«Ingichka” savollar
|
«Qalin” savollar
|
Bitta so’zdan iborat javob berish mumkin bo’lgan savollar, reproduktiv reja savollari. Masalan:
Kim? so’rog’i bo’lgan savol:
«Jinoyatchi» hikoyasining muallifi KIM?
Shuningdek, quyidagilarga o’xshagan so’roqlar ishtirok etgan savollar:
Nima?
Qachon?
… qanday ataladi?
sodir bo’ldimi? va boshqalar.
|
Fikrlashni, qo’shimcha bilimlarni jalb qilishni, tahlil kila bilishni talab etadigan savollar. Masalan:
Uchta tushuncha bering, nima uchun …? Tushuntirib bering, nima uchun …? Nima deb uylaysi ?Nima deb hisoblaysiz…?… o’rtasidagi farq nimada? Faraz qiling, agar … nima sodir bo’ladi?
Agar … ?… qanday qilish mumkin?
… nima qilsa bo’ladi?
… mumkin edimi?
… nima uchun?
… sababi nimada?
… qanday ro’y beradi? va boshqalar.
|
Bunday jadvaldagi savollardan darsning uchta bosqichlaridan boshlanish (chaqiruv) bosqichida – mavzuni o’rganilgunicha savollar; anglab yetish bosqichida — o’qish, eshitish jarayonidagi o’rganilayotgan ma’lumotlarni faol qayd etishga, fikrlashga yordam beruvchi savollar; o’tilgan mavzuni mustahkamlash bosqichida — darsdagi ma’lumotlarning to’g’ri va to’liq o’zlashtirilganligini nazorat qilish hamda ularni takrorlashga yo’naltirilgan savollardan foydalanish mumkin.
FIKR, SABAB, MISOL, UMUMLASHTIRISH (F.S.M.U.) METODI
F.S.M.U. metodining tavsifi: Bu metod mashg’ulotda o’rganilayotgan mavzuning muhokamasi jarayonida unga doir masalalar bo’yicha talabalar o’z fikrlarini bayon qilishlari, shu fikrlarni asoslovchi sabablarni ko’rsatishlari, ularni tasdiklovchi misolllarni keltirishlari va pirovardida umumlashtiruvchi xulosalar chiqarishlarini o’rgatish va mashq qildirish metodidir.
Bu metod talabalarni erkin fikrlashga, o’z fikrini himoya qilishga va boshqalarga o’z fikrini o’tkazishga, ochiq holda bahslashishga, bahs-munozara madaniyatiga, shu bilan bir qatorda, talabalar tomonidan o’quv jarayonida egallangan bilimlarni tahlil etishga va o’zlashtirish darajasini aniqlashga, baholashga o’rgatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |