3-amaliy mashg’ulot. Milliy metrologiya institutining vazifalari, laboratoriya va bo’limlari faoliyatini o’rganish. Nazariy ma’lumotlar


Statik o’lchash tarozilari va M1 klassdagi toshlarni metrologik tekshiruvdan o’tkazish laboratoriyasi


Download 149 Kb.
bet6/23
Sana05.01.2022
Hajmi149 Kb.
#204114
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
3-amaliy

Statik o’lchash tarozilari va M1 klassdagi toshlarni metrologik tekshiruvdan o’tkazish laboratoriyasi

Laboratoriya III va IV toifali namunaviy tarozilar va tarozi toshlari bilan jihozlangan. Mazkur laboratoriyada o’rta (III) va oddiy (IIII) aniqlik klassidagi sahnli, tibbiyot, savdo, pochta va boshqa turdagi tarozilar, shuningdek M1, M2 va M3 aniqlik klassidagi toshlar metrologik tekshiruvdan o’tkaziladi.

2015 yilda laboratoriyaga xalqaro talablarga mos keluvchi, jahonda etakchi o’rinda turuvchi SARTORIUS AG (Germaniya)da ishlab chiqarilgan zamonaviy CCT 2000K turidagi mass – komparator va uni yustirovka (CAL) qilishda qo’llaniladigan F2 aniqlik klassidagi etalon toshlar xarid qilindi. Natijada nominal o’lchash og’irligi 500 kg, 1000 kg va 2000 kg bo’lgan M1 etalon toshlarning metrologik tekshiruvi yo’lga qo’yildi

Ixtisoslashtirilgan transport vositalari tarozilarini qiyoslash ko’chma laboratoriyasi

Me’yoriy hujjatlar talablariga asosan avtotransport vositalarining vaznini o’lchashda qo’llaniladigan tarozilarni qiyoslashda etalon toshlarning og’irligi tarozi o’lchash chegarasining eng kamida 25 % ni tashkil qilishi belgilab qo’yilgan. Shunga ko’ra ishlab chiqarish korxonalaridagi 100 t gacha diapazonga ega bo’lgan tarozilarini metrologik tekshiruvdan o’tkazishda kamida 25 t etalon toshlar zarur bo’ladi

Markazda 2015 yil sentyabr oyidan Respublikada yagona bo’lgan KAMAZ avtomashinasi asosida ixtisoslashtirilgan ko’chma laboratoriya faoliyati yo’lga qo’yildi. Mazkur ko’chma laboratoriya nominal og’irligi 1000 kg bo’lgan 24 dona etalon toshlardan hamda 20 kg nominal og’irlikdagi 50 dona namunaviy toshlar bilan jihozlangan. Ushbu ko’chma laboratoriya tarozilarni o’rnatilgan joyida metrologik tekshiruvdan o’tkazish imkoniyatini beradi.

Hozirgi kunda bo’limning tarozi toshlarini tekshirish imkoniyati quyidagi jadvalda keltirilgan.



Download 149 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling