3-amaliy mashgulot. Mavzu: Adobe Photoshop dasturining ishchi muhiti bilan ishlash


Download 396.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana13.11.2023
Hajmi396.19 Kb.
#1770641
  1   2   3   4
Bog'liq
3-amaliy mashgulot. Mavzu Adobe Photoshop dasturining ishchi mu



3-amaliy mashgulot. 
Mavzu: Adobe Photoshop dasturining ishchi muhiti bilan ishlash. 
Reja: 
1. Adobe Photoshop dasturi bilan tanishish. 
2. Uskunalar paneli bilan tanishish. 
1. Adobe Photoshop dasturi bilan tanishish. 
Rastrli grafika muxarrirlariga misol qilib Adobe Photoshop va Paint dastur-larni aytish 
mumkin. Ushbu dastrularda rasmlar mayda kvadrat – piksellardan iborat bo‘lib mozaika xolatida 
rasmni hosil qiladi. Rastrli grafikadan raqamli fotosuratlar va skanerdan olingan rasmlar bilan 
ishlash uchun foyda-laniladi. Kompyuter grafikasida dyuymdagi piksellar soni (ppi) asosiy shart 
bo‘ladi. Qancha ko‘proq piksellar soni bo‘lsa shuncha tasvir sifatliroq bo‘ladi. Masalan agar 
ppi=72 bo‘lsa u xolda 1 kvadrat dyuymga 5184 piskel joylashadi va uning xajmi 6 Kb bo‘ladi, agar 
ppiq144 bo‘lsa u xolda 1 kvadrat dyuymga 20736 piskel joylashadi va endi uning xajmi 21 Kb ga 
teng bo‘ladi. Shu bilan birga monitorning ko‘rsatish va printerning chiqarish sifati - dyuymga 
piskellar soni (dpi) (72 yoki 96 dpi) va dyuymga chiziklar soni (Ipi) (300-2400 dpi lazerli, sepuvchi 
printerlar uchun va 75-200 lpi matritsali printerlar uchun), xamda kompyuter ranglar sifati (2, 16, 
256, 32 000, 16 000 000 ranglar soni) xam katta axamiyatga ega bo‘ladi. Rang xolatlari - ranglarni 
chiqarish va ko‘rsatish yo‘li. Rang xolatlari 2 xil bo‘ladi: RGB (kizil, zangor, ko‘k) monitorlarda tasvir 
ko‘rsatishda foydalaniladi, CMYK (xavorang, purpur, sariq, qora) bosmada foydalaniladi. RGB 
xolatidagi ranglar soni CMYK xolatga qaraganda ko‘proq. 
Adobe Photoshop Windows muxitida ishlovchi elektron ko‘rinishdagi foto tasvirlarini 
taxrirlovchi dasturdir. Adobe Photoshop dasturi Adobe System, Inc kompaniyasi tomonidan 
ishlab chiqarilgan bo‘lib, ishlatishdagi aloxida qulayliklari bilan mashxur hisoblanadi. 
Adobe Systems - dasturiy ta’minot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kompaniya. Adobe 
Systemsning eng mashhur mahsuloti - bu Acrobat ko‘rish muharriridir. Kompaniya stol usti nashr 
tizimlari va shrift to‘plamlarini ishlab chiqaradi. Kompaniya tomonidan yaratilgan grafik 
tasvirlarga (Photoshop, Illustrator) va videofilmlarga (Premiere) ishlov berish amaliy dasturlari 
keng tarqalgan. U 1982 yilda asos solingan bo‘lib, AQSH ning San-Xose, Kaliforniyada Joylashgan 
va asoschilari Djon Uornok va Charlz Geshke lar hisoblanadi. 
Adobe Photoshop grafik muharriri yordamida fotosuratlarga qo‘shimchalar kiritish, 
fotosuratdagi dog‘larni o‘chirish hamda eski rasmlarni qayta ishlash va tiklash, rasmlarga matn 
kiritish, qo‘shimcha maxsus effektlar bilan boyitish, bir fotosuratdagi elementlarni ikkinchi 
fotosuratga olib o‘tish, ranglarni o‘zgartirish, almashtirish mumkin. 
Adobe Photoshop imkoniyatlari keng qamrovli bo‘lib, u gazeta va jurnal-larni turli-tuman 
rasmlar bilan boyitishda juda katta qulayliklar yaratadi.
Adobe Photoshop ayniqsa dizaynerlar, rassomlarning ijodiy imkoniyatlarini to‘la amalga 
oshirishlarida yordam beradi. Turli sohalar va bevosita matbuot yoki nashriyot sohasiga aloqador 
bo‘lgan shaxslarning m azkur dastur bilan ishlashni bilishi ular uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni 
yaratib beradi. Adobe Photoshop juda m urakkab dasturdir. Foydalanuvchilar uning asosiy 
imkoniyatlaridangina foydalanadilar, xolos.
Adobe Photoshop dasturiga tasvirni tez ko‘rib chiqish moduli kiritilgan. Oldin esa bu ishni 
amalga oshirish uchun tashqi programma(utilit)lar ishlatilardi masalan ACDSee yoki ThumbsPlus. 


(PDA) cho‘ntak kompyuterlari uchun rasmni importi va eksporti WBMP formatli filtrlari kiritilgan.
Kompyuterning ishlash chegarasi doirasida avtomatik tarzda rasmning sifatini buzmagan holda 
moslashuv (optimizatsiya) ni bajaradi. 
Dasturni ishga tushirish ketma-ketligi quyidagicha: Windows 7 operatsion tizimlarida 
Start (Пуск) tugmasi ustida sichqoncha chap tugmasini bosamiz, uning ichidan Все 
программы bo‘limini tanlaymiz va Adobe nomli guruhdan Adobe PhotoShop CS5nomli buyrug‘ni 
tanlaymiz. Bundan tashqari, ish stolida mavjud Adobe Photoshop uchun maxsus 
belgida 
«sichqoncha»ning chap tugmasini ikki marta bosish yo‘li bilan ham dasturni ishga tushirish 
mumkin. Natijada quyidagi oyna hosil qilinadi: 

Download 396.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling