3-Amaliy mashg‘ulot Mavzu
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
3-Amal
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zaryad-razryad kontrollerlari
Rezerv tizimlar: 1 – quyosh paneli; 2 – invertor; 3 – AB; 4 – tarmoq; 5 – yuklam Tayanch konstruksiya Quyosh fotoelektrik tizimlari muhim qismi sifatida quyosh panellari uchun qo‘llab quvvatlovchi konstruksiya xizmat qiladi. U hamma tizim uchun zaruriy mustahkamlik va quyosh paneli uchun to‘g‘ri qiyalik burchagini ta’minlaydi. Quyosh paneli bilan tayanch konstruksiyaning birikuvi har xil shamol tezliklariga va boshqa atrof muhit ta’sirlariga bardoshli bo‘lishi kerak. Yirik fotoelektrik tizimlar uchun kichik nusxadan sanoat darajadagi nusxasigacha tayyorlanadigan konstruksiyalarning turli xillari mavjud. Bunday konstruksiya metalldan yoki sintetik materialldan tayyorlanadi. Fotoelektrik tizimlarni o‘rnatish vaqtidagi holatga qarab tayanch konstruksiyalarning turli xil turlari mavjud. Tarmoq bilan bog‘langan tizimlar uchun tayanch konstruksiyalarning yassi yoki tomda kichik burchak ostida, shuningdek uy fasadlari uchun turlari mavjud. Tarmoq bilan bog‘langan tizimlar bino konstruksiyasining elementi ham bo‘lishi mumkin (integratsiyalashgan quyosh tizimlari) Zaryad-razryad kontrollerlari Avtonom fotoelektrik tizimlarda zaryad-razryad kontrollerlari ortiqcha energiya sarfi bo‘lganda akkumulator batareyasini (AB) chuqur razryaddan himoya qilish va AB to‘liq zaryad holatida quyosh paneli elektr energiya generatsiya vaqtida AB ni qaytadan zaryadlanish holatidan asraydi. (3- Rasm). Zaryad-razryad kontrolleridan foydalanishda afzalliklaridan biri shuki, AB razryad holatida yuklamani darhol uzadi. Odatda fotoelektrik tizimlar zaryad-razryad kontrollerlari bilan ta’minlanadi. Shuning uchun yuklama hech qachon to‘g‘ridan to‘g‘ri AB ga ulanmaydi, bunda AB ishdan chiqishi mumkin. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling