3. arpaning o’sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ekish me’yorlari va chuqurliklariining ta’siri doc
Download 410.25 Kb. Pdf ko'rish
|
arpaning osishi rivojlanishi va hosildorligiga ekish meyorlari va chuqurliklariining tasiri
2.3-bo’lim yuzasidan xulosa
Tajribani o’tkazishda va ma’lumotlarni tahlil qilishda umumqabul qilingan uslublardan foydalanildi.
Tajribaning obyekti qilib kuzgi arpaning Davlat reyestriga kiritilgan kuzgi Mavlona va duvarak Temur navlari olindi. Mavlono: O’zbekiston donchilik ilmiy tekshirish instituti ( Don ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi ) ning seleksion navi. V-27 (K-25376, Bolgariya) x Tazim navlari chatishtirib olingan duragaydan yakkalab tanlash yo’li bilan yaratilgan. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 38 Mualliflar: T.Mamatqulov, M.V.Lukyanova, Yu.A.Aripov, A.A.Amanov, P.A.Djumabayev. 1997 yilda Qashqadaryo, Samarqand, Farg’ona viloyatining sug’oriladigan yerlarida kuzgi muddatlarda ekish uchun Davlat reyestiriga kiritilgan. Biologik kuzgi. Parallelum turiga mansub. Boshog’i olti qatorli, to’g’riburchakli, to’q-sariq qisqa. Boshoq qipig’i tor va kuchsiz rivojlangan. Qiltig’i sariq, boshog’iga nisbatan 2,0-2,5 barobar uzun, o’rtacha dag’allikda. Doni och sariq, o’rtacha kattalikda, ellips shaklida. 1000 dona don massasi 40,4-48,8 g. 2005-2004 sinov yillarida o’rtacha don hosildorligi gektaridan 46,2-56,3 sentnerga teng. O’rtapishar, vegetatsiya davri 195-215 kun. Nav to’kilish va yotib qolishga bardoshli, qishga chidamliligi 4,7-5,0 ballga teng. Qishloq xo’jalik kasalliklari va hashoratlariga chidamli. Temur: Samarqand qishloq xo’jalik instituti va Samarqand «Don» ilmiy ishlab chiqarish firmasining seleksion navi. Mualliflar: T.X.Xodjaqo’lov, A.A.Linchevskiy, D.T.Abdukarimov, R.A.Udachin. Pallidum 90 x HVS 63180/73; Pallidum 90 (Anjer x Omar ) x HVS 63180/73 (rentgenomutant nav Elita) navlari chatishtirib olingan duragay kombinasiyasidan ikki marotaba yakka tanlash yo’li bilan yaratilgan. 1997 yildan Qashqadaryo, Samarqand, Farg’ona viloyatining sug’oriladigan yerlarida kuzgi muddatlarda ekish uchun Davlat reyestriga kiritilgan. Duvarak (Bilogik bahorgi) Parallelum turiga mansub. Boshog’i sariq, to’rt qirrali, o’rtacha uzunlikda. Boshoq qipig’i kuchsiz rivojlangan, qiltig’i uzun, och sariq, dag’al sinuvchan. Doni yirik, sariq, cho’zinchoq. 1000 dona don massasi 42,6 g. 2000-2004 sinov yillari o’rtacha don hosildorligi 41,4- 57,9 sentner. O’rtapishar. Vegetasiya davri 198-216 kun. Nav yotib qolish va to’kilishga bardoshli, qishga chidamliligi 4,0-5,0 ball. Navning oziqaboplik xususiyati yaxshi: oqsil miqdori – 13,3%. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
39 Qishloq xo’jalik kasalliklari va hashorotlariga chidamli. Sariq zang bilan kuchsiz darajada (9,0-10,0 %) zararlanadi.
Download 410.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling