3-amaliy mashg`uloti: Avtomatlashtirishda qo‘llaniladigan asosiy
fizik qurilmalar va sensorlar bilan tanishuv.
Ishdan maqsad: amaliy mashg’ulotda axborot texnologiyalari bilan
jihozlangan auditoriyada har bir akademik guruhda alohida o’tiladi.
Mashg’ulotlar faol va interfaol usullar dialogik yondashuv, muammoli ta’lim,
aqliy xujum, yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalar qo’llaniladi.
Talabalarga avtomatlashtirishda qo‘llaniladigan asosiy fizik qurilmalar va
sensorlar bilan tanishuv xaqida umumiy tushuncha beriladi va bilim ko’nikma
hosil qilish.
Quyida ba`zi fizik qurilmalar tavsifini keltiramiz.
Elektr qarshiliklari (rezistorlar) – elektr zanjiri orqali o`tayotgan tok
oqimiga qarshilik ko`rsatuvchi qurilma. Ularning qarshilik ko`rsatish darajasi
Om birligi bilan o`lchanadi.
Avtomatlashtirishda ushbu qurilmalar kuchli signallarni pasaytirish,
radiodetallarni quyib qolishdan asrash, ba`zan sensorlardan kelayotgan
kuchsiz signallarni kuchaytirish maqsadlarida qo`llaniladi.
Qarshiliklar, odatda, elektr energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirib,
tashqi muhitga tarqatib yuborish prinsipi bo`yicha ishlaydi. Ular rangli
markirovka chiziqlari bilan tasvirlangan ko`rinishda ishlab chiqariladi (3.1-
rasmga qarang).
3.1-rasm. Rangli markirovkali elektr qarshiliklari.
Elektrik sxemalarda ular to`g`ri to`rtburchak shaklida tasvirlanib,
ichiga ularning nominallari ko`rsatilib qo`yilishi mumkin (3.2-rasmga qarang).
3.2-rasm. Qarshiliklarning elektrosxemalarda tasvirlanishi.
a) – doimiy nominalli, b) – o`zgaruvchi nominalli qarshiliklar.
Kondensatorlar – elektr zaryadlarini o`zida to`plashga mo`ljallangan
fizik qurilmalardir. Ular elektr o`tkazuvchi hisoblangan parallel plastinkalar
orasi dielektrik bilan to`silib, plastinkalarga qarama-qarshi zaryadlar
berilganda zaryad to`plash xususiyatiga ega (3.3-rasmga qarang).
3.3-rasm. Kondensator tuzilishi.
Avtomatlashtirishda kondensatorlar elektr ta`minotidagi tebranishlar,
qisqa vaqtli uzilishlar va kuchlanishlardagi sakrashlarni silliqlash uchun
ishlatidali.
Kondensatorlar sig`imi Farada (F) bilan o`lchanadi. Lekin u juda katta
sig`im bo`lib, amaliyotda xattoki 1 faradalik kondensatorlar ham uchramaydi.
Odatdagi kondensatorlar mikrofarada, nanofarada, pikofarada sig`imlariga
ega bo`ladi.
Topshiriq: Avtomatlashtirishda qo‘llaniladigan asosiy fizik qurilmalar va
sensorlar bilan tanishuv.
Do'stlaringiz bilan baham: |