3-amaliy mashg‘ulot. Xorijiy va milliy sertifikatlashtirish tizimlari tamoyillari (2 soat)


X alqaro elektrotexnika komissiyasi


Download 141.04 Kb.
bet3/8
Sana18.06.2023
Hajmi141.04 Kb.
#1576302
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-amaliy mashg\'ulot

X alqaro elektrotexnika komissiyasi - (МЭК) ISO tashkilotidan farqli ravishda xalqaro sertifikatlashtirish tizimi va standartlarni ishlab chiqishda hamda mahsulot muvofiqligini sertifikatlashtirish va sinashda me’yoriy bazasining xavfsizlik qismlari bo‘yicha uslubiy muammolar bilan shug‘ullanadi.
Elektrotexnika sohasidagi xalqaro hamkorlik bo‘yicha ishlar 1881 yildan boshlangan, chunki bu yili elektr bo‘yicha birinchi Xalqaro kongress bo‘lib o‘tgan edi. Keyinroq 1906 yili Londonda 13 mamlakat vakillarining konferensiyasida maxsus idora - xalqaro elektrotexnika komissiyasi tuzish to‘g‘risida bir fikrga kelindi. Bu idora elektr mashinalari sohasi bo‘yicha atamalar va parametrlarni standartlashtirish masalalari bilan shug‘ullana boshladi.
МЭК nizomiga ko‘ra, bu tashkilotning maqsadlari elektrotexnika va radiotexnika va ularga qo‘shni tarmoqlardagi muammolar sohalaridagi standartlashtirish masalalarini xal qilishdir.
ISO va МЭК faoliyatlari bo‘yicha farqlanadi, МЭК elektrotexnika, elektronika, radioaloqa, asbobsozlik sohalari bo‘yicha shug‘ullansa, ISO esa qolgan boshqa hamma sohalar bo‘yicha standartlashtirish bilan shug‘ullanadi.
Hozirgi vaqtda 41-ta milliy qo‘mitalar МЭКning a’zolari hisoblanadi. Bu mamlakatlarda yer qurrasining 80% aholisi yashab, 95% dunyodagi ishlab chiqarilayotgan elektr quvvatining iste’molchisi hisoblanadi. Bu asosan sanoati rivojlangan hamda rivojlanayotgan mamlakatlardir. МЭК ingliz, fransuz va rus tillarida ish olib boradi.
МЭКning Oliy rahbar idorasi МЭК kengashidir, u yerda mamlakatlarning hamma milliy qo‘mitalari taqdim etilgan. Unda eng yuqori lavozim prezident bo‘lib, u har 3 yil muddatda saylanadi. Bundan tashqari vitse-prezident, g‘azinachi, bosh sekretar lavozimlari ham bor. МЭК har yili bir marta o‘z kengashiga yig‘iladi va o‘z faoliyati doirasidagi masalalarni hal qiladi. Uning tashkiliy tuzilmasi 13-rasmda keltirilgan.
1972 yilga qadar МЭК va ISO lar tomonidan yaratilayotgan hujjatlar tavsiya sifatida faolèÿò ko‘rsatar edi. 1972 yili esa МЭК, ISO larning tavsiyalari xalqaro standartlarga aylantirilishi haqida qaror qabul qilindi.
BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi o‘zaro tan olish to‘g‘risida ko‘p tomonlama kelishish va ikki tomonlama faoliyatga yo‘naltirilgan "Sinov natijalarini tan olish" tavsiyasini qabul qildi. Ushbu hujjat sinov laboratoriyalarini akkreditlash amaliyotini takomillashtirishda ijobiy o‘rin tutadi.

Sifat bo‘yicha Yevropa tashkiloti /YeOK/ vazifalari


Sifatni nazorat qilish Yevropa tashkiloti YeOKK birinchi konferensiyasi chaqirilgan yili - 1957 yilda tashkil topdi. Biroz keyinroq uni nizomi ham tasdiqlandi.
YeOKK ning har yili konferensiya o‘tkazishdan asosiy maqsadi mahsulot sifatini boshqarish bo‘yicha tajriba almashinish, sifatning nazariy va amaliy masalalarini xal qilish, bu sohadagi so‘nggi yutuqlarni targ‘ibot qilish, sifatning dolzarb muammolari bo‘yicha fikr almashinish, yangi muammolarni izlab topish va sifatga taaluqli ko‘pgina boshqa masalalarni ko‘rib chiqishdir.
1992 yili Yevropa iqtisodiy uyushmasi (YeES) doirasida umum Yevropa bozori tashkil qilinishi bilan YeOKK ning rahbariy hujjatlari qaytadan ko‘rib chiqilgan.
U 1998 yilning 1 iyulidan boshlab o‘z nizomini o‘zgartirib, hozirda sifat bo‘yicha Yevropa tashkiloti (YeOKK) deb ataladi.
Sifat bo‘yicha Yevropa tashkilotining hozirgi vaqtdagi asos buluvchi xujatlari YeOKK – ning nizomi ish tartibi qoidalari, qo‘mita va seksiyalari uchun qoidalar hamda besh yilga mo‘ljallangan asosiy masalalar bo‘yicha yo‘nalish rejalari mavjuddir.
YeOK tarkibida 26 - ta to‘liq huquqli a’zolari, 12 – ta jamoa muxbir a’zolari hamda 37 – ta alohida muxbir a’zolari va 10 - ta faxriy a’zolari bor. Qardosh tashkilotlarning 11 - tasi bilan bitimlariga egadir.
YeOK maxsus bitimlari asosida sifat bo‘yicha Argentina, Braziliya, Isroil, Kolumbiya, XXR, yangi Zelandiya, AKSh, Chili, Janubiy Koreya va Yaponiyalarning mintakaviy, milliy va kasaba uyushmalari bilan hamdustlik aloqalari o‘rganilgan.
YeOK ning oliy lavozim egasi, uning prezidenti bo‘lib, u har ikki yilda saylanadi. Asosiy ma’muriy idoralari - kengash, ijroiya qo‘mitasi va sekretariatdir.
YeOK ning ish yuritish rasmiy tillari ingliz va fransuz tillaridir. Bu tashkilot o‘zining ilmiy - texnikaviy jurnali Kvolitiga ega, jurnal yiliga 4 marta chop etiladi.
Hozirgi vaqtda YeOK ning 12 ta texnikaviy qo‘mitalari mavjud bo‘lib, ular ishonchlilik, statistik usullar, atamalar, iste’mol masalalari bo‘yicha standartlashtirish, sifatni boshqarish, kadrlar tayyorlash, funksional – baholashni taxlil qilish, sifat sohasida siyosat olib borish, sertifikatlashtirish va sifat tizimlarining nazorati, EHM ning matematik ta’minlanishida sifat, sifat to‘garaklari, mahsulot sifatini metrologik ta’minoti bilan shug‘ullanadi. Undan tashqari 7 ta turli seksiyalari mavdjuddir. Bular quyidagilar:

  • Avtomobil

  • Energetika

  • Qurilish

  • Oziq-ovqat

  • Farmasevtika

  • Sifat masalalari bo‘yicha maslaxatlar ko‘rsatish.

Texnikaviy qo‘mitalar va tarmoq seksiyalari YeOK ning to‘liq huquqli vakillaridan tashkil topadi. Ular o‘z navbatida YeOK ning a’zo mamlakatining milliy tajribalariga suyanadi va xalqaro miqyosda mahsulotning sifatini ta’minlaydigan tashkilotlarning hujatlaridan foydalanadi.
Sinov laboratoriyalarini akkreditlash bo‘yicha Xalqaro konferensiya - (ILAK) 1977 yil (Kopengagen, Daniya)da birinchi bo‘lib tashkil etilgan.
Konferensiyani ish olib borishidan maqsadi savdoda texnik to‘siqlarni sinov laboratoriyalarini akkreditlash yo‘li bilan xalqaro darajadagi tamoyillar va usullarni, sinov natijalarini o‘zaro ishonchliligini o‘rnatish asosiy yo‘nilishdir.
ILAK o‘zining faoliyati darajasida xalqaro kelishuvni ikki turini ko‘zda tutadi:

    • akkreditlanmagan laboratoriya sinov sertifikatlari, bayonnomalarni o‘zaro tan olish bo‘yicha kelishish;

    • milliy tizim akkreditlagan sinov laboratoriyalarini o‘zaro tan olish bo‘yicha kelishish (sertifikatlarni va ulardan foydalanish imkoniyati mavjudligi).

O‘tgan asrning 90-yillarining o‘rtalarida Yevropa Ittifoqida (YeS) ishlab chiqariladigan va sotiladigan mahsulotlar sifati bo‘yicha yangi siyosat qabul qilindi.
ISO va МЭК ishlab chiqqan xalqaro qoidalariga asosan laboratoriyalarini akkreditlashdan maqsad sinov laboratoriyalarini aniq sinovlar yoki aniq tur sinovlari (ISO/МЭК Rukovodstvo 2.86) o‘tkazishga huquq berishdan iborat.
Akkreditlangan sinovlar tushunchasi mahsulotni sertifikatlashtirish faoliyati bilan chambarchas bog‘langandir.
ILAK (Internationai Laboratory Accreditation Conference) birinchi marta 1977 yili Kopengagen (Daniya) da chakirilgan. ILAK ning yaratilishidan milliy tizimlarini o‘zaro tan olish bilan amaldagi va xalqaro bitimlardagi ma’lumotlarni, mahsulotni sinash natijalarini va boshqa mahsulot sifati haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirishga harakat qilish.
1980 yilda chakirilgan ILAK ning konferensiyasida milliy tizimlarining akkreditlangan laboratoriyalarini o‘zaro tan olish bo‘yicha amaldagi ikki va ko‘p tomonlama bitimlar haqida ma’ruza tayyorlashga qaror qabul qilindi.
Ish jarayonida ikki xil xalqaro bitimlar borligi namoyon bo‘ldi:

  1. Laboratoriyalarni akkreditlamasdan sinov natijalarini va sertifikat bayonnomalarini o‘zaro tan olish bitimi;

  2. Sinov laboratoriyalarining akkreditlash milliy tizimlarini o‘zaro tan olish bitimi (tan olishni sertifikatga yozish bilan).

Shu masalalar bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan va ularning natijalariga ko‘ra shunday bitimlar zarurligi qayd qilindi.
Laboratoriyalarning akkreditlash masalalari hozirgi kunda aktual bo‘lib, ular bilan bog‘liq bo‘lgan materiallarni sistemali ravishda chop etilish zarurati tugildi. Shu masalalarda har doim ILAK o‘z materiallarining chop etilishini «Metrologiya» jurnali tahririyati bilan hamkorlikda amalda oshirilishiga qaror qildi.
1983 yili ILAK tashabbusi bilan sinov laboratoriyalari uchun sifat bo‘yicha qo‘llanma tuzishga tavsiyaviy loyiha tayyorlandi, 1986 yili esa bunday tavsiya qabul qilindi. ISO va МЭК lar tomonidan qayta ishlangan bu hujjat ISO - МЭК 49 qo‘llanmasi nomi bilan ma’lumdir.
ILAK tomonidan ishlab chiqarilgan xalqaro hujjatlar mahsulotni chetga chiqaradigan va chetdan mol olib keladigan mamlakatlardagi savdo – iqtisodiy siyosatiga katta ta’sir o‘tkazmoqda. Bunga misol tariqasida YeES mamlakatlari tomonidan 1989 yili qabul qilingan akkreditlanuvchi laboratoriyalarga talablar asosini belgilovchi akkreditlar va sertifikatlashtirish idoralari uchun zarur Yevropa EN – 45000 standartini ko‘rsatish mumkin.





Download 141.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling