3 - amaliy mashg’ulot: Ona plata bilan tanishish uning turini, imkoniyatlarini aniqlash
Darsning maqsadi: Talabalarga Ona plata bilan tanishish uning turini, imkoniyatlarini aniqlash haqida ko’proq tushuncha berish va ularda bilim,ko’nikmalar hosil qilish.
Tizimli platalar to’g’risida asosiy tushunchalar
Nomlanishi: Tizimli plata, ona plata, asosiy plata, bosh plata, sistemnaya plata, osnovnaya plata, glavnaya plata, materinskaya plata, system board, mother board, main board.
Vazifalari: Kompyuterning eng asosiy qurilmalaridan biri bo’lib, turli elektron qurilmalarni, mikrosxemalarni kompyuterga o’rnatishga, shu qurilmalarni maxsus aloqa kanallari orqali bitta tizim qilib bir-biri bilan bog’lashga hamda ularning bir-biri bilan moslikda faoliyat yuritishini nazorat qilib borishga xizmat qiluvchi moslamadir. Ya’ni, kompyuterning
qurilmalari bir oilaning farzandlari bo’lsa, tizimli plata ularni tarbiyalab, hol- ahvolidan xabardor bo’lib turuvchi, hamjihatlikda yashashini nazorat qilib turuvchi onasidir. Shuning uchun ham bu qurilma «ona plata (materinskaya plata)» deb ham ataladi.
Asosiy turlari: Zamonaviy tizimli platalar - o’zlarining fizik hamda texnik imkoniyatlari (parametrlari) hamda shu plata o’rnatilishi mumkin bo’lgan tizimli blok korpusining tipini bildiruvchi parametrlari - formfaktorlari (form factor) bilan bir-biridan farq qiladi. Tizimli platalarning formfaktorlari standart (ya’ni, o’zaro mos keluvchi) va standart bo’lmagan (ya’ni, faqat o’ziga xos) kabi turlarga bo’linadi.
Hozirgi paytda quyidagi standart formfaktorli tizimli platalar keng tarqalgan:
Baby – AT (eskirgan turi, hozirgi paytda ishlab chiqilmayapdi);
To’liq o’lchamli AT (eskirgan turi, hozirgi paytda ishlab chiqilmayapdi);
LPX (eskirgan turi, hozirgi paytda ishlab chiqilmayapdi);
ATX (zamonaviy turi);
Micro – ATX (zamonaviy turi);
Flex – ATX (zamonaviy turi);
NLX (zamonaviy turi);
WTX (keyingi yillarda ishlab chiqilmayapdi);
Standart bo’lmagan tizimli platalarga Compaq, Packard Bell, Hewlett – Packard kompaniyalarning mahsulotlari misol bo’la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |