3-amaliy mashg‘ulot. Mavzu: Kosmik tasvirlar. Maqsad
Download 331.16 Kb. Pdf ko'rish
|
8)3-Amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kosmik suratga olish bajariladigan vazifalar. Kosmik suratga olish
3-AMALIY MASHG‘ULOT. Mavzu: Kosmik tasvirlar. Maqsad: Talabalarga kosmik tasvirlar to‘g‘risida tushuncha berish va ko‘nikma hosil qilish. Mashg‘ulotning jihozi: Aerofotosuratlar va kosmik suratlar tasviri. Topshiriq: 1.Kosmik suratga olish qanday vositalar orqali amalga oshiriladi? 2.Kosmik suratga olish bajariladigan vazifalar nimalardan iborat? Topshiriq matni: Kosmik suratga olish. Kosmik suratga olish - Yer, osmon jismlari va boshqa kosmik hodisalarni Yer atmosferasi tashqarisida turgan apparaturalar (Yer suniy yoʻldoshlari, kosmik kema va boshqalar) yordamida suratga olish; elektromagnit spektrining turli sohalaridagi tasvirni beradi. Yerni Kosmik suratga olishning masshtabi 1:1000000 - 1000000 boʻlib, bunda juda katta maydonning (bir necha oʻn ming kv. km. dan tortib, deyarli Yerning yarim shari sirtigacha) bir butun harakterli tasvirini suratga olish mumkin. Kosmik suratga olish usullari: aylanish davri qisqa boʻlgan kosmik apparatlar yordamida 150–300 km balandlikdan, aylanish davri uzun boʻlgan kosmik apparatlar yordamida 300–950 km balandlikdan suratga olish, radiotelevizion sistemalar asosida tasvirlarni Yerga uzatish, 36 ming km balandlikdagi geostatsionar yoʻldoshlardan tasvirlar olish va Yerga uzatish, Oy va sayyoralar sirtidan Yerni suratga olish va radiotelevizion yoʻl bilan axborotlarni Yerga uzatish. Olingan fotosuratlar, Yer atmosferasi, litosferasi, gidrosferasi va biosferasining regional, strukturali, global xususiyatlarini oʻrganishga imkon beradi. Shuningdek, Kosmik suratga olishda Yerning maʼlum regionini qisqa vaqt ichida qayta-qayta suratga olish mumkin. Bu esa davriy (sutkali, fasliy va boshqalar) va epizodik (vulqon otilishi, oʻrmon yongʻinlari, suv toshqinlari va boshqalar), xoʻjalik faoliyatlarining turli koʻrinishlari (hosilni yigʻish, sugʻorish, suv havzalarini toʻldirish va boshqalar) kabi hodisalarning dinamik tuzilishini oʻrganish uchun sharoit yaratadi. Kosmosdan suratga olish birinchi marta: raketa yordamida - 1946-yil da, Yer sunʼiy yoʻldoshlari yordamida - 1960-yilda, kosmik kema yordamida - 1961-yilda boshlandi. Kosmik suratga olishda oq-qora, rangli foto va televizion suratga olishdan tashqari, infraqizil, mikrotoʻlqinli, spektrometrik va fotoelektron tasvirlarni olish ham amalga oshiriladi. Kosmik tasvirlar transport infratuzilmasini xaritalash va inventarizatsiya qilish uchun keng qamrovli bazani taqdim etadi: avtomobil yo‘llari, temir yo‘l magistrallari, quvurlar, suv kanallari, aeroportlar va daryo portlari, shuningdek, yo‘l transporti infratuzilmasi obyektlarida taʼmirlash ishlarini rejalashtirish uchundir. Suratlar mavjud radio signallarni aniqlash, uyali aloqa tizimlarining samaradorligini baholash, infratuzilmani rejalashtirish va mavjud tarmoqlarni kengaytirish uchun ishlatiladi. Kosmik suratga olish bajariladigan vazifalar. Kosmik suratga olish bajariladigan vazifalari quyidagicha: -avtomobil va temir yo‘llarning inventarizatsiyasi; -yangi paydo bo‘lgan yo‘llarni tezkor xaritalash; -yo‘l transport infratuzilmasi obyektlarining holati, qurilishi va qayta taʼmirlanishini monitoring qilish (ko‘priklar, to‘xtash joylari, yoqilg‘i quyish shoxobchalari, murakkab xizmat ko‘rsatish punktlari); -masofaviy zondlash maʼlumotlari va qo‘shimcha kartografik va statistik materiallar asosida maʼlum hududlar ichidagi transportning mavjudligini o‘rganish; -operatsion logistika - transport vositalarini olib o‘tish ishlarini rejalashtirishni optimallashtirish uchun ulardan keyinchalik foydalanish imkoniyati bilan kosmik tasvirlar asosida yo‘llar va ko‘chalarning xaritalarini tuzish; -nafaqat relyefni, balki mavjud bo‘lgan barcha yer usti notekisliklarini o‘z ichiga olgan (qurilish, inshootlar va boshqalar) raqamli joy modellari asosida mavjud tarmoqlarni kengaytirish ishlari va infratuzilmani rejalashtirishda aniq radiosignal qabul qilish zonalarini aniqlashdir. Download 331.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling