3-Amaliy mashg’ulot.Pythonda istisno xolatlar bilan ishlash.
Istisnolar (Exceptions)
Ba'zan dastur ishlashi davomida istisno holatlar yuzaga kelishi mumkin. Misol uchun,
mavjud bo'lmagan faylni o'qishga bo'lgan harakat yoki dasturdagi no'malum
buyruqlar. Bunday holatlar exception'lar yordamida hal qilinadi.
Xatoliklar
Agar biz
print funksiyasini
Print shaklida chaqiradigan bo'lsak, python interpretatori
bizga sintaksis xatolikni ko'rsatadi.
>>> Print("Salom dunyo")
Traceback (most recent call last):
File "", line 1, in
NameError: name 'Print' is not defined
>>> print("Salom dunyo")
Salom dunyo
E'tibor bergan bo'lsangiz,
NameError xatoligi chiqarildi hamda
qayerda shu xatolik
qayd qilingani ham ko'rsatildi. Bu holda xatoliklarni qayta
ishlovchisi harakatga
tushadi.
Exception'lar
Foydalanuvchidan nimadir kiritishini so'raymiz, so'ngra
Ctrl + d tugmalarini bosamiz
va nima bo'lishini kuzatamiz.
>>> s = input("Nimadir kiriting –> ")
Nimadir kiriting –> Traceback (most recent call last):
File "", line 1, in
EOFError
Python
EOFError nomli xatolikni chiqardi. Bu xatolik kutilmagan joyda (
Ctrl +
dtugmalari yordamida kiritiladigan) fayl oxiri (end of file)
belgisi qayd qilinganini
bildiradi.
Exception – istisnolarni qayta ishlash
Exception'larni
try . . except operatori yordamida qayta ishlash mumkin. Bunda
hamma odatiy buyruqlar
try blokiga
joylashtiriladi, istisnolarni qayta ishlovchilari
esa
except blokiga joylashtiriladi.