3-amaliy mashg’ulot Temir yo‘l stansiyalari texnikaviy boshqaruv aktida stansiya yo‘llari qaydnomasini tuzish “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ temir yo‘l stansiyalarining texnikaviy-boshqaruv dalolatnomasini tuzish bo‘yicha Yo‘riqnoma (keyinchalik matnda – Yo‘riqnoma) temir yo‘l stansiyalarining texnikaviy-boshqaruv dalolatnomasi (keyinchalik matnda – TBD) va uning ilovalarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibi, shuningdek ularning shakli va tuzilishi, ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, solishtirish, saqlash va tegishli xodimlarni tanishtirish tartibini belgilaydi. - “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ temir yo‘l stansiyalarining texnikaviy-boshqaruv dalolatnomasini tuzish bo‘yicha Yo‘riqnoma (keyinchalik matnda – Yo‘riqnoma) temir yo‘l stansiyalarining texnikaviy-boshqaruv dalolatnomasi (keyinchalik matnda – TBD) va uning ilovalarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibi, shuningdek ularning shakli va tuzilishi, ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, solishtirish, saqlash va tegishli xodimlarni tanishtirish tartibini belgilaydi.
TBD O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llaridan texnikaviy foydalanish qoidalarining 184 va 185-bandlariga muvofiq yo‘l rivojlanishiga ega bo‘lgan har bir ajratish punkti uchun ishlab chiqiladi. - TBD O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llaridan texnikaviy foydalanish qoidalarining 184 va 185-bandlariga muvofiq yo‘l rivojlanishiga ega bo‘lgan har bir ajratish punkti uchun ishlab chiqiladi.
- Alohida park yoki parklar tizimida poyezdlarni qabul qilish, jo‘natish va manyovr ishlarini bajarish amallari boshqa park yoki tizimga bog‘liq bo‘lmagan holda bajariladigan stansiyalar (toifasidan qat’i nazar) uchun bunday har bir park va tizimlarga alohida TBD ishlab chiqiladi.
- Ikki yoki undan ortiq stansiyani bitta stansiya boshlig‘ining yagona rahbarligiga biriktirilgan holatlarda, ushbu stansiyalarning har biri uchun alohida TBD ishlab chiqiladi.
TBD saralash, uchastka, yo‘lovchi, yuk va “O‘TY” AJ boshqaruv raisi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatga kiritilgan boshqa stansiyalar uchun DU-41 shakldagi uch nusxada tuziladi va ular stansiya boshlig‘i, “Mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasining (keyinchalik matnda – MTU) tashish va stansiya ishlari bo‘limi, Tashishlarni tashkil etish boshqarmasida saqlanadi. - TBD saralash, uchastka, yo‘lovchi, yuk va “O‘TY” AJ boshqaruv raisi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatga kiritilgan boshqa stansiyalar uchun DU-41 shakldagi uch nusxada tuziladi va ular stansiya boshlig‘i, “Mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasining (keyinchalik matnda – MTU) tashish va stansiya ishlari bo‘limi, Tashishlarni tashkil etish boshqarmasida saqlanadi.
- TBD oraliq stansiyalar uchun DU-41a shakldagi uch nusxada tuziladi va ular stansiya boshlig‘i, MTUning tashish va stansiya ishlari bo‘limi, Tashishlarni tashkil etish boshqarmasida saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |