3-amaliy mashg‘ulot. Xorijiy va milliy sertifikatlashtirish tizimlari tamoyillari (2 soat)


Download 141.04 Kb.
bet1/8
Sana18.06.2023
Hajmi141.04 Kb.
#1576302
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-amaliy mashg\'ulot

3-AMALIY MASHG‘ULOT. XORIJIY VA MILLIY SERTIFIKATLASHTIRISH TIZIMLARI TAMOYILLARI (2 soat)


Reja:
1. Milliy sertifikatlashtirish tizimi.
2. Xalqaro sertifikatlashtirish tizimlari.


Milliy sertifikatlashtirish tizimi.
O‘zbekiston “Texnik jihatdan tartibga solish” agentligi O‘zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish bo‘yicha milliy organi bo‘lib, amaldagi qonunchilikka binoan quyidagi faoliyatlarni bajaradi:

  • sertifikatlashtirish sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi, sertifikatlashtirish o‘tkazish yuzasidan umumiy qoidalarni belgilaydi, ular to‘g‘risida rasmiy axborotlar e’lon qilib boradi;

  • sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish dasturlarining loyihalarini ishlab chiqadi hamda ularni hukumat muhokamasiga taqdim etadi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda sertifikatlashtirishning xalqaro tizimlariga qo‘shilish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi, shuningdek sertifikatlashtirish natijalarini o‘zaro e’tirof etish to‘g‘risida bitimlar tuzadi, sertifikatlashtirish masalalari bo‘yicha boshqa davlatlar bilan o‘zaro munosabatlarda va xalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi nomidan ish ko‘radi;

  • majburiy ravishda sertifikatlanadigan mahsulotlarning ro‘yxatini belgilaydi va uni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdig‘iga kiritadi;

  • sertifikatlashtirilgan mahsulotlarning, attestatsiyadan o‘tkazilgan sifat bo‘yicha ekspert-auditorlarning davlat reyestrlarini yuritadi;

  • majburiy sertifikatlashtirish talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;

  • sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi qonunchilik normalari buzilganligi uchun muvofiqlik sertifikatlarining va muvofiqlik belgilarining amal qilishini to‘xtatib turadi hamda ularni bekor qiladi.

  • “Texnik jihatdan tartibga solish” agentligining sertifikatlashtirish sohasidagi faoliyatini moliyaviy ta’minlash manbai — O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘i, shuningdek “Texnik jihatdan tartibga solish” agentligi ko‘rsatayotgan xizmat uchun olinadigan haqdan iborat.

Respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini va eksporti hajmlarini oshirish, ularning xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqarilishini ta’minlash hamda mavjud sinov va kalibrlash laboratoriyalarini modernizatsiya qilish, shuningdek aholiga sifatli va xavfsiz mahsulotlarni yetkazib berish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Muvofiqlikni baholash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish, idoralararo va innovatsion sinov va kalibrlash laboratoriyalari kompleksini rivojlantirish, sohaga xususiy investitsiyalarni keng jalb etish va mahalliy mahsulotlarni xalqaro standartlarga muvofiq baholash orqali savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish maqsadida “O‘zbekiston respublikasida muvofiqlikni baholash tizimini yanada takomillashtirish va sinov laboratoriyalari kompleksini rivojlantirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori qabul qilingan bo‘lib, qarorda:
1. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda “Texnik jihatdan tartibga solish” agentligining:
“Texnik jihatdan tartibga solish” agentligining “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasini 2020-yil 1-yanvardan “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat korxonasiga (keyingi o‘rinlarda — “UzTest” davlat korxonasi) aylantirish hamda uning muassisi etib Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot institutini belgilash;
“Texnik jihatdan tartibga solish” agentligining “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi vorisi etib “UzTest” davlat korxonasini belgilash;
2019-2020-yillarda Toshkent shahrida xalqaro tashkilotlarning (ISO, IEC, UNECE, EN, CODEX STAN) standartlari, talab va me’yorlariga muvofiq oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, elektrotexnika, yengil sanoat, mashinasozlik, qurilish, polimer va kimyo sanoati mahsulotlari hamda yuqori texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning sinovlarini to‘liq amalga oshiradigan zamonaviy sinov va nazorat laboratoriyalaridan iborat “UzTest” davlat korxonasining sinov va nazorat kompleksini tashkil etish kabi sohaga aloqador vazifalar belgilangan.

Download 141.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling