3-Amaliy mashg’ulot Suzuvchilarga tayyorlov mashqlarini o‘rgatishning uslubiy asoslari


Suzish usullari bo‘yicha uslubiy kursatmalar


Download 26.08 Kb.
bet2/3
Sana10.03.2023
Hajmi26.08 Kb.
#1257915
1   2   3
Bog'liq
3-Amaliy mashgulot

4.2 Suzish usullari bo‘yicha uslubiy kursatmalar.

Suzish texnikasini o‘rganish deganda, suvda mashg‘ulotlar o‘tkazish bilan birga, suzuvchilarga o‘rganilayot­gan suzish usullari, suzish texnikasi variantlari, uning xarakterli xususiyatlari, elementlarini o‘rganishdagi izchillik, suzishning uyg‘o‘n usullarida ularning ahamiyati, har bir usulning tezlik imkoniyatlari va boshqa masalalar haqida nazariy ma’lumotlar berib borish ham nazarda tutiladi. Tusho‘ntirishlar vaqtida suzish usullarini, ayrim elementlarni va asosiy mashqlarni bajarib ko‘rsatish kerak. Agar bu ishga malakali suzuvchilar jalb qilinsa, yana ham yaxshi bo‘ladi. Suzish texnikasini namoyish etganda, harakatlarni bajarishdagi sikllik xarakteriga, oyoq-qul bilan harakat qilishning sifatiga, nafas olish tartibiga va ayniqsa, nafas olishning oyoq-qul harakatlari bilan mos kelishiga e’tibor berish zarur.


Suzishda sport usullari kuyidagi texnika sxemasi bo‘yicha o‘rganiladi:

  1. Harakat shakllari bilan quruqlikda tanishish.

  2. Suzish usulining elementlari va texnikasini suvda birgalikda o‘rganish.

  3. Suzish usullari va ularning elementlarini namo­yish etish.

  4. Suzish usullari texnikasi va ularning elementlarini nazariy jihatdan asoslash.

  5. Suzish usullari va uning elementlarini takomillashtirish.



Suvda suzishning har bir elementi, texnikasi quyidagi tartibda o‘rganiladi:
a) oyoqlar bilan harakat qilishni o‘rganish.
b) nafas olish texnikasini o‘rganish.
v) oyoqlar harakatini nafas olish bilan moslashtirishni o‘rganish.
g) qullar bilan harakat kilishni o‘rganish.
d) qullar harakatini nafas olish bilan moslashtirishni o‘rganish.
e) nafas olmay suzayotganda oyoq-qullar harakatini moslashtirishni o‘rganish.
yo) suzish usullarini umumiy tarzda o‘rganish.


Suzish texnikasi elementlari suvda qo‘yidagicha tar­tibda o‘rganiladi:
1. Biror narsaga tayanib yoki biror narsani ushlab turib (bort yonida yoki suv tubida oyoqni erga qo‘ygan holda) harakat qilishni o‘rganish.
2. Tayanch holatda bir joyda turib harakat qilishni va surilishni (sherik yordamida) o‘rganish.
3. Tayanchsiz holatda siljish harakatini o‘rganish.
4. Tayanchiqlar (taxta, doira va boshqalar)dan foydalanib harakat qoidalarini o‘rganish va takomillashtirish.

Download 26.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling