3-amaliy mashg‘ulot. Mavzu: Masofadan zondlash va ma’lumotlarni taxlil qilish bosqichlari. Maqsad
Download 356.66 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq3-Amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Masofadan zondlash jarayoni.
Masofadan zondlash axboroti. Obyekt yoki maydon bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqada bo‘lmagan maxsus asboblarni ishlatib, hamda o‘rganilayotgan maydonga bormasdan turib o‘sha obyekt yoki geografik maydon haqida ma’lumotlar to‘plash mumkin. To‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa qilmasdan, fazo orqali ma’lumotlarni o‘tkazish vositalari turli maqsadlarni amalga oshirish uchun ishlatilmoqda. Masofadan zondlashda ma’lumotlarni o‘tkazish elektromagnit nurlanishdan foydalanib amalga oshirilmoqda. Elektromagnit nurlanish - bu obyektga urilganda ishlab chiqiladigan va kuzatib bo‘ladigan energiya turidir. Ushbu energiyani qayta ishlash uchun qabul qilish zondlash deb ataladi. Obyektdan qaytgan yoki ajralib chiqqan elektromagnit nurlanish masofadan zondlash ma’lumotlarining asosiy manbasi bo‘lishiga qaramasdan elektromagnit nurlanish o‘rniga boshqa turdagi kuch maydonlari ham ishlatilishi mumkin. Yer resurslarida tadbiq etish uchun to‘plangan masofadan zondlash axborotlarining juda ko‘p qismi sensorlarda yozib olingan elektromagnit energiya natijasidir. Asosiy diqqatimizni sensorlar yordamida elektromagnit spektrning ko‘rinuvchi va qaytgan infraqizil segmentlarida yaratilgan suratlar va tasvirlarga qaratamiz, radar hamda termal sensorlardan olingan bir nechta tasvirlarni ko‘rib chiqamiz. Masofadan ma’lumot to‘plash boshida aerofotoapparatlarning fotoplyonkalarini ishlatish orqali amalga oshirilgan. Hozirgi kunda esa, suniy yo‘ldoshlar Yerning (Yerning qoplanishi, yerdan foydalanish, relyef, harorat va boshqa) fizik va biofizik hususiyatlarini elektron sensorlar yordamida raqamli o‘lchashda asosiy asbob hisoblanadi. Masofadan zondlash jarayoni. Masofadan zondlash jarayoni energiyani talab qiladi. Misol uchun, biz kompyuterning ekraniga qaraganimizda masofadan zondlash jarayonida faol ishtirok etamiz. Nurlanish manbai bo‘lgan yorug‘likning fizik miqdori ekrandan tarqatiladi. Nurlangan yorug‘lik sensor (ko‘zlar) bilan uchrashguncha va sensor (ko‘zlar)da ma’lumot olingunga qadar qandaydir masofani bosib o‘tadi. Har bir ko‘z axborotni yozib olish va qayta ishlab ma’lumotga aylantirish uchun protsessorga (miya) signal jo‘natadi. Insonning sezgi organlari to‘lqin yoki pulslar orqali obyektlardan uzatilgan ma’lumotlarni ajralib chiqqan yoki qaytgan, aktiv yoki passiv bo‘lgan turli signallarni qabul qilib, tashqi dunyo haqida deyarli to‘liq ma’lumot to‘playdi. Shu hisobga olinishi kerakki, masofadan zondlangan energiya quyoshdan keladi, energiya quyoshning atom qismlaridan nurlanadi, keyin fazo bo‘shlig‘ida yorug‘lik tezligida tarqaladi, Yer atmosferasi bilan o‘zaro ta’sirga kirishadi, undan keyin Yer yuzasi bilan o‘zaro ta’sirga kirishadi, energiyaning ayrim qismi orqaga qaytadi, so‘ngra yer atmosferasi bilan yana bir marta o‘zaro ta’sirga kirishadi va nihoyat sensorgacha yetib boradi, u Yerda optik tizimlar, filtrlar, fotoplyonkalar yoki detektorlar bilan o‘zaro ta’sirga kirishadi. 3.1-rasm masofadan zondlash jarayonining boshidan oxirigacha bo‘lgan quyidagi eng asosiy 7 ta elementini (A dan G) tushunishda yordam beradi. Energiya manbaidan nurlanishi. Masofadan zondlashning birinchi talabi tadqiq qilinayotgan obyektga elektromagnit energiyani yuborish uchun energiya manbaining mavjudligi. Energiyaning atmosfera bilan o‘zaro ta’sirga kirishishi. Energiya o‘z manbaidan chiqib obyektga tomon borayotganida atmosfera bilan aloqaga yoki o‘zaro ta’sirga kirishadi. Agarda energiya manbai Quyosh bo‘lsa, energiya birinchi o‘rinda bo‘shliqdan o‘tadi, lekin bu yerda energiya hech qanday ta’sirga uchramaydi. Obyekt bilan o‘zaro ta’sirga kirishishi. Energiya atmosferadan o‘tib obyektga tomon borayotganida, obyektning va nurlanishning xususiyatlariga bog‘liq bo‘lgan holda obyekt bilan o‘zaro ta’sirga kirishadi. Ta’sirga uchragan energiyaning bir qismi obyektdan aks etadi yoki ajralib chiqadi. Download 356.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling