3-Amaliy mashg’uloti. Ma’lumot bazasi modellari va moxiyat aloqa modeli Ishning maqsadi


Download 37.29 Kb.
bet1/2
Sana28.12.2022
Hajmi37.29 Kb.
#1020726
  1   2
Bog'liq
3-Amaliy mashg\'ulot


3-Amaliy mashg’uloti. Ma’lumot bazasi modellari va moxiyat - aloqa modeli
Ishning maqsadi: Talabalarda ma’ruzada olingan bilimlarni mustahkamlash, ma’lumot bazasi modellari va moxiyat - aloqa modeli bo’yicha ko’nikmalar hosil qilish.


Kutilayotgan natija:
• ma’lumot bazasi modellari haqida ma’lumot oladi.
• moxiyat - aloqa modeli mavzusi bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’ladi.


AMALIY TOPSHIRIQ: Har bir talaba o’ziga berilgan predmet soha bo’yicha ma’lumotlarni mantiqiy va fizik modelini yaratishi kerak.


Ma’lumotlarning fizik modeli. Relatsion ma’lumotlar bazasining fizik bosqichi (fizik model) axborotlarni saqlash va qayta ishlash usullarini xarakterlaydi. Ma’lumotlar bazasi va ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarini ishlab chiqish nazariyasi va amaliyotida ma’lumotlarning fizik modelini qurishga ikki xil yondashish mavjud. Birinchi yondashish aniq MBBTga bog‘liq bo‘lmay har bir jadval ma’lumotlarining fizik xossalarini tavsiflashga asoslanadi. Ya’ni, ma’lumot bazalari jadvallarining fizik modeli.
Fizik modellarni ishlab chiqishga ikkinchi yondashish aniq MBBTda ma’lumotlarni saqlash, tashkil qilish, arxitekturasini ishlab chiqish bilan bog‘liq va ko‘pincha ma’lumotlarni saqlashning fizik modeli deyiladi. Ma’lumotlar bazasini loyihalovchi o‘zi yaratayotgan axborot tizimi uchun amaliy dastur tuzilishining arxitekturasini bilmasligi mumkin, lekin har bir jadval uchun fizik modelni ishlab chiqishi kerak.
Ma’lumotlar bazasi jadvallarining fizik modeli. Ma’lumotlar bazasi jadvallarining fizik modeli jadvalning har bir maydoni xossalarini tavsiflashni nazarda tutadi. Maydon xossalarini tavsiflash uchun quyida ko‘rsatilgan shaklga qarab loyiha jadvali tuzilishi zarur.

Shunday qilib, ma’lumotlar bazasi jadvali loyihasining fizik modelini ishlab chiqish har bir maydonning xarakteristikalarini tavsiflashda keltiriladi. Ma’lumotlar bazasi jadvallari maydonlarining majburiy bo‘lgan xarakteristikalarini keltiramiz. Maydon nomi birorta minimal sondagi simvollardan tashkil topadi. Jadvalda har bir alohida MBBT maydon nomlarini tuzishning o‘ziga xos qoidalari mavjud. Umuman olganda maydon nomini probel bilan boshlamaslik, simvollar sifatida tinish belgilar ishlatishga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Maydon imzosi – qiymati maydon yacheykasida saqlanayotgan obyekt nomi bilan identifikatsiyalanadi. Maydon imzosi jadval sarlavhasida joylashadi. Zamonaviy MBBTda maydon imzosini tuzishga biron-bir cheklanishlar mavjud emas.
Ma’lumot toifasi (tipi) – MBBTda ishlatiladigan ma’lumot turi.
Simvollar (belgilar) soni – maydon yacheykalarida saqlanishga mo‘ljallangan belgilar soni.
Aniqlik – sonli maydonlarda verguldan keyin raqamlar soni.
Kalit – ushbu maydonning kalit maydonini aniqlaydi.
Keltirilgan xossalar tarkibi jadvallarda saqlanishi zarur bo‘lgan ma’lumotlar tavsifini minimal zaruriy kattaliklaridir.
Ma’lumotlar saqlashning fizik modeli. Fizik model ma’lumotlarni kompyutyer xotirasida yoki boshqa axborot saqlovchilarda joylashish usullarini, shuningdek, bu ma’lumotlarga saqlash va murojaat qilish usullarini aniqlaydi. Tarixan saqlash va murojaat qilishni birinchi tizimlari faylli strukturalar va fayllarni boshqarish tizimlari bo‘lgan. MBBTning boshqarish tizimida axborotlarni saqlash uchun faylli tizimlar samarasiz hisoblanadi. Shuning uchun zamonaviy MBBTda faylli strukturalardan bevosita ma’lumotlarni tashqi tashuvchilar tashqi xotira qurilmalarida joylashtiriladi.
Ma’lumotlarning fizik modelini ishlab chiqish.
Ish boshlashdan oldin, odatda MB obyektlari kerakli xarakteristikalarini tuzib olish kerak, ya’ni ma’lumotlar fizik modelini yaratib olish kerak. Buning uchun:
• obyektlarni tasvirlash belgilarining (tarkibi va maydonlari soni) nomenklaturasini o‘rganish;
• jadvallar har bir maydonining xarakteristikasini o‘rganish;
• natijalarni jadval ko‘rinishida rasmiylashirish
(1-jadval).

Jadval nomi. Jadvalga nom berishda quyidagi tavsiyalarni hisobga olish kerak:
• jadval nomi unda joylashgan ma’lumotlarning mazmuniga mos bo‘lishi kerak; jadval nomida tinish belgilari, qavs, undov belgisini ishlatish mumkin emas;
• jadval nomi oraliq (probel) bilan boshlanishi mumkin emas;
• bitta ma’lumot faylida bir xil ismli jadvallar bo‘lishi mumkin emas.



Download 37.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling