3-amaliy mashg’ulot mavzu: Maydalash sxemalarini tanlash va asoslash. Maydalash sxemasini hisoblashga oid misollar
Download 177,67 Kb.
|
3-amaliy mashg\'ulot
Maydalash sxemasini hisoblash
Maydalash sxemasini hisoblash uchun dastlabki ma’lumotlar Maydalash sxemasini hisoblash uchun quyidagi ma’lumotlar kerak: boyitish fabrikasining dastlabki xomashyo bо‘yicha ishlab chiqarish unumdorligi; mahsulotning yiriklik harakteristikasi, maydalangan mahsulotning maksimal yirikligi; alohida maydalangan mahsulotning yiriklik harakteristikasi; alohida maydalash bosqichlaridagi elash samaradorligining kо‘rsatgichlari. Dastlabki va maydalangan mahsulotlarning yiriklik harakteristikasi ilmiy-tadqiqot ishlari hisobotlaridan va loyihalanayotgan fabrikadagi о‘xshash rudani boyituvchi fabrikaning amaliy kо‘rsatgichlaridan olinadi. Maydalash sxemasida barcha mahsulotlar arab, operatsiyalar rim raqamlarida ifodalanadi. Maydalash sxemasi quyidagi tartibda hisoblanadi. Maydalash sehi dastgohining soatlik ishlab chiqarish unumdorligi aniqlanadi. Umumiy maydalash darajasi aniqlanadi bu yerda; dastlabkirudadagi eng katta bо‘lakning о‘lchami ; -maydalangan mahsulot tartibidagi eng katta bо‘lakning о‘lchami. Tanlangan maydalagichlar va qabul qilingan maydalash darajalari quyidagi talablarga javob berishi kerak: maydalagichning qabul qiluvchi tuynugi unga tushuvchi ruda bо‘laklarining о‘lchamidan 10-20% ga katta bо‘lishi kerak; maydalagich berilgan ishlab chiqarish unumdorligini ta’minlashi kerak; loyihalangan bо‘shatish tuynugining kengligi shu turdagi maydalagich uchun ruxsat etilgan chegarada bо‘lishi kerak; maydalagichlarning yuklash koeffitsiyentlari imkoni boricha yaqin bо‘lishi kerak. Agar yuqorida keltirilgan maydalagichlarga qо‘yiladigan talablar loyihalanayotgan maydalash sxemasida bajarilmaydigan bо‘lsa, alohida maydalash bosqichlaridagi belgilangan maydalash darajalarini о‘zgartirish kerak. Masalan, uchinchi bosqich maydalagichi ortiqcha yuklangan, ikkinchi bosqich maydalagichi esa yetarli darajada yuklanmagan bо‘lsa, ikkinchi bosqichda maydalash darajasini oshirish va uchinchi bosqichda maydalash darajasini kamaytirish kerak. Ayrim hollarda ikki bosqichli maydalash sxemasini uch bosqichli sxemaga almashtirishga tо‘g‘ri keladi. Maydalash sxemasini oxirgi hisoblash bajariladi va dastgohlarning tо‘g‘ri tanlangani tekshiriladi. Download 177,67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling