Super I/O mikrosxemasi. Tizimli platadagi uchinchi asosiy mikrosxema bo’lib, asosan, kirituvchi-chiqaruvchi qurilmalarning ishlashini doimiy ravishda nazorat qilib turadi.
Quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topgan:
yumshoq, qattiq hamda kompakt disk diskovodlarining kontrollyorlari;
ketma-ket portlarning kontrollyorlari;
parallel portlarning kontrollyorlari;
klaviatura va «sichqoncha» portlari kontrollyorlari.
universal (USB) porti kontrollerlari.
Bunday mikrosxemalarga Intel kompaniyasi tizimli platalariga o’rnatilgan SMS (Standart Microsystems Corp.) kompaniyasining LP47V102 mikrosxemalari misol bo’la oladi.
BIOS moduli. BOIS moduli yoki boshqacha qilib aytganda doimiy xotira moduli har bir tizimli plata uchun o’ziga xos bo’lib, shu platadagi maxsus Socket ga o’rnatiladigan ikkinchi mikrosxemadir (birinchisi - prosessor).
Bu modul to’g’risidagi batafsil ma’lumotlar «Doimiy xotiralar» bo’limida keltirilgan.
Tezkor xotira modullarining razemlari (uyachalari). Bunday raz’yomlar Slot tipidagi razyomlar bњlib, 30, 72 va 168 kontaktli bo’lishi mumkin. Tizimli platada ularning soni to’rttadan oltitagacha bo’lib, SIMM, DIMM va RIMM, SRAM, DRAM, SDRAM, DDR tipidagi tezkor xotira modullarini o’rnatishga xizmat qiladi. Bunday xotira modullari to’g’risidagi batafsil ma’lumotlar
Do'stlaringiz bilan baham: |