolarga ajratish va ularni uzatish funksiyalarini tanlash. ABT ning struktur(algoritmik) sxemasini tuzish va tizimning uzatish funksiyasini aniqlash
Ishning maqsadi - ABTning funksional sxemasi asosida tizimning funksional elementlarini matematik modelini aniqlash, ularni tipik(elementar) dinamik zveno ko’rinishida tavsiflash, tizimning struktura sxemasini tuzish va ushbu sxema asosida tizimning uzatish funksiyasini aniqlash bo’yicha bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirish.
Umumiy ma'lumotlar
ABTni tipik (elementar) dinamik zvenolarga ajratish va ularni uzatish funksiyalarini aniqlashda talaba eng avvalo o'rganilayotgan elementning qaysi texnikaviy vositalar guruhiga tegishliligi (o'lchov o'zgargich-datchiklar, signal kuchaytirgichlar, ijro elementlari va b.) ekanligini, uning vazifasi, tuzilishi va ishlash prinsipini, kirish kattaligini qay yo'sinda chiqishga o'zgarishini tasavvur qilishi va bilib olishi, shuningdek tipik(elementar) zvenolarga oid nazariy adabiyotlar va ma'lumotnomalardan foydalanishi maqsadga muvofiq.
Avtomatikaning funksional elementlari o’zlarining bajaradigan vazifalari bo„yicha turlarga bo‟linishi bilan bir qatorda ularning dinamik tavsiflari, yani kirish kattaligini qay tarzda chiqishga o'zgarishini ifodalaydigan differensial tenglamalarning ko'rinishlari bo'yicha ham bir necha turlarga bo'linadi. Bu esa ko'plab turdagi va konstruksiyadagi, turli fizik tabiatli qurilmalarni nisbatan ko'p bo'lmagan tipik dinamik zvenolar orqali ifodalash imkonini beradi.
Tipik (elementar) dinamik zveno deganda har qanday fizik tabiat va ko„rinishdagi, lekin 2-tartibdan yuqori bo’lmagan differensial tenglama bilan tavsiflanadigan avtomatik tizimning qurilmasi tushiniladi. Bu zvenolarning analizi ularning kirishiga birlik pog’onasimon ta’sir berilganda chiqish kattaligining vaqt bo’yicha o’zgarish grafigi – o’tish xarakteristikasi bo’yicha, kirishga davriy garmonik ta’sir ko’rsatilganda esa chastotaviy xarakteristikalari bo’yicha bajariladi. Tipik (elementar) zvenolar quyidagi asosiy turlarga bo’linadi: proporsional (kuchaytiruvchi, inersiyasiz), birinchi va ikkinchi tartibli aperiodik (nodavriy, inertsiyali), ideal va real integrallovchi, ideal va real differensiallovchi, tebranma, sof kechikish va boshqa zvenolar. Ularni struktur sxemalarda tasvirlanishi yuqoridagi 2-formulada keltirilgan.
Dinamik zvenolarning bunday kvalifikatsiyasiga asos qilib zvenolarning qat’iy belgilangan kirish ta’siri (tipik tashqi ta’sir)ga javob reaksiyasi chiqish kattaligining o’zgarish qonuniyati – o’tish xarakteristikasining ko’rinishi olingan.
ABTni tipik dinamik zvenolarga ajratib olingandan so„ng ularning uzatish funksiyalari aniqlanib, struktur sxemada signal uzatilishi yonalishi bo‟yicha uzatish funksiyalari tartib bilan yoziladi. Stuktur sxema tizimning dinamik xossalarini ifodalaydi va shuning uchun undan tizimni nazariy tadqiqot qilishda, tizimning uzatish funksiyasini-differensial tenglamasini aniqlashda foydalaniladi. Boshqacha qilib aytganda struktur sxemalar kirish va chiqish o’zgaruvchilarining Laplas almashtirishlarini o’zaro bog’langan tenglamalarning shartli grafik tasviridir.
Zvenoning W(S) uzatish funksiyasi deb boshlang’ich shartlar 0 ga teng bo’lganda chiqish kattaligi Laplas tasvirining kirish kattaligi Laplas tasviriga nisbatiga aytiladi, ya’ni (1)
Bu yerda va
mos ravishda kirish x(t) va chiqish y(t) kattaliklarining operator ko’rinishidagi shakli yoki Laplas tasvirlari.
Yuqoridagi (1) ifodadan ko„rinib turibdiki, chiqish kattaligining tasviri zvenoning uzatish funksiyasi bilan kirish kattaligi tasviri ko’paytmasiga teng ekan

Y S  W S  X S  , (2)


ya'ni agar zvenoning uzatish funksiyasi va kirish kattaligining Laplas tasvirlari ma'lum bo'lsa, chiqish kattaligi Laplas tasvirini so'ngra esa, Laplas teskari almashtirishi orqali chiqish funksiyasining originalini aniqlash mumkin. Amalda ishni osonlashtirish maqsadida har safar Laplas almashtirishi amalini bajarmay ko'p uchraydigan kasrli-ratsional funksiyalarning oldindan hisoblangan Laplas va original tasvirlari keltirilgan jadvallardan foydalaniladi. Bu esa (2) ko’rinishda berilgan differensial tenglamalarni yechishni ancha osonlashtiradi.
Amaldagi ABT(ART)lar o’zaro ulangan dinamik zvenolardan iborat. Zvenolarning o’zaro ulanishi uch xil tartibda bo’lishi mumkin: ketma-ket, parallel va qarshi-parallel (teskari bog’lanishli) ulanishlar.
Ketma-ket ulangan zvenolardan tashkil topgan tizimning uzatish funksiyasi Wt(S)tarkibiy zvenolar uzatish funksiyalari ko’paytmasiga teng:

Wt(s) = (3)





Download 67.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling