3-amaliy mashg’ulot ma’lumotnoma
Download 316.69 Kb. Pdf ko'rish
|
3-amaliy mashg`ulot-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tavsiyanoma namunasi
Tavsifnoma namunasi
Tavsiyanoma Biror shaxsni ma’lum lavozimga yoki turli tashkilotlarga a’zo bo‘lish uchun tavsiya etish maqsadida tuziladigan rasmiy hujjat. U ma’muriyat yoki alohida shaxs tomonidan berilishi mumkin. Tavsiyanoma matnida tavsiya qilinayotgan shaxsning xususiyatlari – mutaxassis sifatidagi malakasi, oilaviy, axloqiy jihatlari va faoliyatiga baho beriladi, u tavsiya etilayotgan lavozim yoki tashkilotga a’zo bo‘lishga munosib ekanligi yuzasidan ishonch bildiriladi. Tavsiyanoma ba’zi xususiyatlariga ko‘ra tavsifnomaga o‘xshaydi, shu sababli ularning ko‘pchiligi tavsifiy tavsiya noma shaklida bo‘ladi. Ular orasidagi asosiy farq shundaki, tavsifnomalarda shaxsning barcha ijobiy, salbiy xususiyatlari qayd qilinadi. Tavsiyanomalarda esa uning ijobiy xususiyatlari ko‘rsatilishi bilan birga, keyinchalik uning zimmasiga yuklatiladigan vazifani bajara olishiga ishonch bildiriladi va tavsiya etiladi. Turli mukofotlarga taqdim etish – taqdimnoma ham tavsiyanoma shaklida bo‘ladi. Tavsiyanomaning asosiy zaruriy qismlari: 1. Hujjatning nomi (Tavsiyanoma). 2. Matn. 3. Tavsiyanoma beruvchi shaxsning lavozimi, ismi, otaismi, familiyasi. 4. Imzo. 5. Sana. Tavsiyanoma namunasi TAVSIYANOMA Men Hakim Nasriddinovni 1974 yildan beri yaqindan taniyman. 1984 yildan boshlab O‘zFA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutida birga ishlaymiz. Bu davr ichida u atamashunoslik sohasida yetuk mutaxassis sifatida tanildi, filologiya fanlari nomzodi bo‘ldi. Uning dissertatsiya ishi, bir qancha maqolalari ilmiy puxtaligi bilan ajralib turadi. H.Nasriddinov intizom va qat’iyatliligi bilan jamoada obro‘ qozongan, totuv oilaning boshlig‘i. Institut ilmiy va ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib kelmoqda. Shu sababli men Hakim Nasriddinovni «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» davlat ilmiy nashriyotida ilmiy muharrir sifatida ishlash uchun tavsiya qilaman. (imzo) filologiya fanlari nomzodi A.Madvaliyev 2016 yil 18 fevral Download 316.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling