3-amaliy mashg’ulot Mavzu: Tafakkur patologiyasi
Download 25.89 Kb.
|
3-mavzu
Saxnalashtirilgan vasvasa – о’rab turuvchi hamma voqealar, teatrdagidek maxsus ravishda uyushtirish kо’rinishida ifodalanadi, ya‘ni personal va Bemor bо’limda, aslida esa – maxsus xizmat xodimidek kiyinib olib, Bemor xulqi sahnalashtiriladi, u televidenie orqali namoyish etiladi.
О’xshash vasvasa (Kapgra vasvasasi) ijobiy va salbiyning mavjudligiga ishonchdan iborat, ya‘ni shaxsiyatning, о’xshashning yomon tomonlarini birlashtirishdir, bunda u uncha e‘tiborli bо’lmagan masofada bо’lishi mumkin, va Bemor bilan gallyusinator yoki simvolik konstruksiyalar yordamida bog’langan bо’lishi mumkin. Bu vasvasa varianti doirasida Fregoli simptomi ham uchraydi, u italyan komigi nomi bilan atalgan, u bir aktyorli teatrda hamma rollarni ijro etgan. Bu holatda bemorga, bir odamning о’zi grim yordamida tashqi qiyofasini о’zgartirib turli qiyofalarda namoyon bо’layotgandek kо’rinadi. Manixey vasvasasi – bemor, butun olam va о’zi yaxshilik va yomonlikning – xudo va shaytonning kurash arenasi, deb hisoblaydi. Bu tizm bir birini rad etuvchi psevdogallyusinasiyalar bilan tasdiqlanishi mumkin, ya‘ni ovozlar bilan, odamning ruhini egallash uchun ular bir biri bilan baxslashadilar. Dismorfoptik vasvasa yoki dismorfomaniya (dismorfofobiya) – bemor, kо’proq о’smir, shunga ishonganki, uning yuz formasi о’zgartirilgan, tana anomaliyasi mavjud (kо’proq oyoq, genitaliy), anomaliyalarni xirurgik davolashni talab etadi. Mukkasidan ketish vasvasasi – shundan iboratki, bunda bemor о’zini hayvonga aylanib qolgandek his etadi, masalan, bо’riga (likantropiya), ayiqqa (Lokis sindromi), qonxо’r yoki jonsiz narsaga. Vasvasaning hamma shakllari mifologik konstruksiyalari bilan о’xshashlikka ega (mifologemlar), ular arxiatik rivoyatlarda, epos, mif, afsonalarda, tush va fantaziya syujetlarida birlashadi. Masalan, mukkasidan ketish fikri kо’pincha xalqlarning folklyorida mavjuddir: qiz bola – Xitoyda boshqa tusga kirgan tulki, yosh yigit (vervulf) – britaniya xalqida bо’ri tusiga kirgan, qurbaqa – malika – rus folklorida. Kо’p uchraydigan vasvasa syujetlari va afsonalariga kiruvchi ta‘qiq va uning buzilishlari, kurash, g’alaba, kelib chiqish tarixidagi ta‘qib va qutulib qolish, ikkinchi tug’ilishda, shu jumladan, ajoyib, о’lim, taqdir. Bunga, ta‘sir etuvchi odam zararkunanda, tortiq qiluvchi, yordamchi sexrgar, jо’natuvchi va qahramon, shu jumladan yolg’ondakam kahramon rolini о’ynaydi. Shu jumladan vasvasa fikrlari о’z davrining turli voqealarini tasvirlashi mumkin, masalan, XX asrning 90-yillari boshida kо’pgina bemorlar о’zlarining vasvasa kechinmalariga Kashpirovskiy d-ra kо’shganlar, hozirgi vaqtda esa – voqealar, jahon moliya krizisi bilan bog’liq. Paranoid fikrlash shizofreniya, paranoid buzilishlar va indusir vasvasali buzilishlar xarakterli, shu jumladan organik vasvasali buzilishlar. Bolalarda vasvasaning ekvivalenti vasvasaga о’xshash fantaziyalar va yuqori qimmatli qо’rquv hisoblanadi. Vasvasaga о’xshash fantaziyalarda bola fantastik о’ylab topilgan olam haqida gapiradi, va u reallikni almashtirib haqiqatda mavjud ekanligiga ishonadi. Bu olamda sahiy va yovuz personallar, agressiya va sevgi mavjuddir. U ham, vasvasa singari tanqidga uyramaydi, ammo fantaziya singari juda о’zgaruvchan. Yuqori qiymatli qо’rquv bu mlarga nisbatan extiyotlikda ifodalanadi, ular о’z holicha bunday fobik komponentga ega emas. Masalan, bola xonadagi burchakdan, ota-onasining tana qismlaridan, isitish batareyasidan, fortochkadan qо’rqishi mumkin. Vasvasaning tо’liq kо’rinishi bolalarda 9 yoshdan sо’ng kо’proq uchrashi mumkin. Obsessiv fikrlash stereotip qaytariluvchi fikrlashlar, tasavvur etish, eslash, xarakat, qо’rquv, diniy marosimlar bilan xarakterlanadi, ular Bemor xohishidan tashqari, kо’pincha vahima fonida yuzaga keladi. Biroq, vasvasadan va yuqori qiymatli fikrdan farqli tо’liq tanqid mavjud. Miyadan chiqmaydigan fikrlar qaytariluvchi xotira, ikkilanishlarda ifodalanishi mumkin, masalan, eshitilgan musiqa, haqorat, bog’lanib qolgan ikkilanish va chiroq, gaz, dazmol, suv, eshikni yopilganligini qayta tekshirish. Miyadan chiqmaydigan mayl shu tariqa miyadan chiqmaydigan fikrlar bilan kechadi, ular impulsiv bajarilishi mumkin, masalan, miyadan chiqmaydigan о’g’rilik (kleptomaniya), о’t qо’yish (piromaniya), о’zini о’ldirish (suisidomaniya). Miyadan chiqmaydigan farklar fobiyaga olib kelishi mumkin, ya‘ni miyadan chiqmaydigan qо’rquv, masalan, odam bor joydan va ochiq joydan (agorafobiya) qо’rqish, yopiq fazo (klaustrofobiya), bulg’anish (shizofobiya), aniq kasallikni yuqtirish qо’rquvi (nozofobiya) va hattoki qо’rquvdagi qо’rqish (fobofobiya). Qо’rquvni engish turli diniy marosimlar bilan amalga oshiriladi. Download 25.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling