3-amaliy mashgulot. Mavzu: Adobe Photoshop dasturining ishchi muhiti bilan ishlash
Download 396.19 Kb. Pdf ko'rish
|
3-amaliy mashgulot. Mavzu Adobe Photoshop dasturining ishchi mu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Adobe Photoshop dasturi bilan tanishish.
3-amaliy mashgulot. Mavzu: Adobe Photoshop dasturining ishchi muhiti bilan ishlash. Reja: 1. Adobe Photoshop dasturi bilan tanishish. 2. Uskunalar paneli bilan tanishish. 1. Adobe Photoshop dasturi bilan tanishish. Rastrli grafika muxarrirlariga misol qilib Adobe Photoshop va Paint dastur-larni aytish mumkin. Ushbu dastrularda rasmlar mayda kvadrat – piksellardan iborat bo‘lib mozaika xolatida rasmni hosil qiladi. Rastrli grafikadan raqamli fotosuratlar va skanerdan olingan rasmlar bilan ishlash uchun foyda-laniladi. Kompyuter grafikasida dyuymdagi piksellar soni (ppi) asosiy shart bo‘ladi. Qancha ko‘proq piksellar soni bo‘lsa shuncha tasvir sifatliroq bo‘ladi. Masalan agar ppi=72 bo‘lsa u xolda 1 kvadrat dyuymga 5184 piskel joylashadi va uning xajmi 6 Kb bo‘ladi, agar ppiq144 bo‘lsa u xolda 1 kvadrat dyuymga 20736 piskel joylashadi va endi uning xajmi 21 Kb ga teng bo‘ladi. Shu bilan birga monitorning ko‘rsatish va printerning chiqarish sifati - dyuymga piskellar soni (dpi) (72 yoki 96 dpi) va dyuymga chiziklar soni (Ipi) (300-2400 dpi lazerli, sepuvchi printerlar uchun va 75-200 lpi matritsali printerlar uchun), xamda kompyuter ranglar sifati (2, 16, 256, 32 000, 16 000 000 ranglar soni) xam katta axamiyatga ega bo‘ladi. Rang xolatlari - ranglarni chiqarish va ko‘rsatish yo‘li. Rang xolatlari 2 xil bo‘ladi: RGB (kizil, zangor, ko‘k) monitorlarda tasvir ko‘rsatishda foydalaniladi, CMYK (xavorang, purpur, sariq, qora) bosmada foydalaniladi. RGB xolatidagi ranglar soni CMYK xolatga qaraganda ko‘proq. Adobe Photoshop Windows muxitida ishlovchi elektron ko‘rinishdagi foto tasvirlarini taxrirlovchi dasturdir. Adobe Photoshop dasturi Adobe System, Inc kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lib, ishlatishdagi aloxida qulayliklari bilan mashxur hisoblanadi. Adobe Systems - dasturiy ta’minot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kompaniya. Adobe Systemsning eng mashhur mahsuloti - bu Acrobat ko‘rish muharriridir. Kompaniya stol usti nashr tizimlari va shrift to‘plamlarini ishlab chiqaradi. Kompaniya tomonidan yaratilgan grafik tasvirlarga (Photoshop, Illustrator) va videofilmlarga (Premiere) ishlov berish amaliy dasturlari keng tarqalgan. U 1982 yilda asos solingan bo‘lib, AQSH ning San-Xose, Kaliforniyada Joylashgan va asoschilari Djon Uornok va Charlz Geshke lar hisoblanadi. Adobe Photoshop grafik muharriri yordamida fotosuratlarga qo‘shimchalar kiritish, fotosuratdagi dog‘larni o‘chirish hamda eski rasmlarni qayta ishlash va tiklash, rasmlarga matn kiritish, qo‘shimcha maxsus effektlar bilan boyitish, bir fotosuratdagi elementlarni ikkinchi fotosuratga olib o‘tish, ranglarni o‘zgartirish, almashtirish mumkin. Adobe Photoshop imkoniyatlari keng qamrovli bo‘lib, u gazeta va jurnal-larni turli-tuman rasmlar bilan boyitishda juda katta qulayliklar yaratadi. Adobe Photoshop ayniqsa dizaynerlar, rassomlarning ijodiy imkoniyatlarini to‘la amalga oshirishlarida yordam beradi. Turli sohalar va bevosita matbuot yoki nashriyot sohasiga aloqador bo‘lgan shaxslarning m azkur dastur bilan ishlashni bilishi ular uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratib beradi. Adobe Photoshop juda m urakkab dasturdir. Foydalanuvchilar uning asosiy imkoniyatlaridangina foydalanadilar, xolos. Adobe Photoshop dasturiga tasvirni tez ko‘rib chiqish moduli kiritilgan. Oldin esa bu ishni amalga oshirish uchun tashqi programma(utilit)lar ishlatilardi masalan ACDSee yoki ThumbsPlus. (PDA) cho‘ntak kompyuterlari uchun rasmni importi va eksporti WBMP formatli filtrlari kiritilgan. Kompyuterning ishlash chegarasi doirasida avtomatik tarzda rasmning sifatini buzmagan holda moslashuv (optimizatsiya) ni bajaradi. Dasturni ishga tushirish ketma-ketligi quyidagicha: Windows 7 operatsion tizimlarida Start (Пуск) tugmasi ustida sichqoncha chap tugmasini bosamiz, uning ichidan Все программы bo‘limini tanlaymiz va Adobe nomli guruhdan Adobe PhotoShop CS5nomli buyrug‘ni tanlaymiz. Bundan tashqari, ish stolida mavjud Adobe Photoshop uchun maxsus belgida «sichqoncha»ning chap tugmasini ikki marta bosish yo‘li bilan ham dasturni ishga tushirish mumkin. Natijada quyidagi oyna hosil qilinadi: Download 396.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling