3-amaliy mashg‘ulot. Mavzu: Ravon nutqni rivojlantirish Reja


Download 30.36 Kb.
Sana20.11.2023
Hajmi30.36 Kb.
#1787595
Bog'liq
3-amaliy (1)


3-amaliy mashg‘ulot.
Mavzu: Ravon nutqni rivojlantirish
Reja:

  1. Ravon nutq tushunchasi va uni rivojlantirish vazifalari.

  2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni ravon nutqqa o‘rgatish.

Amaliy mashg‘ulotdan maqsad: talabalarga ravon nutq tushunchasi va uni rivojlantirish vazifalarini, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni ravon nutqqa o‘rgatish usullarini o‘rgatish va mavzu yuzasidan talabalar bilimini turli metodlar yordamida oshirish.
Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan metod va texnologiyalar mohiyati.
1. “Debat” (frantsuzcha “debattere” so‘zidan olingan bo‘lib, “debats” – “bahslashmoq”) texnologiyasi yig‘ilish, majlis yoki mashg‘ulotlarda biror-bir mavzu yuzasidan ishtirokchilar o‘rtasida o‘zaro bahs uyushtirish, ularning fikr almashishlarini ta’minlashga xizmat qiladi. O‘quv mashg‘ulotlarida debat quyidagi tartibda uyushtiriladi: 1) o‘rganilayotgan mavzu yuzasidan bahs yuritilishi zarur bo‘lgan muammo tanlanadi; 2) bahslashish uchun ikki nafar talaba (yoki guruh, juftliklar)ning e’tiborlariga tanlangan muammo havola etiladi; 3) talaba (guruh yoki juftliklar)ning muammo yuzasidan fikrlari tinglanadi; 4) ekspertlarning fikrlari o‘rganiladi; 5) debatda bildirilgan fikrlar yuzasidan xulosa chiqariladi; 5) debat yakunlanadi.
2. “Muammoli vaziyat” metodi talabalarni o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, ularning kelib chiqish sabablari va oqibatlarini o‘rganish va echimlarini topishga undash orqali ularda muayyan ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Mashg‘ulotlar jarayonida “Muammoli vaziyat” metodini qo‘llash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 1) mavzu yuzasidan muammoli vaziyatlarni shakllantirish; 2) muammoli vaziyat mazmuni bilan talabalarni tanishtirish; 3) talabalarni kichik guruh yoki juftliklarga ajratish; 4) guruh yoki juftliklarning muammoli vaziyat echimini topish bo‘yicha amaliy faoliyatni tashkil etishlari; 5) guruh yoki juftliklar tomonidan muammoli vaziyat yuzasidan o‘z echimlarini bayon qilishlari; 6) guruhlar yoki juftliklarning echim borasidagi fikrlarini umumlashtirish; 7) guruhlar yoki juftliklar tomonidan taqdim etilgan echimlarning maqbullik darajasini o‘rganish (ommaviy muhokama qilish yoki ekspertlar muhokamasidan o‘tkazish); 8) eng to‘g‘ri, maqbul echimni aniqlash.
Mashg‘ulot uchun materiallar
I. Talabalar uchun topshiriq:
Mavzuga doir savollarga javob qaytaring. Talabalarga quyidagi savollar beriladi:
1. Ravon nutq tushunchasi va uni rivojlantirish vazifalari haqida nimalarni bilasiz?
2. Ravon nutqning mohiyati nimalardan iborat?

II. Talabalar uchun topshiriq:
Mavzuga doir masalalar yuzasidan debat tashkil eting.
Bu o‘rinda debat uyushtirish uchun quyidagi masalalar taklif qilinadi:
Muhokama uchun 1-masala:
1) ravon nutq tushunchasiva u qanday shakllanadi;
2) ravon nutqni rivojlantirish vazifalari nimalardan iborat;
Muhokama uchun 2-masala:
1) maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni ravon nutqqa o‘rgatishning qanday usullari va vositalari mavjud;
III. Talabalar uchun topshiriq.
Mavzuga doir quyidagi muammoli vaziyatlarning yechimlarini toping:
1. Til tafakkur quroli va muomala vositasi deyilishini asoslab bering.
1. Siz qanday fikrdasiz, shaxsda nutq ko‘nikmalari necha yoshdan boshlanadi?
2. Ijtimoiy jamiyatda ravon nutqning ahamiyati nimalardan iborat?
IV. Talabalar uchun topshiriq:
Kichik guruhlarga birikkan holda quyidagi topshiriqlarni bajaring:
1-guruh: ravon nutq tushunchasi va uni rivojlantirish vazifalarini aks ettiruvchi jadval, sxema yoki klasterlarni yaratish.
V. Talabalar uchun topshiriq:
Mavzuga oid quyidagi test savollariga javob qaytaring:

1.«Nutqni muntazam о‘rgatish, nutq va tilni metodik rivoj- lantirish bolalar bog‘chasidagi butun tarbiya ishlarining asosini tashkil qilmog‘i lozim» bu kimning fikri?


a. Y.A.Flerina.
b. Y.I.Tixeyeva.

    1. O.I.Solovyev.

    2. A.N.Govzdev.



2.О‘zbek tilida ta’lim beriladigan maktabgacha ta’lim muas- sasalarida necha yoshda bolalarga о‘zga tilda sо‘zlashuv nutqini о‘rgatishni tavsiya etadilar.


    1. 3–4 yosh.

    2. 4–5 yosh.

    3. 5–6 yosh.

    4. 6–7 yosh.



3.«Maktabgacha tarbiya muassasalarida jonli sо‘z» asari- ning muallifi kim?


    1. Y.A.Flerina.

    2. Y.I.Tixeyeva.

    3. O.I.Solovyev.

    4. A.N.Govzdev.



4.Ilk yosh: 1–3 yoshgacha bо‘lgan bolaning nutqining rivoj- lanishi tо‘g‘ri berilgan qatorni toping?


    1. Emotsional - erkin muloqot – yеtakchi faoliyat turi hisoblanadi.

  1. Tovushga taqlid qilishga oid sо‘zlardagi tovushlar bilan mus- taqil о‘yinlarni va о‘yin harakatlarini turli xil tovushlar bilan kuzatib borishni qо‘llab-quvvatlash.

  2. Nutqning asosiy irsiy vazifasi – aloqa funksiyasi, ijtimoiy alo- qalar va atrofdagilarga ta’siridan iborat.

  3. Bolalarning о‘z tashabbusiga kо‘ra yoki kattalarning taklifiga kо‘ra hikoya qilib berishga qiziqishini qо‘llab-quvvatlash, er- taklar, suratlar va о‘z shaxsiy tajribasiga oid taassurotlarning sо‘zdagi mazmunini qisqa hikoya, mulohaza, tavsiflar yor- damida ifodalashni о‘rganadi.

Download 30.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling