3-amaliy mashg’ulot: Ilmiy tadqiqot ishini olib borishda gipotezani shakllantirish


Download 107.33 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.02.2023
Hajmi107.33 Kb.
#1183030
Bog'liq
3(amaliy ITM)



3-amaliy mashg’ulot:
 
Ilmiy tadqiqot ishini olib borishda gipotezani 
shakllantirish 
Ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish ma’lum bir sistemaga va oldindan ishlab 
chiqilgan rejaga asosan olib boriladi. Ilmiy tadqiqotdan ko‘zlangan maqsadga 
erishish aniq bir tadqiqot olib borish uslubiga tayangan holda va unga asosan amalga 
oshiriladi. 
Fan va texnikadagi mavjud bilimlar tanlangan yo‘nalishda yangi muammoni 
qo‘yish (belgilash) yoki hali yechilmagan masalalarni ko‘rsatib berish uchun yetarli 
bo‘lsada ularni yechish uchun yetarli emas. Yuzaga kelgan yangi ilmiy muammoni 
yechish uchun yangi ilmiy bilimlar, yangi dalillar kerak bo‘ladi. Tadqiqot 
o‘tkazilayotgan muammoga (mavzuga) oid to‘plangan dalillar ilmiy izlanish olib 
borishda muhim ahamiyatga ega bo‘lsada ular o‘z o‘zidan ilmiy taraqqiyotni tashkil 
qilmaydi va ular muammoni yechimiga erishish bo‘yicha ma’lum bir takliflarni, 
ya’ni gipotezalarni ilgari surishga kerak bo‘ladi. Ishchi gipoteza – kuzatilayotgan 
dalillarni kelib chiqish sabablari ehtimoli haqida yoki bo‘lmasa voqelik va 
jarayonlarni nazarda tutilayotgan (ko‘zda tutilayotgan) rivojlanish haqida 
tadqiqotchi tomonidan ilgari surilgan asoslangan taxmin (bashorat). Ishchi 
gipotezada tadqiqot obyekti (voqelik, jarayon va h.k.) bo‘yicha mavjud bilimlar 
doirasidan kengroq mazmunda shakllantiriladi, yangi ilmiy natijalarni izlashga asos 
bo‘lib xizmat qiluvchi ehtimollik xarakteriga ega yangi g‘oyalar ilgari suriladi. 
Fanning rivojlanishi shakli sifatida gipotezaning 20 mohiyati va bahosi ham ana 
shundadir. Gipoteza bu shunday faraz yoki taxminki (bashoratki) birinchidan, u 
fanning ushbu sohasidagi (masalan energetika, texnika, termodinamika va boshqa 
sohalar) ilmiy asosda belgilangan farazlar va qonuniyatlarga zid bo‘lmasligi kerak, 
ikkinchidan, qilingan faraz yoki taxminni haqqoniyligi (chinligi) ehtimolligiga 
asoslangan yoki asoslash mumkin bo‘lishi kerak. Agarda ilgari surilgan gipoteza 
(faraz yoki taxmin) amalda to‘la o‘z o‘rnini egallagan ilmiy (polojeniyalarga) zid 
bo‘lib chiqsa uni ilmiy gipotezalar qatoriga kiritib bo‘lmaydi. Bunga misol qilib 
doimiy dvigatel yaratish ehtimolligi energiyani saqlanish qonuniga zidligi va bu 


farazni ilmiy gipoteza deb qabul qilib bo‘lmaydi. Ishchi gipotezadan talab 
qilinadigan minimal talab tadqiqot olib borilayotgan obyektdagi jarayonni yoki 
vaqtni kechishiga ta’sir etuvchi shartlar, ta’sir etuvchi ko‘rsatkichlarni belgilab 
beradi. Maksimal talab esa, tadqiqot olib borilayotgan obyektda jarayon yoki 
voqelikni kechishini to‘la yoki unga yaqin darajadagi ehtimollikda ochib beradi, 
unga nazariy va eksperimental tadqiqotlar asosida ishchi gipotezani isbotlash yo‘li 
bilan erishiladi. Asoslangan, isbotlangan va rivojlantirilgan ishchi gipoteza ilmiy
nazariy daraja o‘sadi. Aniq va keng qamrovda yaratilgan ishchi gipoteza nazariy va 
eksperimental tadqiqotlar metodikalariga o‘rganilayotgan vaqtlik yoki obyektni 
ifodalovchi o‘lchanadigan aniq parametrlarni kiritilishiga imkon beradi va bu esa 
o‘z navbatida tadqiqotlarning keyingi bosqichlarida olib boriladigan ishlarni 
yengillashtiradi. 

Download 107.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling