2.5. Tajribada qo’llanilgan kuzgi arpa yetishtirish texnologiyasi
Kuzda paxta hosili bir marta terib olingandan keyin g’o’za qator oralari 700
m
3
/ga me’yorida sug’orildi. Yer yetilishi bilan KRN-4,2 kultivatori bilan g’o’za
qator oralari 14-16 sm chuqurlikda ishlandi. Paxta hosilini terishdan oldin g’o’za
barglarini to’kish uchun gektariga 10 kg me’yorida xlorit magniy pereparati 300 l
suvga aralashtirilib OVX-28 agregati yordamida purkaldi.
G’o’za qator oralarini kultivasiya qilishdan oldin gektariga ta’sir qiluvchi
modda hosobida 92 kg fosfor 60 kg kaliyli o’g’itlar NRU-0,5 o’g’itlagichlari
yordamida sepildi. Azotli o’g’itlarni 22 kg ammofos bilan birgalikda ekishdan
tuproqni ishlashdan oldin berildi. Azotli o’g’itlarning qolgan qismi erta bahorda
tuplanish fazasida 80 kg/ga, naychalash fazasining boshlanishida 78 kg/ga
oziqlantirishlar sifatida berildi.
Ekish qayta jihozlangan, ekishga moslashtirilgan KRN-4,2 kultivatorlarida
o’tkazildi.
Ekish uchun Panoktin preparati bilan 2 kg/t hisobida zamburug’ va boshqa
kasalliklarga qarshi ishlangan 1- avlod urug’lardan foydalanildi. Urug’lar
ekilgandan keyin g’o’za qator oralari yana kultivasiya qilinib bir yo’la jo’yaklar
olindi, urug’larni tuproqqa ko’milishi ta’minlandi. Ekishdan keyin darhol gektariga
750 m
3
/ga me’yorda sug’orish o’tkazildi.
Erta bahorda mart oyining ikkinchi o’n kunligida begona o’tlarga qarshi
Granstar gerbisidi gektariga 15 g/ga me’yorida, OVX-28 agregati yordamida
purkaldi.
Tajriba o’tkazilgan paykallarda tuproqdagi namlik kuzgi arpa o’suv davrida
cheklangan dala nam sig’imining (ChDNS) 70 % kam bo’lmagan holda ushlandi.
Bahorda tuplanish fazasida kuzgi arpa gektariga 0,5 kg/ga me’yorda
Follikyur fungisidi bilan un shudring va boshqa zamburug’ kasalliklarini oldini
olish maqsadida qo’llanildi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
40
Do'stlaringiz bilan baham: |