3-amaliy mashg’ulot. Milliy metrologiya institutining vazifalari, laboratoriya va bo’limlari faoliyatini o’rganish. Nazariy ma’lumotlar


bo’lim. Geometrik va mexanik kattaliklarni o’lchash ilmiy ishlab chiqarish bo’limi


Download 149 Kb.
bet11/23
Sana05.01.2022
Hajmi149 Kb.
#204114
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
Bog'liq
3-amaliy

06 bo’lim. Geometrik va mexanik kattaliklarni o’lchash ilmiy ishlab chiqarish bo’limi


O’lchashlar birliligini, ishonchliligini ta’minlash va fizik kattalik birliklarining o’lchamliligini yuqori aniqlikdagi o’lchash vositalaridan ishchi o’lchash vositalariga uzatish uchun  bo’limda namunaviy o’lchash vositalari mavjud.

Sanoatning jadal qayta qurilishi ro’y berayotganini hisobga olgan holda, import texnologiyalar sotib olinmoqda, zamonaviy korxonalar ochilmoqda, mahsulot ishlab chiqarishda o’lchashlar aniqligi, chiqarilayotgan mahsulot sifatiga bo’lgan talablar, uning raqobatbardoshligi, tashqi bozorga chiqish uchun kurash  ortib bormoqda. Hozirgi kunning o’zidayoq o’lchashlar aniqligini oshirish, ishlab chiqarishni ishchi o’lchash vositalari bilan ta’minlash uchun sanoat yuqori aniqlikdagi o’lchash vositalari bilan jihozlanyapti.

  Shu sababdan bo’lim import o’lchash vositalarini metrologik attestatlashni o’tkazib, korxonalarda ishlatiladigan me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda yordam ko’rsatyapti.

 Shuningdek Toshkent shahar va Toshkent viloyatining avtoyoqilg’i quyish shaxobchalaridagi xorijda chiqarilgan suyultirilgan gaz quyish kolonkalari, yoqilg’i tarqatish kolonkalari, kuch o’lchash mashinalari, gidravlik presslar uchun metrologik attestatlash dasturlarini ishlab chiqishda yordam ko’rsatyapti.

  Bo’lim “geometrik kattaliklarni o’lchash”, “mexanik kattaliklarni o’lchash” va “moddalarning sarf, hajm parametrlarini o’lchash” laboratoriyalaridan tashkil topgan.

 Geometrik  kattaliklarni o’lchash laboratoriyasi

Laboratoriya geometrik kattaliklarni o’lchash vositalarini qiyoslash bo’yicha ishlarni amalga oshirib, quyidagi yuqori aniqlikdagi o’lchash vositalari bilan jihozlangan: universal o’lchash instrumenti (shtangen instrument, mikrometrik instrument, richagli – tishli), shtrixli uzunlik o’lchovlari, burchak o’lchovlari, chegaraviy yassi – parallel uzunlik o’lchovlari, optika – mexanik asboblar. Geometrik  kattaliklarni o’lchash laboratoriyasi 2 – razryadli namunaviy chegaraviy uzunlik o’lchovlari, 2 – razryadli shtrixli o’lchovlar, 2 – razryadli namunaviy shkalalar, optika – mexanik o’lchash asboblari bilan jihozlangan bo’lib, bu 100 mm gacha uzunliklarni 0,0001mm aniqlik bilan o’lchashga imkon beradi.

  Laboratoriya berilgan dastur bo’yicha kattaliklarni o’lchash, raqamli hisob va raqamli bosib chiqarish imkoni bo’lgan yuqori aniqlikdagi asboblarga ega (namunaviy ekzamenator, «Mikrad» elektron  vaterpas, «DIP – 1» ikki koordinatali o’lchash asbobi).

100 mm gacha uzunlikni o’lchash vositalarining davlat qiyoslovini 0,02 µ dan 0,40 µ gacha o’lchash xatoligi bilan, 100 mm dan yuqori uzunlikni o’lchash vositalarini 0,11 µ dan 0,55 µ (mikron)gacha xatolik bilan amalga oshiradi.

  Shuningdek 2010 yildan boshlab laboratoriya ixtiyorida geodezik asboblarni (nivelirlar, teodolitlar, taxeometrlar va lazerli masofa o’lchagichlarni) qiyoslash uchun «AUPNT» avtokollimatsion uskunasi mavjud.

2016 yil 10 iyundan laboratoriya giodezik GPS tizimlarni kengaytirish, POLO gorizontal uzunlikni o’lchash etaloni va geodezik skanerlarga akkreditlandi.  


Download 149 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling