3-amaliy mashg’ulot Mavzu. Ilmiy axborotlar bilan ishlash, mutolaa qilish, yozma va og’zaki shaklda bayon qilish (2 soat) Reja


Ilmiy matnlarning funksiyalari va turlari


Download 44.98 Kb.
bet3/4
Sana20.06.2023
Hajmi44.98 Kb.
#1637113
1   2   3   4
Bog'liq
3-amalij masgulot(2)

2. Ilmiy matnlarning funksiyalari va turlari bilan tanishish
REFERAT
Referat – asosiy matn yoki bir necha manbalarni talqin qilish shakllaridan biri. Shuning uchun referat, konspektdan farqli ravishda, yangi, muallifning matni hisoblanadi. Bunday holdagi yangilik yangicha bayonni, materialning bir tizimga solinishi, har xil nuqtai nazarlarni qiyoslashda muallifning alohida pozitsiyasini nazarda tutadi.
Referatlash qandaydir masalaning bir yoki bir necha manbalarning tasniflanishi, umumlashtirilishi, tahlili va sintezi asosida bayon qilinishini nazarda tutadi.
Referatning o‘ziga xosligi:
keng miqyosli dalillar, qiyoslashlar, mushohadalar, baholarga ega bo‘lmaydi,
• matnda qanday yangi, muhim jihat bor, degan savolga javob beradi.
Referat diqqat-e’tiborni yangi ma’lumotlarga qaratadi va boshlang‘ich matnga murojaat etishning maqsadga muvofiqligini belgilaydi!
2. Axborotlarning yozma shaklda yetkazilishi (davomi)
Referat materialning shunchaki bir oddiy takrorlanishi, bir yoki bir necha manbalardagi materialni o‘zlashtirib olishdan iborat bo‘lib qolmasligi, ya’ni ko‘chirmachilik va kompilyatsiya mahsuli bo‘lmasligi kerak. Unda referent tanlagan mavzuga oid va ishlab chiqilgan adabiyotlarda mavjud bo‘lgan jamiki material tahlil qilib chiqilishi lozim.


Referat ustida ishlash bo‘yicha yo‘riqnoma
Kafedra taklif qiladigan referatlar mavzulari namunaviy bo‘ladi. Sizning o‘zingizning qiziqishlaringiz va mayllaringizga mos keladigan mavzuni tanlashga mustaqil yondashishingiz maqsadga muvofiq. Siz o‘z qiziqishlaringiz doirasi asosida tanlangan muammoga amal qilib va uni asoslash bilan kafedra tavsiya qilgan mavzular ro‘yxatiga kirmagan referat mavzuini taklif qilishingiz ham mumkin. Bunday vaziyatda taklif qilayotgan referat mavzuingizni ilmiy rahbaringiz bilan albatta kelishib olishingiz kerak bo‘ladi.
Siz referat mavzuini tanlagach,
1)tanlangan mavzuga tegishli masalalar doirasi bilan tanishib chiqing:
• leksiya materiallarini ko‘zdan kechiring,
• fan bo‘yicha o‘quv dasturiga ko‘ra tegishli mavzu uchun tavsiya etilgan adabiyotlarni yana bir bor tahlil qiling. Bu Sizning mavzuning mohiyati, uning o‘rganiladigan kursdagi o‘rni va ahamiyati to‘g‘risida aniq tasavvur olishingizga imkon beradi.
2) TDIU SFning axborot-kutubxona majmuida, shuningdek boshqa kutubxonalarda mavjud bo‘lgan kataloglardan foydalanib, referat mavzui bo‘yicha adabiyotlar manbalari doirasini kengaytiring.
O‘quv va monografiyali adabiyotlar bilan bir qatorda davriy nashrlarda, shu jumladan: «O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi», «Ekonomicheskiy vestnik Uzbekistana», «Marketing», «Lizing revyu», «Bozor, pul va kredit», «Kompaniya», «Ekspert», «Sekret firmы», «Dengi», «Iskusstvo upravleniya», «Problemы teorii i praktiki upravleniya», «Ekonomist», «Voprosы ekonomiki» kabi va boshqa jurnallarda e’lon qilingan maqolalardan ham foydalanish zarur.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining tadqiqot mavzuiga tegishli sohadagi qonunchilik hujjatlari va qarorlarini bilish ham referat sifatini oshirishga yordam beradi. Ishning dastlabki bosqichi yakuni bibliografiyadan iborat bo‘ladi.
Konspekt qilish konspektlashning bir turi: rejali, matnli, tematik, xronologik, tahliliy yoki erkin turiga muvofiq amalga oshiriladi.
Referat rejasi quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
• kirish,
• asosiy qism,
• xulosa,
• foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati,
• ilovalar (referatning shart bo‘lmagan qismi).
Bayon qilish shakli – referentning tanlashi bo‘yicha: konspektli, parchali, tahliliy bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati qat’iy belgilangan tartibda tuziladi:
1. O‘zR qonunlari.
2. O‘zR Prezidenti farmonlari.
3. O‘zR Hukumati qarorlari.
4. Me’yoriy hujjatlar, yo‘riqnomalar.
5. Kitoblar, davriy nashrlarda e’lon qilingan maqolalar.
6. Internetdan olingan axborot manbalari.
Ilmiy rahbarga taqdim etiladigan referat kompyuterda 12-shrift bilan, 1,5 interval orqali standart A 4 formatli qog‘ozda, chap tomonidan 2,5 sm, o‘ng tomonidan 1,5 sm, yuqorisi va pastidan kamida 2 sm lik hoshiyalar bilan terilishi kerak. Matn sahifalari albatta raqamlanishi lozim. Ishning raqamlanishi uzluksiz bo‘ladi va 3-sahifadan boshlanadi (birinchi va ikkinchi sahifalar - bu titul varag‘i va ish rejasi bo‘lib, ular raqamlanmaydi). Sahifa raqami yuqorida o‘rtaga yoki o‘ng tomonga qo‘yiladi.
Referat hajmi 16-20 sahifadan oshmasligi kerak.
Referatning tuzilishi:
1) titul varag‘i;
2) har bir masala, kichik masala (band) sahifalari ko‘rsatilgan ish rejasi;
3) kirish;
4) materialning masalalar va kichik masalalar (bandlar)ga bo‘lingan matnli bayoni, muallif foydalangan manbalarga zaruriy qaydlar ham ko‘rsatiladi;
5) xulosa;
6) foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati;
7) jadvallar, diagrammalar, grafiklar, rasmlar, sxemalardan iborat ilovalar. Ilovalar ular mazmunini ko‘rsatadigan sarlavhalarga muvofiq tarzda izchillik bilan tikib qo‘yiladi.

Download 44.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling