3-amaliy mashg‘ulot mavzu: asosiy ekologik omillar. Yorug’lik omili darsning maqsadi
Download 30.46 Kb.
|
3-амалий машғулот
3. Antropogen omillar – inson hayot faoliyatining organik dunyoga ta’siridan iborat. Jamiyat rivojlanishi bilan insonlarning tabiatga yangicha ta’sir qilish xillari kelib chiqib, atrof-muhitda salbiy ekologik о‘zgarishlar sezila boshlaydi.
Yorug‘lik ta’sirida о‘simlik va hayvonlarda boradigan eng muhim jarayonlar
О‘simliklarni yorug‘likka bо‘lgan munosabatiga kо‘ra uch guruhga ajratish mumkin: 1. Yorug‘sevar (geliofit) о‘simliklar. Ular yorug‘lik yetarli bо‘lgandagina normal о‘sishi va rivojlanishi mumkin. Bunday о‘simliklarga dasht, chо‘l mintaqalaridagi о‘simliklar, о‘tloqzorlardagi qо‘ng‘irboshdoshlar va boshqa ba’zi turlar, о‘rmon о‘simliklar jamoasining birinchi qatlamini tashkil etuvchi baland bо‘yli daraxtlar, О‘rta Osiyo sharoitidagi qisqa vegetatsiya qiluvchi kо‘p yillik о‘t о‘simliklarining efemeroid tipidagi hayot shakllari va boshqalar kiradi. 2. Soyasevar (stsiofitlar) о‘simliklar. Ular kuchsiz yorug‘lik tushayotgan joylarda о‘suvchi о‘simliklardir. Bularga о‘simliklar qoplamining pastki qatlamlarida о‘suvchi turlar, moxlar, plaunlar, paporotniklar, yong‘oqzorlar ostida о‘suvchi yovvoyi xina, tog‘ gunafsha kabilarni kо‘rsatish mumkin. Yorug‘sevar va soyasevar о‘simliklar morfologik, anatomik va fiziologik xususiyatlari bilan bir-birlaridan farqlanadi. 3. Soyaga chidamli yoki fakultativ geliofit о‘simliklar. Ularning kо‘pchiligi yorug‘sevar hisoblansada, yorug‘lik uncha yetarli bо‘lmaganda ham, ortiqcha yorug‘likda ham normal о‘sib rivojlanadigan turlardir. Ularga qо‘ng‘irbosh, qulupnay, arg‘uvon va boshqalarni kiritish mumkin. Download 30.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling