3-amaliy mashg’ulot Mavzu: Tafakkur patologiyasi


Download 25.89 Kb.
bet1/5
Sana16.04.2023
Hajmi25.89 Kb.
#1359092
  1   2   3   4   5
Bog'liq
3-mavzu


3-amaliy mashg’ulot
Mavzu: Tafakkur patologiyasi
Mavzu savollari:

  1. Fikrlash tarixi norma va evolyutsityasi?

  2. Fikrlashning tezlashuvi bu nima degani?

  3. Ma’nosiga qarab fikrlash qanday turlarga bo’linadi?

  4. Vasvasa g’oyasi haqida tushuncha bering

  5. Fikrlashning buzilishi va uning turlari haqida nimalarni bilasiz?

  6. Austik fikrlash qanday bemorlarda uchraydi?

  7. Fikrlashi buzilgan bemorlarni davolash chora tadbirlari haqida aytib bering

Nazariy qism. Fikrlash – atrofdagi olam kо’rinishining shakllanishi jarayoni va uni tanish, ijodiyotni keltirib chiqarish. Fikrlash patologiyasi tempiga, strukturasiga, ma‘nosiga qarab buzilishlarga bо’linadi.


Simptomlar va sindromlar. Fikrlash buzilishining quyidagi variantlari ajratib kо’rsatilgan: temp bо’yicha, ma‘nosi bо’yicha, forma yoki strukturasi bо’yicha. Tezligi bо’yicha fikrlashning buzilishi Fikrlashning tezlashuvi nutq tempi tezlashuvi, fikrning sakrashi bilan xarakterlanib, tempning ma‘noli ravishda kuchayishi natijasida aytilishga ulgura olmaydilar (fuga idearum). Kо’p holatlarda fikr produktiv harakterga ega bо’lib, yuqori ijodiy faollik bilan assosirlanadi. Bu simptom vasvasa va gipomaniya larga xarakterlidir.
Fikrlashning sekinlashuvi - assosiasiya soni kamayishi va nutq tempining sekinlashuvidir, ular sо’zlarni tanlab olishning qiyinlashuvi va katta tushunchalar va hulosalar vujudga kelishi bilan kechadi. Depressiya, astenik simptomlar uchun xarakterli bо’lib, ongning minimal buzilishlarida ham namoyon bо’ladi.
Mentizm – fikrlarning oqib kelishi, bunda u zо’raki xarakterga ega bо’ladi. Odatda bunday fikrlar turli rejali bо’lib, ular bayon tilmasligi mumkin.
Shperrung (nem.) – fikrlarning ―tiqilib qolishi, fikrning uzilib qolishi, bunda tо’satdan bо’shliq, jim bо’lib qolish sifatida Bemor tomonidan qabul qilinadi. Shperrung va mentizm shizofreniya va shizotipik buzlishlarga kо’proq xarakterlidir. Ma’nosiga kо’ra fikrlashning buzilishi Ularga affektiv fikrlash, egosentrik fikrlash, paranoid, obsessiv va о'ta qimmatli g’oyalar kiradi.
Affektiv yoki emosional bо’lgan fikrlash emosional bо’lgan tasavvurni atrofdagilardan fikrlashni yuqori bog’liqligi, fikrlashning tez reaksiyasi va undan ajratib bо’lmaydigan turli, kо’p hollarda e‘tiborsiz stimul (affektiv doimiy bо’lmagan) emosional jarayonlar fikrlashga aylanishi bilan xarakterlanadi. Affektiv fikrlash kayfiyatning buzilishidan jabr chekuvchi Bemorlar uchun xarakterli (depressiv yoki maniakal fikrlash). Affektiv fikrlashda mulohaza va tasavvur tizimining tо’laligicha etakchi kayfiyat bо’lib aniqlanadi.
Egosentrik fikrlash – bunda fikrlash tipi narsistik ideallarda, shu jumladan о’z shaxsiyatiga foydali yoki zararli hamma mulohaza va kо’rinishlarda fiksasiya qilingan. Qolganlari, shu jumladan ijtimoiy kо’rinishlar qayd etiladi. Bunday fikrlash tipi kо’pincha shaxsiyatning buzilishili insonlarda shakllanadi, shu jumladan alkogolizm va narkomaniyalarda ham. Shu vaqtning о’zida bola yoshidagilar uchun egosentrik shakllar normativ bо’lishi mumkin.
Paranoid fikrlash – bu fikrlash tipi asosida vasvasa g’oyasi yotadi, ular shubhalanish, ishonmaslik, regidlik bilan hamohangdir.
Vasvasa g’oyasihato hulosa chiqarish, kasallik asosida yuzaga keladi va korreksiyaga berilmaydi. Vasvasalar birlamchi bо’lishi mumkin, о’ziga xos, bemorning о’zigagina tushunarli bо’lgan mantiqning shakllanishi natijasida yuzaga keladi, yoki ikkilamchi, kayfiyatning о’zgarishi, kо’tarilgan yoki tushgan, gallyusinasiyalarga bog’liq bо’ladi. Vasvasa g’oyasidan tashqari paranoid fikrlash strukturasiga vasvasaga о’xshash fantaziya ham kiradi, u kо’proq bolalarda uchraydi. Vasvasa g’oyasi qaytadan ishontirishga bо’ysunmaydi va ularga bemorning о’zi tomonidan tanqid bо’lmaydi. Kognitiv aloqalar, alahsirashni qayta aloqa prinsipi bо’yicha mavjudligini qо’llab-quvvatlovchidir, ular quyidagi kо’rinishda bо’ladi. Boshqalarga nisbatan ishonchsizlik vujudga keladi: «Men, unchalik dо’stona emasman, shu tariqa, boshqa odamlar shu sababli meni chetlab о’tadilar, shekilli. Men tushunaman, ular nima sababdan bunday qilishadi, lekin bu boshqalarga ishonchsizlikning oshishiga olib keladi.
Vasvasani K.Conrad bо’yicha vujudga kelish bosqichlari quyidagilar:
1) trema – vasvasani oldindan sezish, vahima, yangi mantiqiy zanjirni vujudga kelish negizini aniqlash;
2) apofena – geshtalt vasvasasini vujudga kelishi – vasvasa g’oyasining hosil bо’lishi, uning kristallizasiyasi, ba‘zida tо’satdan ravshanlashishi;
3) apokalipsis - terapiya yoki affektiv kambag’allashuvi natijasida vasvasa tizimining bо’linishi. Vasvasani hosil bо’lishi mexanizmi bо’yicha birlamchi – bosqichmabosqich mantiq qurilishi va interpretasiyasi bilan bog’liq, ikkilamchi – tо’liq kо’rinishlarning shakllanishi bilan bog’liq bо’lishi mumkin, masalan, о’zgaruvchan kayfiyat yoki gallyusinasiya lar ta‘siri ostida; va indusirlangan – bunda resipient, kelgusida sog’lom inson sifatida, vasvasa tizimi, ruhiy kasal odam induktorini hosil qiladi. Tizimlashtirish darajasi bо’yicha vasvasa fragmentar va tizimlashtirilgan bо’lishi mumkin. Adekvat bо’lmagan vasvasa tizimi bо’yicha vasvasa kechinmasi sindromi paranoyal, paranoid va parafren bо’ishi mumkin. Paranoyal sindrom monotematik tizimlashtirilgan vasvasa va о’ta qimmatli g’oyaning mavjudligi bilan xarakterlanadi, kо’rincha maishiy xarakterli va adekvat bо’lmagan ma‘noga ega bо’ladi. Paranoyal sindrom yuqori ma‘suliyatli faolliyat va vaziyatga bog’liq fikrlash, gallyusinasiyasiz illyuziya va sezilarli affektiv buzilishlar kо'rinishida sog’lom ongda kechadi. Bular rashk, sudlashish va boshqa vasvasa g’oyalari bо’lishi mumkin.

Download 25.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling