3-amaliy mashg’ulot ma’lumotnoma


Download 316.69 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana04.01.2023
Hajmi316.69 Kb.
#1077336
1   2   3   4
Bog'liq
3-amaliy mashg`ulot-2

Tavsifnoma namunasi 


Tavsiyanoma 
Biror shaxsni ma’lum lavozimga yoki turli tashkilotlarga a’zo bo‘lish uchun 
tavsiya etish maqsadida tuziladigan rasmiy hujjat. U ma’muriyat yoki alohida 
shaxs tomonidan berilishi mumkin. Tavsiyanoma matnida tavsiya qilinayotgan 
shaxsning xususiyatlari – mutaxassis sifatidagi malakasi, oilaviy, axloqiy jihatlari 
va faoliyatiga baho beriladi, u tavsiya etilayotgan lavozim yoki tashkilotga a’zo 
bo‘lishga munosib ekanligi yuzasidan ishonch bildiriladi. 
Tavsiyanoma ba’zi xususiyatlariga ko‘ra tavsifnomaga o‘xshaydi, shu sababli 
ularning ko‘pchiligi tavsifiy tavsiya noma shaklida bo‘ladi. Ular orasidagi asosiy 
farq shundaki, tavsifnomalarda shaxsning barcha ijobiy, salbiy xususiyatlari qayd 
qilinadi. Tavsiyanomalarda esa uning ijobiy xususiyatlari ko‘rsatilishi bilan birga, 
keyinchalik uning zimmasiga yuklatiladigan vazifani bajara olishiga ishonch 
bildiriladi va tavsiya etiladi. Turli mukofotlarga taqdim etish – taqdimnoma ham 
tavsiyanoma shaklida bo‘ladi. Tavsiyanomaning asosiy zaruriy qismlari:
1. Hujjatning nomi (Tavsiyanoma). 2. Matn. 3. Tavsiyanoma beruvchi shaxsning 
lavozimi, ismi, otaismi, familiyasi. 4. Imzo. 5. Sana.
Tavsiyanoma namunasi 
TAVSIYANOMA 
Men Hakim Nasriddinovni 1974 yildan beri yaqindan taniyman. 1984 
yildan boshlab O‘zFA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutida birga 
ishlaymiz. Bu davr ichida u atamashunoslik sohasida yetuk mutaxassis 
sifatida tanildi, filologiya fanlari nomzodi bo‘ldi. Uning dissertatsiya ishi, bir 
qancha maqolalari ilmiy puxtaligi bilan ajralib turadi. H.Nasriddinov intizom 
va qat’iyatliligi bilan jamoada obro‘ qozongan, totuv oilaning boshlig‘i. 
Institut ilmiy va ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib kelmoqda.
Shu sababli men Hakim Nasriddinovni «O‘zbekiston milliy 
ensiklopediyasi» davlat ilmiy nashriyotida ilmiy muharrir sifatida ishlash 
uchun tavsiya qilaman.
(imzo) filologiya fanlari nomzodi A.Madvaliyev
2016 yil 18 fevral 

Download 316.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling