3-amaliy mashg’ulot ma’lumotnoma


Ichki ma’lumotnoma namunasi


Download 316.69 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana04.01.2023
Hajmi316.69 Kb.
#1077336
1   2   3   4
Bog'liq
3-amaliy mashg`ulot-2

Ichki ma’lumotnoma namunasi 
Sh a x s i y m a ’ l u m o t n o m a – muassasalar tomonidan fuqarolarning 
turmushi va ish faoliyatidagi aksar voqea-hodisalar va holatlarni tasdiqlab 
beradigan hamda talab qilingan joylarga ko‘rsatiladigan rasmiy hujjatdir. Masalan, 
muassasa xodimga uning qayerda, kim bo‘lib va qancha maosh olib ishlashi 


haqida; o‘quvchi va talabaga esa qayerda o‘qishi haqida; fuqarolik holati 
dalolatnomalarini yozish (FHDYO) va notarial idoralari hamda fuqarolar yig‘inlari 
raislari shaxsning tug‘ilganligi yoki vafot etganligi to‘g‘risida, nikoh bo‘lganligi 
yoki ajralganligi haqida (hujjatlar yo‘qolganda); tuman va shahar ijtimoiy ta’minot 
bo‘limi shaxsning nogironligi, nafaqasining miqdori, avtomobilga ega emasligi 
haqida; shifoxonalar kishining sog‘lig‘i (kasal emasligi) haqida ma’lumotnomalar 
beradi. Bulardan tashqari, adliya idoralari tomonidan ham fuqarolarga tasdiqlovchi, 
guvohlantiruvchi ma’lumotnomalar beriladi. Yuqoridagi ma’lumotnomalar zaruriy 
hisoblanadi. Biroq idoralarda o‘tirib olgan ayrim rasmiyatchi mansabdorlar xohishi 
bilan zarur bo‘lmagan kezlarda ham ma’lumotnoma talab qilinadigan hollar bo‘lib 
turadi. Respublika Prezidentining bir qator nutqlari va muloqotlarida, Vazirlar 
Mahkamasining tegishli qaror va ko‘rsatmalarida fuqarolarni ishga qabul qilishda 
va fuqarolarning maishiy talablarini hal qilishdagi buzilishlar, jumladan, 
fuqarolardan ko‘plab xilma-xil ma’lumotnomalar talab qilgan korxona va 
tashkilotlar rahbarlarining noto‘g‘ri xatti-harakatlari qoralangan. Ko‘pgina zaruriy 
ma’lumotlarni pasportdan, mehnat daftarchasidan yoki bosh qa hujjatlardan bilib 
olish mumkin, binobarin, davlat va nodavlat, xo‘jalik idoralari, muassasalar 
zimmasiga ayrim zaruriy ma’lumotlar kishi shaxsi va mehnat faoliyatidan dalolat 
beruvchi hujjatlar ko‘rsatilganda tasdiqlanishi mumkin bo‘lgan hollarda undan 
yozma ma’lumotnomalar talab qilmaslik majburiyati yuklangan. Shaxsiy 
ma’lumotnoma 
o‘zining 
zaruriy 
qismlari 
jihatidan 
rasmiy 
xizmat 
ma’lumotnomasiga yaqin turadi, chunki Ma’lumot-axborot hujjatlari u ham aksar 
hollarda xos ish qog‘oziga yoki oldindan tayyorlangan bosma ish qog‘ozi 
(blanka)ga yoziladi. Ushbu ish qog‘ozlarida bir qancha zaruriy qismlar va 
takrorlanuvchi iboralar o‘z aksini topgan bo‘ladi. Shaxsiy ma’lumotnomalarda ular 
yo‘llangan idora yoki shaxs nomi bo‘lmaydi. Buning o‘rniga ma’lumotnomaning 
asosiy matnidan so‘ng uning maqsadi «Ish joyiga (yashash joyiga) ko‘rsatish 
uchun berildi», «Toshkentdagi 50-bolalar bog‘chasiga taqdim etish uchun berildi» 
tarzida ko‘rsatiladi. Bosma ish qog‘ozlari bo‘lmagan hollarda ma’lumotnomalar 
oddiy qog‘ozga qo‘lda yoki kompyuterda yoziladi va uning chap burchagiga 


MA`LUMOTNOMA 
Ravshan Olimovich Valiyev kirish imtihonlaridan 
ijobiy baholar olib, Islom Karimov nomidagi 
Toshkent texnika universiteti energetika 
fakultetining 1-bosqich talabaligiga qabul qilindi. 
Ma’lumotnoma ish joyiga ko‘rsatish uchun berildi.
Kadrlar bo‘limining boshlig‘i (imzo) N. Rahimova
(muhr) 
Institutning 
to‘rtburchak muhri. 
Vazirlik va institut 
nomi, manzili. 
Ma’lumotnoma raqami 
korxona yoki jamoat tashkilotining to‘rtburchak muhri qo‘yiladi, uning qarshisiga, 
o‘ng tomoniga MA’LUMOTNOMA so‘zi yoziladi. Shaxsiy ma’lumotnomalar 
quyidagi zaruriy qismlarni o‘z ichiga oladi: 1. Ma’lumotnoma beruvchi 
tashkilotning nomi. 2. Ma’lumotnomaning tartib raqami va berilgan sanasi.
3. Hujjat turining nomi (Ma’lumotnoma). 4. Ma’lumotnoma berilayotgan 
shaxsning ismi, otaismi va familiyasi. 5. Ma’lumotnoma matni (u tasdiqlayotgan 
voqea yoki holat bayoni). 6. Ma’lumotnomaning maqsadi (ma’lumotnoma 
ko‘rsatiladigan, taqdim etiladigan joy nomi). 7. Mansabdor shaxs(lar)ning imzosi 
(lavozimi va familiyasi). 8. Muhr. Dastlabki uch zaruriy qism bosma ish qog‘ozida 
(bosma ish qog‘ozi bo‘lmagan hollarda to‘rtburchak muhrda) o‘z aksini topgan 
bo‘ladi. Ish haqini tasdiqlash haqidagi va pul bilan bog‘liq boshqa shaxsiy 
ma’lumotnomalarga tegishli muassasaning bosh (katta) hisobchisi ham imzo 
qo‘yishi kerak. Ma’lumotnomalarning bu turi ham jo‘natma hujjatlar daftarida 
qayd etilib, xodim qo‘liga beriladi. 

Download 316.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling