Reja: Hissiyot haqida tushuncha


Download 256 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi256 Kb.
#1615357
  1   2   3
Bog'liq
hissiyot



Mavzu: 
Hissiyot



Reja: 
1.Hissiyot haqida tushuncha.
2. Jeyms-Lange nazariyasi
3. Hissiyot shakllari.



Kishilar idrok qilayotgan narsalariga, bajarayotgan va o‘ylayotgan narsalariga 
befarq bo‘lmaydilar. Bir xil predmetlar, shaxslar, harakatlar, voqealar bizni 
quvontiradi, boshqalari xafa qiladi, yana boshqalari g‘azab, nafratimizni 
qo‘zg‘atadi. Biz xavf ostida qolganimizda qo‘rquvni his qilamiz, qiyinchiliklar- ni 
yengish zavq, shodlik uyg‘otadi. Har bir kishi mehnat qilar ekan, o‘z oldiga 
qo‘ygan maqsadiga erishish uchun intilar ekan ana shunday va boshqa 
kechinmalarni boshidan o‘tkazadi. 

Odamning o‘zi bilgan va bajarayotgan narsaga o‘z munosabati- ni boshdan 
kechirishi his-tuyg‘ular yoki emotsiyalar (lot. emo- vere — qozg‘atish, hayajonga 
solish) deyiladi. His-tuyg‘ularning manbai biz idrok qiladigan, ish ko‘radigan 
predmetlar va ho- disalarning xususiyatlari vujudga keltiradigan ehtiyojlar, inti- 
lishlar, istaklardir. Oddiy nutqda sezish, his qilish tushuncha- lari aralashtirib 
yuboriladi. Biz: «Men qo‘rquvni sezyapman», «Og‘riqni his qilyapman» deymiz, 
holbuki, «Qo‘rquvni his qilyapman», «Og‘riqni sezyapman» deyish to‘g‘riroq 
bo‘ladi. Sezgilar bizga narsa va hodisalarning xossalarini bildiradi, his- tuyg‘ular 
esa kishining ichki holatini, uning ana shu narsa va hodisaga munosabatini 
ahglatadi. His-tuyg‘ular barcha psixo- logik jarayonlar bilan mustahkam 
bog‘langan bo‘lib, ko‘pincha ular tomonidan keltirib chiqariladi va o‘z navbatida 
ularga ta’sir ko‘rsatadi. Sezgilarning o‘zi ham ko‘pincha kechinmalarimiz ostida 
o‘zgaradi. Kishi kayfiyatiga qarab ayni bir xil predmet- ni ba’zan turlicha idrok 
qiladi. Vaxshiy hayvonlar to‘g‘risidagi hikoyalardan qo‘rqib ketgan bola qorong‘ida 
shox-shabbani ham bo‘ri deb qabul qilishi mumkin, odatda kunduzi shu joy- dan 
o‘tayotganda hech qanday qo‘rquvni his qilmaydi. 



Emotsiyalar xotiralar bilan mustahkam bog‘langandir. Biz boshdan kechirgan, 
ya’ni muayyan his-tuyg‘u bilan idrok qilgan hamma narsa xotiramizda yaxshi 
saqlanadi, o‘tmish haqidagi xotiralar bizda biror his-tuyg‘u uyg‘otadi. Hissiy 
qo‘zg‘alishlar yurakda ham aks etadi. Shuning uchun ham qadimgi fay- 
lasuflar miyaning ba’zi funksiyalarini, ayniqsa hissiyot bilan bog‘liq 
bo‘lganlarini yurak bilan bog‘lashgan. 

Sezgi va idrokdan tortib to tafakkurgacha bo‘lgan barcha operatsiyalar hissiy 
o‘zgarishlar bilan kechadi. Inson tabiati shunday tuzilganki, u hissiy 
voqealarga ko‘proq ahamiyat beradi. Hissiyot haqidagi dastlabki nazariyalar 
XX asr boshlarida odam o‘z-o‘zini bayon etishiga asoslangan edi. O‘sha davr- 
da ikkita kashfiyotchi P. Jeyms va G. Lange nomi bilan atalgan nazariya keng 
ko‘lamda tarqalgan edi. Jeyms-Lange nazariyasi his-tuyg‘ularning paydo 
bo‘lishini quyidagi tarzda tushuntirib beradi. Atrof-muhitdagi hodisalar odam 
ruhiyatiga, u orqali esa vegetativ nerv sistemasiga ta’sir o‘tkazar ekan, 
organizmda muayyan o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Bu o‘zgarishlar odam 
tomonidan talqin qilinadi, aynan ana shu talqin hissiyotning o‘zi ekan. Bu 
jarayon quyidagicha ta’riflanadi. Avval odam tanasida qandaydir bir his paydo 
bo‘ladi, masalan, eti jimirlaydi, ko‘zi yosharadi, keyin esa qalbida qandaydir 
tuyg‘u paydo bo‘ladi. 



XX asr boshlanishida Jeyms-Lange nazariyasi juda ko‘p tanqidga uchragan bo‘lsada, 
lekin so‘nggi paytlarda bu nazari- yaga qiziqish paydo bo‘lib, bu nazariyaga yaqin 
turadigan hissiyot haqida yangi nazariyalar paydo bo‘ldi. Bu nazariyalarning paydo 
bo‘lishi ko‘p jihatdan individual psixologiyaning rivoj- lanishi bilan ham bog‘liq. 

Psixologiyada kuchli his-tuyg‘ular hisoblangan qo‘rquv, ha- yajon, tushkunlik, rashk 
odatiy ruhiy faoliyatni izdan chiqaradi. Bolalarda hislarning tashqi ifodasi juda ham 
yaqqol namoyon bo‘ladi. Katta odamlar o‘zlarining ayni chog‘dagi hissiyotlarini 
yashirishlari mumkin. Lekin bolalar, ko‘pincha, buning ud- dasidan chiqa olmaydilar. 

Psixik jarayonlar qatori hissiyotlar ham bolalarda juda er- ta boshlanadi. Birinchi 
bosqich — his-tuyg‘u va ehtiyojga qa- rab qoniqish-qoniqmaslik birga keladigan 
hisdir. Ikkinchi bosqich — ijtimoiy hislar: yoqtirish, o‘z-o‘zini yaxshi ko‘rish, 
xafagarchilik hissidir. Birmuncha kechroq (qariyb uch yoshdan boshlab) bolalarda 
estetik did hissi rosmana namoyon bo‘ladi. 

Bola «chiroyli-xunuk» degan narsalarga aqli yeta boshlaydi. Uchinchi bosqich — 
hissiyotning jadal, hattoki, zo‘r berib avj olishi, qo‘zg‘aluvchanlikning oshganligi va 
maktabgacha yosh- da beqaror bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Ayni paytda axloq- 
odob hissi rivojlana boshlaydi. So‘nggi bosqich — bolalarda maktab yoshida oliy 
hissiyotning rosmana rivojlanishi bilan xa- rakterlanadi. His-tuyg‘uni tarbiyalash 
katta ahamiyat kasb eta- di. U umuman tarbiyaning doimiy hamrohi bo‘lmog‘i 
lozim. 



Pedagog his-tuyg‘ularning ta’lim-tarbiyaviy ishdagi ahamiyatini esda 
tutishi lozim. Bolalarda kuchli ijobiy emotsiyalar uyg‘otadigan bilimlar 
bola beparvolik bilan qaraydigan ma’lumotlarga nisbatan tezroq va 
mustahkamroq o‘zlashtiriladi. Erishilgan muvaffaqiyatlar va yaxshi 
xulq-atvor uchun aytiladigan maqtovli gaplar odatda bolada yoqimli 
his-tuyg‘uni uyg‘otadi, rag‘batlantiruvchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. 
Ma’qullamaslik, tanbeh, jazolashlar odatda bolada yoqimsiz 
emotsional holatning vujudga kelishiga sabab bo‘ladi va bola bunday 
kechinmalarning takrorlanmasligi uchun harakat qiladi. 

Eng oddiy emotsiyalar asosida murakkab shartsiz reflekslar, miya 
po‘stlog‘i ostida ro‘y beradigan jarayonlar yotadi. Lekin miya 
po‘stlog‘i ostining faoliyati, miya katta yarimsharlari po‘stlog‘ining 
ishi bilan nazorat qilib turiladi. U I.P. Pavlovning so‘zlari bilan 
aytganda, «...badanda ro‘y beradigan hamma hodisalarni o‘z 
ixtiyorida ushlab turadi». Bunda II signallar sistemasi katta o‘rin 
egallaydi. Aynan so‘z, fikr, noma’qul hislarni vujudga keltiruvchi biror 
hodis aga ongli munosabatda bo‘lish, kishiga ularni yechgish uchun, 
umuman his-tuyg‘ularni boshqarish uchun kuch bag‘ishlaydi. 



Katta yarimsharlar po‘stlog‘idagi shartli reflekslarning muvaqqat 
aloqalari sistemasi murakkab his-tuyg‘ularning fiziologik asosidir. 

His-tuyg‘ularning paydo bo‘lishi uchun dinamik stereotiplar katta 
ahamiyatga ega. «Menimcha, odatdagi yashash sharoiti o‘zgarganga, 
odat bo‘lib qolgan mashg‘ulotlar to‘xtab qolganda, yaqin kishilardan 
judo bo‘lganda ko‘pincha kechiriladigan og‘ir his-tuyg‘ular, aynan eski 
dinamik stereotipning o‘zgarishida, buzilishida va yangi stereotipni 
vujudga keltirishning qiyinligida ma’lum darajada o‘zining fiziologik 
asosiga ega bo‘ladi». I.P. Pavlov: «To‘qnashuvlar, qo‘zg‘alish va 
tormozlanish jarayonlarining «turtkilari» yoqimsiz kechinmalarning 
sababchisi bo‘ladi. Agar men biror narsa bilan band bo‘lib turganimda, 
meni muayyan qo‘zg‘atuvchi jarayon yo‘lga solib turadi. Agar mana 
shu vaqtda menga «falon narsani qil!» desalar men o‘zimni noqulay 
seza- man. Bu meni band qilib turgan kuchli qo‘zg‘atuvchi jarayon- ni 
to‘xtatishim, so‘ngra boshqasiga o‘tishim kerak, degan gapdir. Injiq 
bolalar deb ataluvchi bolalar bu jihatdan klassik misol bo‘la oladi. Siz 
ularga biron narsa qilishni buyurasiz, ya’ni boladan bir qo‘zg‘atuvchi 
jarayonni to‘xtatib, boshqasini boshlashni talab qilasiz. Ahvol shu 
darajaga borib yetadiki bola o‘zini polga otib, oyoqlari bilan uni tepa 
boshlaydi va h.k.». 


Katta yarimsharlar po‘stlog‘i tomonidan 
nazorat qili- nadigan qo‘zg‘alishlar 
po‘stloq ostining, xususan ko‘rish 
bo‘rtmasi deb ataluvchi joyidan 
boshlanadi. Agar miya po‘stlog‘i 
tomonidan qilinadigan ana shu nazorat 
va tormozlanish zaiflashib qolsa, 
(kasallanish yoki boshqa sabab- larga 
ko‘ra) kishi har qanday sabablarga ko‘ra 
affekt ho- latiga keladi va o‘zini 
to‘xtatib qololmaydi. Sinpatik nerv 
sistemasi (ichki sekretsiya ishlarini 
boshqaradi) ham emot- siyalar uchun 
muh im ahamiyatga ega. Kuchli 
ta’sirlangan (qo‘rqqan, kuchli 
to‘lqinlangan, g‘azablangan) kishida 
buyrak usti bezlaridan alohida bir modda 
— adrenalin ajralib chiqadi. Uning 
ta’sirida qonga ko‘proq qand moddasi 
kela boshlay- di. Bularning hammasi 
qo‘zg‘alish vaqtida faol harakat qilish 
uchun zarur muskullar ishini 
kuchaytiradi. 
 


Hal etilmagan hissiy raqobatlar 
tomirlarning qisqarishiga va tana 
haroratining pasayishiga olib 
keladi, hissiyotlarning erkin 
namoyon bo‘lishi, ya’ni ijobiy 
his-tuyg‘ular, tomirlarning 
kengayishi bilan tavsiflanadi. 
Og‘riq turganda va qo‘rquvda 
ko‘z qorachig‘ining kengayishi 
simpatik asab sistemasining 
qo‘zg‘alishiga bog‘liqdir. «Tovuq 
terisi»ning paydo bo‘lishi, 
kutish, qo‘rquv, g‘azab paytida 
og‘iz qurishi ham shular 
jumlasidandir. 
 


Hissiyot shakllari 
His-tuyg‘ular ko‘pincha kishining xulq-atvoriga alohida 
bir hissiy ohang bag‘ishlaydi, ma’lum darajada davom 
etadigan, ancha mustahkam kechinmalarni vujudga 
keltiradi. Ba’zan his-tuyg‘ular birdaniga paydo bo‘lib, 
shiddatli va nisbatan tez o‘tadi. Ana shu uzoq davom 
etadigan yoki qizqa muddatli kechinmalar hissiy ho- 
latlar deb ataladi. Ular jumlasiga hissiy ton, (stenik va 
astenik holatlar), kayfiyatlar, affektlar, ehtiroslar, 
stressli holatlar kiradi. 




Download 256 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling