3. arpaning o’sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ekish me’yorlari va chuqurliklariining ta’siri doc
Arpa navlari maysalarining tuplanishi
Download 410.25 Kb. Pdf ko'rish
|
arpaning osishi rivojlanishi va hosildorligiga ekish meyorlari va chuqurliklariining tasiri
Arpa navlari maysalarining tuplanishi. Barcha donli ekinlarda kuzatilgani
kabi, arpaning tuplanishi ham navning biologik xususiyatlariga, tabiiy sharoit omillariga: yorug’lik, issiqlik, namlik, oziqa rejimi va qo’llanilgan agrotexnik tadbirlarga bog’liq holda o’zgaradi. Arpaning tuplanish jadalligini uning hosildorligiga bo’lgan ta’siri bo’yicha turli qarashlar mavjud. Masalan, ayrim tadqiqotchilar tuplanishning yuqori bo’lishi hosildorlikning oshishida ijobiy holat deb hisoblasalar, ba’zilari aksincha, tuplanishning jadal bo’lishini salbiy hol deb qarashadi. Donli ekinlar tuplanish darajasi ekish me’yori bilan bevosita bog’liqdir. Har xil qalinlikdagi o’simliklarda mahsuldor poyalar soni bo’yicha farq katta bo’lmaydi. O’simliklarning optimal tup qalinligini yaratishga intilgan holda sharoitga o’zlari moslasha boradi: siyrak ekilganda tuplanishi kamayadi va zich ekilganda esa, noqulay sharoit tufayli juda kuchsiz o’simliklar nobud bo’ladi va qolgan o’simliklarning rivojlanishi kechikadi, tuplanishi pasayadi. Zich ekilganda ayrim omillar yetishmaydi, natijada o’simlik naychalash vaqtida ikki yoki uchta barg hosil qilgan paytida ikkilamchi ildiz hosil qilmasdan erta nobud bo’ladi. Shunday qilib, arpaning o’sishi va rivojlanishida bir vaqtda to’g’ri keladigan ikkita qarama- qarshi o’zaro bir-biriga bog’langan jarayonlar yuz berib, o’simlikning optimal tup qalinligini o’zi boshqarish jarayoni sodir bo’ladi. Tajribalarimizda Mavlono va Temur navlari ekish me’yorlarini 2,5 mln dan 5,5 mln ga oshirish natijasida mahsuldor tuplanish kamayib bordi. Mavlono navi gektariga 2,5 mln urug’ ekilganda bitta o’simlikda 1,50, 1 m 2 maydonda 311,3 mahsuldor poya hosil bo’ldi. Bu ko’rsatkich Temur navida muvofiq holda 1,41 va 294,7 tani tashkil qildi. Ekish me’yorini gektariga 2,5 mln dan 5,5 mln ga oshirganda alohida olingan o’simlikda mahsuldor poyalar soni kamaysada 1 m 2 da mahsuldor poyalar soni oshdi. Bu tup qalinligini oshganligi hisobiga to’g’ri keladi (3.4-jadval). Ammo, ekish me’yorlarini gektariga 2,5 mln dan 5,5 mln ga oshirganda alohida olingan o’simlikdagi va 1 m 2 dagi mahsuldor poyalar soni kamayib bordi. Ekish me’yori gektariga 3,5 mln urug’ bo’lganda Mavlono va Temur navlarida PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
45 mahsuldor tuplanish bir o’simlikda va 1 m 2 da muvofiq holda 1,46; 1,39 va 414,5; 393,1 dona bo’ldi. Bu ko’rsatkichlar gektariga 2,5 mln dan 5,5 mln ga oshirilganda Mavlono va Temur navlarida navlarga muvofiq aloxida o’simlikda 0,13; 0,05 donaga kamayib, mahsuldor poyalar 262,9 va 269,3 donaga oshdi (3.4-jadval).
Download 410.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling