III. TADQIQOT NATIJALARI
3.1.
Ekish
me’yorlarining
arpa
navlari
urug’larining
dala
unuvchanligiga ta’siri
Ma’lumki, barcha qishloq xo’jalik ekinlari shu jumladan kuzda ekilgan
arpadan ham yuqori va sifatli hosil yetishtirishda har bir gektar hisobiga ma’lum
qalinlikdagi o’simlikni o’stirish eng muhim agrotexnik tadbir hisoblanadi. Chunki
ma’lum bir sharoitda ekinlarning qalinligiga birinchi navbatda urug’larning
unuvchanligi, ekish me’yori, tuproq-iqlim sharoiti, yerlarni ekishga tayyorlash va
ekish, ekilayotgan nav xususiyatiga va boshqa bir qator omillarga bog’liq bo’ladi
(Xodjaqulov, 1980; Qurbonov, 1981).
Urug’larning
dala
unuvchanligi
ko’pchilik
hollarda
laboratoriya
unuvchanligidan kam bo’ladi. Urug’larning dala unuvchanligi urug’larning
sifatiga, agrotexnikaga, tuproq-iqlim sharoitiga, urug’lar, maysalarning kasallik va
zararkunandalar bilan zararlanishiga hamda boshqa omillarga bog’liq bo’ladi
(Kuznesova, 2006).
Urug’larning dala unuvchanligining pasayish sabablari turlicha talqin etiladi,
chunonchi o’tmishdosh ekinlarni noto’g’ri tanlash (Sokol, 1986), urug’ ekish
chuqurligini noto’g’ri belgilash (Yankovskiy, 2006), urug’lik sifatini pastligi
(Kurbanov, 1988; Halilov, 1988), tuproqdagi namlikning yetishmasligi va boshqa
omillardir.
Mavjud adabiyotlarda urug’larning dala unuvchanligiga ekish me’yorining
ta’sir ko’rsatishi bo’yicha qarama-qarshi fikrlar uchraydi.
Tajribalarimizda ekish me’yorlari urug’larning dala unuvchanligiga sezilarli
ta’sir qildi. Urug’larning dala unuvchanligi ekish me’yorlariga va navlarga
muvofiq Mavlono, Temur navlari bo’yicha 76,2 dan 83 %gacha va 75,4 dan 83,6
%gacha o’zgarib turdi (3.1-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |