Induktivlik va sig’im, tok va kuchlanish transformatorlarini qiyoslash laboratoriyasi
Laboratoriya 0,2 ÷ 0,5 aniqlik klassidagi analog ampermetrlar, voltmetrlar, vattmetrlar va varmetrlarni o’lchash vositalarini 750(1000) V, 10 A gacha o’zgarmas va o’zgaruvchan tokda qiyoslash ishlarini amalga oshiradi.
I razryadli namunaviy kichik sig’im o’lchovlari va MS – 4002 namunaviy komparator yordamida 1.10 – 3 ÷ 10 pF diapazonda II va III razryadli KME – 11 kichik sig’im o’lchovlarini attestatlash va qiyoslash. 1.10 – 7 ÷ 1.10 – 2 pF sig’imni komparatsiya qilish, 1.10– 8 ÷ 1.10 – 2 yo’qotish burchagi tangensining chegaralari. Sig’im bo’yicha joiz asosiy xatolik chegaralari ±(0,005 ±1.10-4G’Snom. pF)% dan ko’p emas.
Shuningdek 10-3 dan 105 Ω gacha diapazondagi R310, R321, R331 namunaviy elektr qarshilik o’lchovlari, 1015 Ω gacha rezistorlar to’plami ham mavjud. UMIS uskunasida I razryadli elektr qarshilik o’lchovlari bilan qiyoslanadi. III razryadli 104 dan 109 Ω gacha diapazondagi yuqori omli elektr qarshilik o’lchovlari.
O’zgarmas va o’zgaruvchan tok, elektr va magnit kattaliklar kuchlanishini raqamli o’lchash vositalarini qiyoslash laboratoriyasi
Laboratoriya 0,001 dan boshlangan va undan past aniqlik klassidagi raqamli ampermetrlar, voltmetrlar, vattmetrlar, multimetrlar, kalibratorlar, ommetrlar, komparatorlarni o’lchash vositalarini 750(1000) V gacha, 10 A o’zgarmas va o’zgaruvchan tokda qiyoslash ishlarini amalga oshiradi.
Potentsiometrlar, qarshilik magazinlari va o’zgarmas tok ko’priklarini qiyoslash laboratoriyasi
III razryaddagi yuqori omli elektr qarshilik o’lchovlari 104 dan 109 Ω gacha diapazonda II razryaddagi elektr qarshilik o’lchovlari bilan U 401 uskunasida 0,005 aniqlik klassidagi H31 turdagi raqamli voltmetr yordamida qiyoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |