Masalaning sharti: Berilgan (d, m, n) o‘lchamlarga asosan bolt, gayka, shaybalarni alohida, hamda biriktirilgan holatlarda A3 formatda chizilsin


Download 0.62 Mb.
bet1/2
Sana02.01.2022
Hajmi0.62 Mb.
#191516
  1   2
Bog'liq
15 мавзу амалий машгулот (1)


3-MAVZU: GOST-2.305-81. Ajraladigan birikmalar. Biriktirish detallari.

Boltli birikma.

Masalaning sharti: Berilgan (d, m, n) o‘lchamlarga asosan bolt, gayka, shaybalarni alohida, hamda biriktirilgan holatlarda A3 formatda chizilsin.


Bolt uchun keitirilgan qiymat formulalari

d

Rezba tashqi Ø

H =0,8d

Gayka balandligi

d1 =0,85d

Rezba ichki Ø

h =0,7d

Bolt kallagi balandligi

d2 =1,1d

Teshik Ø

k =0,3d

Boltning gaykadan chiqib

turuvchi qismi



D =2d

Kallak va gayka Ø

R =1,5d

Kallakdagi katta yoy radiusi

Dsh =2,2d

Shayba Ø

R1 =1d

Kallakdagi o‘rtacha yoy radiusi

Ssh=0,15d

Shayba qalinligi

r

Yasash yo‘li bilan topiladi

c =0,13d

Faska balandligi

L=m+n+Ssh+H+k

Bolt uzunligi

l =2d+6

Rezba uzunligi








Masalani yechish algoritmi:

1. Variantdagi d ning qiymatini formulalarga qo‘yib hisoblaymiz va kerakli o‘lchamlarga ega bo‘lamiz.

2. O‘q chiziqlarni o‘tkazamiz va gabarit o‘lchamlarga asoslanib chizmani joylashtiramiz.

3. Yuqoridan korinish joylashadigan joy, o‘qlar kesishayotgan nuqtani markaz qilib d diametrli aylana chizamiz.

4. Aylana diametrini radius sifatida qabul qilib ikkinchi aylanani chizamiz. Bu muntazam 6 yoqli prizmatik kallak uchun tashqi chizilgan aylanadir.

5. Ikkinchi aylana radiusidan foydalanib uni 6 ga bo‘lamiz va kallakning yuqoridan ko‘rinishini hosil qilamiz.

6. d1=0,85d formuladan foydalanib rezbaning ichki diametrini chizamiz. E’tibor beringki u aylananing taxminan ¾ qismi qadar bo‘lib, ingichka chiziq bilan chiziladi va o‘qlarni to‘rt nuqtada kesib o‘tgani ma’qul.

7. Bosh ko‘rinishni uning kallagidan boshlaymiz. Balandligi h=0,7d ni o‘lchab qo‘yamiz va proeksion bog‘lanish bilan 6 yoqli prizmaning bosh ko‘rinishini keltirib chiqaramiz.

8. Yuqoridan ko‘rinishda prizmaga ichki urinma holatidagi aylana chizib, A va B nuqtalarni topamiz.

9. A va B nuqtalarning bosh ko‘rinishdagi vaziyatlarini belgilaymiz va shu nuqtalardan 30˚ burchak ostida chiziq chiqaramiz.

10. Bosh ko‘rinishdagi kallak asosidan MN = R=1,5d masofada O nuqtani belgilaymiz va uni markaz qilib R radiusli yoy chizamiz. Shu yoy yordamida E, F nuqtalarni topamiz va tutashtiramiz.

11. EL va KF kesmalarni teng ikkiga bo‘lish bilan r radiusli yoylarning markazlarini topamiz.(Chizmada tegishli kesmalarni ikkiga bo‘lishning,


7-chizma


to‘rtburchak diagonalidan foydalanish va sirkul yordamida topish usullari ko‘rsatilgan).

12. Topilgan O1 nuqtani markaz qilib prizma pastki asosi va 30˚ li faska chizig‘iga urinma holatidagi yoyni o‘tkazamiz.

13. Kallak ustiga bolt uzunligi L ni qo‘yamiz.

14. Sterjen uchidan kallak tomonga c va l masofalarni o‘lchaymiz. Bu o‘qqa perpendikular qilib chiziqlar o‘tkazamiz. Faska qalinligini beruvchi chiziq sterjen konturi bilan kesishgan joylardan 45˚ burchak ostida kesmalar chiqaramiz.

15. Proeksion bog‘liqlikda rezbaning bosh ko‘rinishini topamiz. Chizma to‘g‘ri bajarilganda bolt uchining ko‘rinishi kattalashtirib ko‘rsatilgan tasvirdek bo‘ladi (К).

16. Chizma chiziqlarini standartga muvofiq qalinlashtirib chiqamiz.



17. Konstruktiv o‘lchamlarni qo‘yib chiqamiz. 7-chizma.

Eslsatma: o‘quv chizmalarida yasash chiziqlari qoldiriladi.

Gayka chizmasi bolt kallagi singari bajariladi 8-chizma. Farqi ularning balandligi, rezbaning ichki ekanligi va yuqoridan ko‘rinishda muntazam olti burchakka ichki urinma qilib chizilgan aylananing borligida.

3-jadvalda boltli birikma uchun o‘lchamlar va variantlar keltirilgan.

9- chizmada vazifani bajarish

namunasi ko‘rsatilgan.



8-chizma



Boltli birikma mavzusiga variantlar 3-jadval





Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling