davomiyligida ekish me’yorlari va navlararo farqlar kuzatilmadi, ya’ni ekish-unib
chiqish 16 kunni tashkil qildi. Unib chiqish-naychalash, unib chiqish-boshoqlash
davrlariga kelib rivojlanish fazalarining davomiyligida 1-2 kunlik farqlar paydo
fazalariga ta’siri sezilarli bo’la boshladi. Ekish me’yorlarining gektariga 2,5 mln
48
dan 5,5 mln gacha oshib borishi arpaning pishishini 2-3 kunga tezlashtirdi. Ekish
me’yorlarining oshib borishi bilan kuzgi arpaning o’sish davri qisqarib bordi.
Ekish me’yori gektariga 2,5 mln me’yorda ekilganda Mavlono navi 207
kunda pishsa, ekish me’yori gektariga 5,5 mln ga oshirilganda pishish 3 kunga
tezlashdi. Temur navi esa Mavlono naviga nisbatan ekish me’yorlariga bog’liq
xolda 8-12 kun oldin pishib yetilishi kuzatildi. Ushbu holni o’simliklarning
oziqlanish maydoni qisqarishi va tuproqda oziq moddalarning yetishmasligi
natijasi, deb izohlash mumkin.Shunday qilib, Samarqand viloyati o’tloqi-bo’z
tuproqlari sharoitida kuzgi arpa navlari ekish me’yorlarining oshib borishi bilan
o’sish davri qisqarib, o’simlikning rivojlanishi tezlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: