41
3.1-jadval
Kuzgi arpa urug’lari dala unuvchanligiga ekish me’yorlarining ta’siri (2013-
2014 yy)
Ekish me’yori,
gektariga mln
urug’
Mavlono
Temur
1m
2
unib chiqqan
o’simlik soni, dona
Dala
unuvchanligi,
%
1m
2
unib chiqqan
o’simlik soni, dona
Dala
unuvchanligi,
%
2,5
207,5
83,0
209,0
83,6
3,5
283,9
81,1
282,8
80,8
4,5
356,4
79,2
351,5
78,1
5,5
419,1
76,2
414,7
75,4
Tadqiqotlarimizda Mavlono, Temur navlari gektariga 2,5 mln unuvchan urug’
ekilganda dala unuvchanligi muvofiq holda 83,0; 83,6 % bo’ldi. Ekish me’yori
gektariga 5,5 mln unuvchan urug’ bo’lganda dala sharoitidagi unuvchanlik 2,5 mln
unuvchan urug’ ekilganga nisbatan Mavlono navida 6,8 %, Temur esa 8,2 %
kamaydi.
Shunday qilib, ekish me’yori oshib borishi bilan urug’larning dala sharoitida
unuvchanligi kamayib boradi.
3.2. Ekish me’yorlarini arpa navlarining o’sishi, rivojlanishi va quruq
modda to’plashiga ta’siri
O’simliklarning o’sishi va rivojlanishi, ular hayotining faollik darajasini
ko’rsatuvchi eng muhim jarayon hisoblanadi va o’simlik turiga, naviga yetishtirish
sharoiti va agrotexnikasiga bog’liq bo’ladi.
Shunday ekan kuzgi arpaning o’sishi va rivojlanishi ham u yetishtirilayotgan
hududning tuproq-iqlim sharoitiga hamda qo’llanilayotgan agrotexnologik
tadbirlarga uzviy bog’liqdir. Kuzgi arpaning o’sishi va rivojlanishi uchun tabiiy
sharoit muhim ahamiyatga ega bo’lishiga qaramasdan agrotexnologik usullar
(ekish me’yori, muddati) o’simliklarning rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatadi.
Bunday ta’sirni biz kuzgi arpani unib chiqishidan boshlab, o’simlikning o’sish
davrining oxirigacha kuzatishimiz mumkin.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
42
Shuning uchun ham kuzgi arpaning o’sishi va rivojlanishi, don hosili va
sifatiga, tuproqdagi namlikning miqdori, ekish me’yorlari va chuqurligining
ta’sirini o’rganishga alohida e’tibor qaratdik.
Do'stlaringiz bilan baham: