3-amaliy mashg’ulot. Milliy metrologiya institutining vazifalari, laboratoriya va bo’limlari faoliyatini o’rganish. Nazariy ma’lumotlar


bo’lim. Bosim va sarf kattaliklarini o’lchash ilmiy ishlab chiqarish bo’limi


Download 149 Kb.
bet15/23
Sana05.01.2022
Hajmi149 Kb.
#204114
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
Bog'liq
3-amaliy

08 bo’lim. Bosim va sarf kattaliklarini o’lchash ilmiy ishlab chiqarish bo’limi


Sarf o’lchash vositalarini qiyoslash laboratoriyasi

Yoqilg’i, issiqlik, suv etkazib beruvchilari va iste’molchilari o’rtasidagi o’zaro hisob-kitoblarning to’g’riligi faqat magistral neft va gaz quvur yo’llarida, neftni qayta ishlash zavodlarida, neft bazalarida, neft va gazni hisobga olish uzellarida, issiqlik va suv ta’minot tizimlarida gaz, suv, issiqlik, elektr energiyasi va neft mahsulotlari sarfini o’lchash vositalarining asosli va mustaqil metrologik ta’minoti sharoitida kafolatlanishi mumkin.

  Ishlar va xizmatlar:

 – suyuqlik sarfi va miqdorini o’lchash vositalarining (qiyoslash uskunalari, sarf o’lchagichlar, hisoblagichlar, sig’im o’lchovlari, hisobga olish tizimlari va uzellari) turini tasdiqlash maqsadida sinash;

– suyuqlik sarfi va miqdorini o’lchash vositalarini (qiyoslash uskunalari, sarf o’lchagichlar, hisoblagichlar, sig’im o’lchovlari, hisobga olish tizimlari va uzellari) qiyoslash va kalibrlash;

– suyuqlik sarfi va miqdorini o’lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash uslubiyatlarini ishlab chiqish;

– o’lchash vositalari va sinov asbob – uskunalarini metrologik attestatlash dasturlarini ishlab chiqish;

– suyuqlik va gazlarning hajmi va sarfini o’lchash tizimlarini ishlab chiqish va yaratish uchun texnik topshiriq va ishchi loyihalarning metrologik ekspertizasi;

korrektorlar, hisoblagichlar, kontrollerlar, shuningdek taqsimlangan ASU tizimlarining dasturiy ta’minotini attestatlash;

–standart, maxsus toraytiruvchi qurilmalar va gaz sarf o’lchagich hisoblagichlari yordamida o’lchashlar birliligini ta’minlash sohasida ilmiy – texnik faoliyatning amalga oshirilishi;

– texnik topshiriq va talablar, ishchi va texnik loyihalar, suyuqlik sarfi va miqdorini o’lchash uslubiyatlari (usullari)ning metrologik ekspertizasi.

 Bosim va vakuum o’lchash vositalarini qiyoslash laboratoriyasi

Manometrlar, vakuummetrlar, ko’rsatuvchi (jumladan shartli shkalali), o’zi yozar manovakuummetrlar hamda pnevmatik va elektr chiqish signallariga ega o’lchash bosim o’zgartirgichlari (jumladan raqamli kod ko’rinishida);

– Vakuummetrlar, manometrlar, yukporshenli manovakuummetrlar;

– Kalibratorlar, bosim beruvchilar (jumladan avtomatik);

– Bosim o’zgartirgichlari;

– Differentsial manometrlar, tortish kuchi o’lchagichlari, bosim o’lchagichlar, tortish kuchi-bosim o’lchagichlar.


Download 149 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling