3-Amaliy mashg’ulot Faoliyati xavfsizligini ta’minlashning ergonomika va psixalogik asoslari. Ishning mazmuni


Download 66.5 Kb.
bet1/3
Sana09.05.2023
Hajmi66.5 Kb.
#1447678
  1   2   3
Bog'liq
4-амалий машгулот


3-Amaliy mashg’ulot
Faoliyati xavfsizligini ta’minlashning ergonomika va psixalogik asoslari.


Ishning mazmuni: Faoliyati xavfsizligini ta’minlashning ergonomika va psixalogik asoslarini o’rganish va tahlil qilishdan iborat.

Ergonomika (yunon tili ἔργον - ish + νόμος nómos - qonun) - an'anaviy ma'noda - mehnat vazifalarini, ish o'rinlari, ob'ektlar va mehnat ob'yektlarini tartibga soluvchi fan, shuningdek, xodimning jismoniy va inson tanasining aqliy xususiyatlari.


Ergonomika - an'anaviy ma'noda - inson tanasining jismoniy va ruhiy xususiyatlariga asoslangan mehnatning vazifalarini, ishlarini, ob'ektlarini va mehnat ob'yektlarini, shuningdek, xodimning eng xavfsiz va samarali ishlashi uchun mo'ljallangan kompyuter dasturlarini tuzish fani.


Odamzod jamiyatning mavjudligi – mehnat bilan mehnat sharoitlarini odamga moslash masalasi ishlovchilarning ham, ishni tashkil etish bilan shug’ullanadigan mutaxassislarni ham azaldan qiziqtirib kelgan.
Mehnat faoliyatini ilmiy jihatdan o’rganishni amerikalik muxandis U.F.Teylor va uning shogirdlari bilan boshlaydilar. Ular ish usullarini muxandisona loyihalash konstepstiyasini ishlab chiqib, amaliyotga joriy qilganlar. Shu bilan ergonomikaga asos solingan.
Ishlab chiqarishning keyingi rivojlanishi mehnat jarayonining psixologik jihatlarini hisobga olish zaruratini keltirib chiqardi. Shu sababdan qabul qilish, xotira, fikrlash, diqqatni jamlash kabi psixologik xislatlar tadqiq etildi, ayrim mehnat jarayonlari uchun ish kuchini tanlashda psixodiagnostik usullar ishlab chiqiladi.
Bunday tadqiqotlar ergonomika oyoqqa turib olishida muhim bosqich bo’ldi, mashinalarni odamga yanada ko’proq moslashtirishga yordam berdi.
XX asrning 20–30–yillarida rossiyalik olimlar mehnatni tashkil etishga boshqacha yondoshdilar, ya’ni odam uchun normal ish sharoitlarini, mehnat muhofazasini va sog’liqni ta’minlaydigan yo’l turib, texnika vositalari va texnologik jarayonlarini loyixalash va hosil qilishni taklif etdilar; bu yo’nalishni ergologiya (odamning ishi haqidagi ilm) yoki ergologiya (ish qonunlari haqidagi ilm)deb atadilar. Biroq, bu g’oya amalda qoror topmadi.
Ergonomika mustaqil fan sifatida shakllanishini, Angliyada, olim K.Marell rahbarligida tashkil etilgan “Ergonomik tadqiqotlar jamiyati” bilan bog’laydilar. Shunday qilib, turli ilmiy yo’nalishdagi olimlar bitta muammoni hal qilish uchun birgalashib kurashdilar.
Bu muammo ish jarayonida texnika vositalari va tizimidan foydalanayotgan odamning samarali mehnat faoliyatini loyihalash edi.
Fandagi yangi yo’nalish “ergonomika” (yunoncha so’z bo’lib, ergon – ish + nomos – qonun) deb atala boshladi. Bu atamani birinchi bo’lib, 1857–yili polshalik tabiatshunos Voytex Yastshembovski, o’zining “Ergonomika yoki tabiat ilmi qonuniyatlariga asoslangan, mehnat haqidagi fan ocherklari” degan ilmiy ishida bayon etgan. Bu fan turli mamlakatlarda turlicha aytiladi. Masalan, AQShda – “Insoniy omillarni tadqiq etish”, Germaniyada – “Antropotexnika” va h.k.
“Ergonomika”so’zi ilmning yangi sohasi bo’lib, shu paytgacha ma’lum bo’lgan fanlarning birontasiga to’liq taaluqli emas edi, u bir vaqtning o’zida ikki jarayon: nazariy bilimlar differenstiastiyasi va integrastiyasidan iborat bo’lgani uchun ishda ham, tilda ham o’rnashib qoldi. Ergonomika differenstiastiya tufayli odamning mehnat faoliyati haqidagi fandan ajralib chiqdi, integrastiya tufayli – odamning mehnat faoliyati bilan yaqin bilimlardan foydalandi. Shunday qilib, ergonomika boshqa fanlar bilan jipslikda rivojlanib kelyapti. Fanlararo bu bog’lanishlar ikki tomonlama foydalidir.

“Mehnat psixologiyasi” fanining predmeti – odamning mehnat faoliyati va shaxsiy xislatlari, xususiyatlari, ishlab chiqarish muhiti, ishlayotganlar o’rtasidagi shaxsiy munosabatlar.
Ilmiy – texnikaviy taraqqiyot odam mehnatining jiddiy o’zgartirib yubordi. Mehnat faoliyatining o’zgarishi odam va texnikaning bir – biriga ta’siri muammosini boshqacha qo’ydi.
Texnikaning rivoji tufayli odamning imkoniyati kengaydi, lekin , o’z navbatida, texnika shunchalik murakkablashib ketdiki, uni boshqarish odam uchun qiyin bo’lib qoldi. Natijada mashinalar konstrukstiyasini odamning psixologik va fiziologik imkoniyatlari bilan moslashtirish, degan yangi masalalar yuzaga keldi.
Mashina qanchalik mukammal bo’lmasin, undan to’liq va sifatli foydalanish, pirovard natijada texnikani boshqarayotgan odam (operator)ning harakatlariga bog’liq. Mashina ishi va operator faoliyatini “odam-mashina” deb atalgan yagona majmua sifatida o’rganish zarurati shundan kelib chiqqan.
Chet ellar tizimiga qaraganda ishlab chiqarishdagi 58-70% avariyalar “inson omili”ga etarlicha e’tibor bermaganlikdan kelib chiqadi. Bu, “inson omili”ni texnik tizimlarda shunchaki hisobga olibgina qo’ymasdan maxsus o’rganish kerakligini ko’rsatdi. Avvaliga odamning texnik tizimlardagi mehnat faoliyatiga oid gigienik, antropometrik, biomexanik, fiziologik va psixologik, shuningdek estetik jihatlari alohida- alohida o’rganildi, olingan natijalar turli amaliy tavsiyalarda oddiygina hisobga olindi. Biroq keyin ma’lum bo’lishicha bu tavsiyalar kamlik qilar ekan, “odam-mashina” ishlab chiqarish muhiti-mehnat predmeti” tizimlarini ko’p o’lchamli optimallashtirish, nazorat va boshqaruv tizimlarining berilgan samarasiga erishish uchun texnik va insoniy omillarni har tomonlama hisobga olish zarurati tug’ildi.
Ergonomika mehnat jarayonida odam organizmining faoliyati xususiyatlari va imkoniyatlarini o’rganadi; uning maqsadi mehnat faoliyatida shunday sharoitlar, usullar va tashkillashtirish tayyorlab berishni natijada mehnatning unumli bo’lishi, ayni vaqtda odamning manaviy va jismoniy rivojlanishiga yordam bersin, mehnat jarayonida ko’p qulayliklar va xavfsizlikni ta’minlasin, sog’lig’i va ishlash qobiliyatini saqlasin.
Ergonomikaning predmeti-odamning mehnat faoliyati, “odam-mashina” ishlab chiqarish muhiti-mehnat predmeti” tizimi “odam-mashina” tizimlarini optimallashtirish masalasini hal qilishda e’tiborga olinishi zarur bo’lgan ergonomik omillar quyidagilar:
-optimallashtirishning umumtizim (jumladan, ijtimoiy) mezonlari;
-axborot va energetik o’zaro ta’sirlarini tashkil etish (struktura va jarayonlar);
- operatorlar harakatining algoritmi;
-“insoniy” va texnik vositalar tavsifi;
-operatorlar mehnatining maksimal -samaradorligi, xavfsizligi va qulayligini ta’minlash sharoitlari va vositalari;
- operatorlarni malakali tanlash vositalari, ular holatini ish vaqtida nazorat qilish.
Odam texnika bilan o’zaro ta’sirga kirishishiga oid masalalarni echishda, optimal mehnat sharoitlarini yuzaga keltirishda ergonomik ishlanmalarning ahamiyati katta. “Odam – mashina – ishlab chiqarish muhiti” tizimining faoliyatini tahlil qilish ergonomik ishlanmalarga quyidagi masalalarni ta’riflash imkonini beradi:
Tizimlarda operator faoliyatini tahlil va sintez qilish.
Operator – odamning ergonomik xususiyatlarini o’rganish.
Ish o’rnini operatorning ergonomik xususiyatlarini hisobga olib tashkil etish.
Operatorlarni kasbiy tanlash.
Ergonomik loyihalash va “Odam – mashina – ishlab chiqarish muhiti” tizimlariga baho berish. Bu masala oldingi masalalarning natijalariga qarab hal qilinadi.
Ergonomik ishlanmalarning iqtisodiy samaradorligini aniqlash
Transport vositalari harakat tezligining ortishi, mashina va mexanizmlar konstrukstiyasining murakkablashishi boshqarish va rostlash organlarini tanlash va rasmiylashtirishga talablarni oshiradi. Bu ishlar noto’g’ri qilinsa, jismoniy va psixologik yuklama ortib, operatorning harakatlarida xatolar ko’payib ketadi. Boshqarishni markazlashtirishda va nozimlashda boshqaruv pultlari va axborotni aks ettiruvchi qurilmalarni (AEQ- indikatorlar) oqilona tashkil etish masalasi yuzaga keladi. AEQlar boshqarishning axborotlarga asoslangan modelini qurishning texnik asosi hisoblanadi, operator shu model bilan ishlaydi. Model quyidagi 3 ta ergonomik talabni qondirishi lozim:
mazmuni jihatidan atrof muhit va boshqaruv ob’ektining holatlarini aynan aks ettirishi;
aks ettiruvchi axborot miqdori operator uchun optimal bo’lishi;
shakli va kompozistiyasi bo’yicha, model operatorning boshqaruv vazifalariga, axborotni qabul qilib, qayta ishlashdagi psixofiziologik imkoniyatlariga mos bo’lishi.

Download 66.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling