3. arpaning o’sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ekish me’yorlari va chuqurliklariining ta’siri doc


O’simliklar  bo’yining  o’sish  dinamikasi


Download 410.25 Kb.
Pdf ko'rish
bet43/49
Sana08.01.2022
Hajmi410.25 Kb.
#249240
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   49
Bog'liq
arpaning osishi rivojlanishi va hosildorligiga ekish meyorlari va chuqurliklariining tasiri

O’simliklar  bo’yining  o’sish  dinamikasi.  O’simlik  bo’yini  hisobga  olish 

uchun erta bahordan boshlab har oyning birinchi va o’n beshinchi sanasida model 

o’simliklarda  biometrik  o’lchashlar  amalga  oshirildi.  Kuzatishda  (15  mart) 

Mavlono  navida  urug’lar  3  sm  chuqurlikka  ekilganda  o’simlik  bo’yi  21,1  sm 

bo’lib, ekish chuqurligi ortib borgan sari o’simlik bo’yining pastligi hisobga olindi, 

ya’ni  urug’lar  11  sm  chuqurlikka  ekilganda  o’simlik  bo’yi  15,2  sm  yoki  3  sm 

chuqurlikda  ekilgandagiga  nisbatan  5,9  sm  past  bo’lganligi  qayd  qilindi.  Temur 

navida  ham  ushbu  muddatda o’simlik  bo’yi  mos ravishda  21,7  va 15,8 sm bo’lib, 

analogik natijalar olindi. Bu urug’larning tuproqni chuqur qatlamiga tushganligi va 

unib chiqish energiyasi pasayib ketganligi bilan izohlanadi. 

Birinchi  aprel  holatiga  o’simlik  bo’yi  ekish  chuqurligiga  mos  ravishda 

Mavlono  navida  21,3-29,2  sm  va  Temur  navida  22,3-30,3  sm  ni  tashkil  etib,  15 

kun davomida Mavlono navi o’simliklari 6,1-8,8 sm, Temur navi o’simliklari 6,5-

9,1 sm o’sganligi o’tkazilgan tahlillarda aniqlandi. 

Urug’lar  qanchalik  chuqurga  ekilgan  bo’lsa,  ularning  dala  unuvchanligi 

shunchalik  past  bo’ldi  va  bahorgi  oziqlantirish  o’tkazilganda  siyrak  o’simliklar 

qulay oziqlanganligi bois aprel oyidan boshlab ushbu variantlarda o’simliklar jadal 

o’sganligi qayd qilindi (3.14-jadval). 

15  aprel  holatiga  Mavlono  navida  o’simliklar  bo’yi  49,3-54,6  sm  ni  tashkil 

etib, jadal o’sgan (28,0 sm) o’simliklar tup soni kam bo’lib qolgan, ya’ni urug’lar 

11  sm  chuqurlikka  ekilgan  variantda,  eng  sust  o’sish  (21,2  sm)  urug’lar  yuza 

ekilgan  variantda  qayd  qilindi.  Urug’lar  yuza  ekilganda  tuplanish  bo’g’ini  tuproq 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com




 

62

yuzasida  bo’lib,  o’simliklarning  umumiy  holati  nisbatan  ortda  qolishiga  sabab 



bo’ldi.  Analogik  natijalar  Temur  navida  ham  qayd  etildi.  O’simliklarning 

o’sishidagi bunday holat vegetasiya oxirigacha saqlanib qoldi. 

3.14-jadval 


Download 410.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling