3-amaliy mashg‘ulot. Mavzu: Masofadan zondlash va ma’lumotlarni taxlil qilish bosqichlari. Maqsad


Download 356.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana19.04.2023
Hajmi356.66 Kb.
#1367092
  1   2
Bog'liq
3-Amaliy mashg\'ulot



3-AMALIY MASHG‘ULOT.
Mavzu: Masofadan zondlash va ma’lumotlarni taxlil qilish bosqichlari. 
 
Maqsad: Talabalarga masofadan zondlash va ma’lumotlarni taxlil qilish 
bosqichlari to‘g‘risida tushuncha berish va ko‘nikma hosil qilish. 
Mashg‘ulotning jihozi: Aerofotosuratlar tasviri. 
Topshiriq:
1. Axborot.
2. Joyda olingan axborot (In situ data). 
3. Masofadan zondlash axboroti. 
4. Masofadan zondlash jarayoni. 
Topshiriq matni: 
Axborot. 
Olimlar tabiatni kuzatish jarayonida sinchkov kuzatuvlar va o‘lchov ishlarini
olib boradilar, undan keyin esa hodisalarga tegishli farazlarni qabul qilish yoki rad
etishga harakat qiladilar. Axborotlarni yig‘ish jarayoni to‘g‘ridan to‘g‘ri joylarda 
(joyda olingan axborot) yoki obyekt yoki maydondan ma’lum bir uzoq masofadan 
turib amalga oshirilishi mumkin.
Joyda olingan axborot (In situ data). 
Axborot to‘plashning bir turi olim yoki ilmiy xodimning joyga borib hodisa 
haqida savol-javob qilishidan iborat. Aksincha, olim datchik yoki joyda o‘lchovchi 
asbobni tanlab o‘quv maydonida o‘lchov ishlarini olib borishi ham mumkin.
Datchiklar fizik miqdordagi farqni (bosim yoki yorug‘lik kabi) elektron 
signalga aylantirib beradigan yoki bunga teskari vazifani bajaradigan asbobdir 
va ular obyekt bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri fizik aloqada bo‘lgan holatda joylashtiriladi.
Juda ko‘p turdagi datchiklar mavjud, masalan, ilmiy xodim termometrni 
havo, tuproq yoki suvning haroratini o‘lchash uchun; spektrometrni esa spektral 
qaytaruvchanlikni o‘lchash uchun; anemometrni shamol tezligini o‘lchash uchun; 
psixrometrni esa havoning namligini o‘lchash uchun ishlatishi mumkin.
Datchiklarda yozib olinayotgan ma’lumotlar analogli signal bilan
o‘lchanayotgan obyektning intensivligi bilan bog‘liq bo‘lgan kuchlanishning
o‘zgarishi (voltage variation) bo‘lishi mumkin. Juda ko‘p holatlarda bu analog 
signallar analogdan - raqamliga (analog - to - digital (A to D or A/D)) o‘tkazish 
jarayonlari yordamida raqamli qiymatlarga o‘tkaziladi.
Shuni tushunishimiz lozimki, biz obyekt bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqada 
bo‘lmaydigan asboblardan foydalanib joyda olingan axborotni to‘plashimiz 
mumkin, lekin muhimi, bizdan axborot to‘plash uchun o‘rganilayotgan joyga 
borish talab qilinadi, masalan, obyekt yuzasidan qaytayotgan elektromagnit 
nurlanishning juda qisqa bo‘lgan to‘lqin uzunligini spektrometr yordamida joyda 
olingan axborotni yig‘ish, bu holatda, biz asbobni obyektga tekkazmasdan 
ishlatamiz, lekin bu masofadan zondlash (Yerni kuzatish uchun) emas, chunki 
axborotlar o‘rganilayotgan joyga borib olinmoqda.

Download 356.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling