3 Amaliy topshiriq
Download 18.76 Kb.
|
3 Amaliy topshiriq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqaruv axborotining sifatiga koʻra; • kirim; • chiqim. Faoliyat turiga koʻra;
- Mazmuniga koʻra;
- Mazmun bayonining shakliga koʻra;
3 Amaliy topshiriq 3 Amaliy topshiriqSavollar: Hujjatni tayyorlash necha bosqichdan iborat? Hujjat tayyorlashning 2-chi bosqichi nimani oʻrganadi? Hujjatning qanday turlari mavjud? Namunali hujjatlar oʻz ichiga nimalarni oladi? Tashkiliy hujjatlar kanday masalalarni oʻzida aks ettiradi? Hujjat formulyari nima? Hujjatlarni tayyorlashda ularga qanday talablar qoʻyiladi? Javoblar: Hujjatni tayyorlash 3 bosqichda amalga oshiriladi. 2 - bosqichi aynan shu savol va shunga oʻxshash savollar boʻyicha avvalgi hujjatlarni va ularning yechimlarini oʻrganadi. Hujjatlarni tanlash hajmi tayyorlanayotgan hujjatning toʻgʻriligi, oʻziga zid boʻlmasligi va hajmini belgilab beradi. Yaqin-yaqingacha, korxona hujjatlarini qayd qilish, anʻanaviy tizimlarda kerakli hujjatlarni topish ancha mushkul boʻlgan edi. Hujjatlarni mavzu boʻyicha tanlash predmet mavzusi kartoteka bilan chegaralanib, katta mehnat sarflash orqali ham yetarli va kerakli hujjatlar xajmi boʻlmagan. Hujjatlar va avtomatlashgan qidiruv oʻrtasida oʻrnatilgan kompyuterlashgan qayd qilish tizimigina berilgan savol boʻyicha deyarli barcha kerakli hujjatlarni topish, hujjatlarni toʻla matni saqlangan tizimida esa - kerakli barcha maʻlumotlarni oʻsha zahotiyoq ekranga chiqarish imkonini beradi. Boshqaruv axborotining sifatiga koʻra; • kirim; • chiqim. Faoliyat turiga koʻra; • maʼmuriy va umumiy savollar boʻyicha; • moliyaviy-hisob jarayonlari; • taʼminot va savdo boʻyicha; • personal xodimlar boʻyicha.
• sodda hujjatlar; • murakkab hujjatlar.
• tashqi hujjatlar.
• qoralama; • asl nusxa; • nusxa;
• erkin nusxa; • koʻchirma; • ikkinchi nusxa.
• qolipli hujjatlar; • namunali hujjatlar. Hujjatlar tegishlilik jihatiga koʻra; • xizmat yoki rasmiy hujjatlari; • xususiy hujjatlar.
• shoshilinch hujjatlar • noshoshilinch hujjatlar.
• farmoyish hujjatlari; • maʻlumotsimon axborot hujjatlari; • xizmat yozishmalari. boshqaruvning muayyan bir xil vaziyatlari bilan bogʻlik, bir-biriga oʻxshash va koʻp takrorlanadigan masalalar yuzasidan tuzilgan matnlarni oʻz ichiga oladi. mazmunan tashkilot, muassasa va korxonalarning xuquqiy maqomi, tarkibiy tarmoqlari va xodimlari, boshqaruv jarayonining borishida jamoa ishtirokining qayd qilinishi, boshqa tashkilotlar bilan aloqalarning xuquqiy tomonlari kabi masalalarini aks ettiradi. Nizomlar, yoʻriqnomalar, majlis bayonlari, shartnomalar ana shunday tashkiliy hujjatlar jumlasiga kiradi. Har bir hujjat alohida unsurlardan iborat boʻlib, ular rekvizit deb yuritiladi. Masalan: hujjat avtori, adresi, imzo, sana va boshqalar. Hujjatda joylashgan rekvizitlar yigʻindisi uning formulyarini tashkil etadi. Hujjatlar matniga qoʻyiladigan eng muhim talablardan biri xolislikdir. Hujjatlar rasmiy munosabatlarni ifodalovchi va qayd qiluvchi rasmiy yozma vositalar sifatida axborotni xolis aks ettirmogʻi lozim. Shuning uchun hujjatlar tilida soʻz va soʻz shakllarini koʻllashda muayyan chegaralanishlar mavjud. Xususan, rasmiy ish uslubida kichraytirish va erkalash koʻshimchalarini olgan soʻzlar, koʻtarinki-tantanavor yoki bachkana soʻzlar, dagʻal soʻzlar, tor doiradagi kishilargina tushunadigan soʻzlar, oʻxshatish, jonlantirish, mubolagʻa, istihola, tashhis kabi obrazli tafakkur ifodasi uchun xizmat qiluvchi usullar ishlatilmaydi. Ularning ishlatilishi hujjatlar matnidagi ifodaning noxolisligiga olib keladi. Hujjat matni aniqlik, ixchamlik, loʻndalik, mazmuniy toʻliqlik kabi talablarga ham javob berishi kerak. Bu talablarga javob bermaydigan hujjat chinakam hujjat boʻla olmaydi, bunday hujjat ish yuritish jarayoniga halaqit beradi, uning samaradorligini keskin pasaytiradi. Hujjatlar matnining xolislik, aniqlik, ixchamlik, lundalik mazmuniy toʻliqlikdan iborat zaruriy sifatlari hujjatchilik tilining oʻziga xos uslubi, undagi oʻziga xos soʻz koʻllash, morfologiya va sintaksis orqali taʼmin etiladi. Download 18.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling