3-amaliy mashg’ulot yo’l belgilarini o’rnatish. Turli XIL harakat sharoitida yo’l belgilarini ishlatilishi. Ishdan maqsad
Download 0.67 Mb.
|
3- amaliy mashg\'ulot
Ko’tarilish va tushish joylarida yo’l belgilarini ishlatish. Tushish joylarida xavfsizlik nuqtai nazaridan cheklangan tezlik oshishi xavfi paydo bo’ladi, ko’tarilishi joylarida esa transport oqimi ajralgani, quvib o’tishlar ko’paygani uchun, ko’rinish cheklangan sharoitda, YTH bo’lishi ehtimoli ko’payadi. Balandlikka ko’tarilish (yoki tushish) uzunligi GOST 23457 me’yorlaridan oshganda shunday bo’ladi (5.1 va 5.2-jadvallar). Haydovchini ogohlantirish uchun bunday yo’llar oldiga 1.13 yoki 1.14 belgilar qo’yiladi.
Ikki polosali yo’llarda, agar ko’tarilish uzunligi 3.7-jadvalda ko’rsatilganidan ko’p bo’lsa, ko’tarilish tomonga qo’shimcha polosa bo’lmasa, yuk avtomobillarining quvib o’tishini ta’qiqlash to’g’ri bo’ladi. Ko’rinish cheklangan joylarda esa hamma transport vositalarining quvib o’tishi ta’qiqlanadi. Buning uchun 3.22 yoki 3.21 belgilar qo’yiladi, yo’lga chiziq tortiladi. Belgining amal qiladigan zonasi bo’ladi, shuning uchun ular 7.2.1 lavha bilan qo’yiladi yoki zonaning oxiriga 3.23 yoki 3.21 belgi o’rnatiladi. Ko’tarilgan tomonga polosa qo’shilgan bo’lsa polosa boshlanadigan joyga 5.8.3 belgi qo’yiladi, tugashidan 50 m oldin esa 5.8.5 belgi o’rnatiladi. Uch polosali yo’llarda ko’pincha ko’tarilish tomonga ikkita polosa beriladi. Bunday yo’lning boshlanishiga 5.8.7 belgisi qo’yiladi. Ikkala holda ham yuk avtomoshinalari yon polosaga o’tmasligi uchun 5.8.3 va 5.8.7 belgilarga 4.7 yoki 3.4 belgilar bilan eng kam tezlikni cheklaydigan yoki yuk avtomobili harakatini ta’qiqlaydigan belgi qo’yish mumkin. 5.1-jadval
5.2-jadval
1.13 belgi qo’yilgan ikki va uch polosali yo’llarda sekin yurib ko’tarilayotgan transport vositalarini quvib o’tish imkoniyati bo’lishi uchun chiziq o’tkazilib harakat uchun faqat bitta polosa ajratiladi. CHiziq bilan belgilangan harakat tartibini mustahkamlash uchun tushish joyi oldidan 7.2.1 lavhasi qo’yilgan, quvib o’tishni ta’qiqaydigan 3.20 belgi o’rnatiladi. Tikligi bilan uzunligi harakat tartibini keskin o’zgartirmaydigan ikki polosasi yo’llar ko’tarilgan va tushgan joylarning faqat ko’rish cheklangan qismidagina quvib o’tishni ta’qiqlash kerak. Tik tushish joylarida yo’ldan chiqib ketadigan transport vositalarini ushlaydigan cho’ntak qurilganda ularga kirish joyi oldida 5.19.1 «Berk yo’l» belgisi bilan «Avariyada to’xatish yo’li» deb yozilgan lavha biriktirib qo’yiladi. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling