3. arpaning o’sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ekish me’yorlari va chuqurliklariining ta’siri doc
Download 410.25 Kb. Pdf ko'rish
|
arpaning osishi rivojlanishi va hosildorligiga ekish meyorlari va chuqurliklariining tasiri
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-tajriba sxemasi
1-tajriba sxemasi
№ Ekish me’yori, mln/ga 1 2,5 2 3,5
3 4,5
4 5,5
2-tajriba. Arpaning o’sishi va rivojlanishiga ekish chuqurligining ta’siri. Bu tajribada ekish chuqurligining Mavlono va Temur navlari urug’larining dala unuvchanligini, o’simliklarning qishlab chiqishi, yashovchanligi, hosil tarkibi, hosildorligi, don sifati, iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlariga ta’siri o’rganildi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 35
№
1 3,0 2 5,0 3 7,0 4 9,0 5 11,0 Dala tajribalarining tuproq, o’simlik materiallari, donning texnologik sifat ko’rsatkichlari tahlili Samarqand qishloq xo’jalik institutining O’simlikshunoslik kafedrasi, institut markaziy ilmiy tadqiqot va SEG’DO’ITI G’allaorol filiali laboratoriyalarida o’tkazildi va o’rganildi. Dala tajribalari 4 takrorlikda, hisobga olinadigan maydonchalarning kattaligi 50 m 2
Tajriba dalasi tuproqlarining agrokimyoviy va agrofizikaviy xossalari quyidagi uslublarda aniqlandi. Tuproqning 60 sm qatlamida chirindi – Tyurin uslubi bo’yicha, umumiy azot, fosfor va kaliy bitta namunada I.M.Malseva, L.P.Grisenko usulida, N-NO 3 - Granvald-Lyaju uslubi bo’yicha, P 2 O 5 – Machigin uslubida, K 2 O – olovli fotometrda aniqlandi. Don va tuproqdagi umumiy azot miqdori Kyeldal uslubi bo’yicha aniqlandi. Dala sharoitida tuproqning zichligi 500 sm 3 silindr yordamida Kachinskiy usuli bo’yicha; solishtirma massasi piknometrik usulda; tuproqning g’ovakligi hisoblash usulida; tuproqning suv o’tkazuvchanligi Kachinskiy usulida; tuproq namligi termostatda quritish usulida bajarildi. Tajribada mineral o’g’itlardan ammofos (N-11 %, P 2 O
-46 %), kaliy tuzi (K 2 O-40 %), ammiakli selitra (N-34 %) qo’llanildi. Arpa hosili tajribalarda bog’lamlar usulida va yoppasiga yig’ishtirilib, yanchib olindi. Hosil standart (14 %) namlikka va 100% tozalikka keltirib hisoblandi (Dospexov, 1985). Kuzatish va biotermik hisoblar model o’simliklarda ikkita toq takrorlikda olib borildi. Fenologik kuzatishlar qishloq xo’jalik ekinlarini nav sinash bo’yicha davlat inspeksiyasining uslubi bo’yicha o’tkazildi (1971). PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
36 Ekilgan bug’doyning o’sishi, rivojlanishi va mahsuldorligini o’rganish uchun quyidagi fenologik kuzatishlar va biotermik o’lchashlar bajarildi: -urug’larning dala sharoitida unuvchanligi va o’simliklarning qishlash oldidan tup qalinligi, qishlab chiqqandan keyin va hosilni yig’ishtirishdan oldin doimiy hisobga olingan 1,0 m 2 maydonlarning dioganal bo’yicha 10 joyidan hisoblab borildi; -arpa o’simligining biometrik ko’rsatkichlari 1,0 m 2 maydanchadan 4 takrorlikda 10-15 kun oralig’ida hisobga olindi; -barglarning yuzasi Lazarev formulasi (S=AB*0,76) yordamida aniqlandi; -barg yuzasi o’sishi dinamikasi, fotosintetik potensial va fotosintez sof mahsuldorligi A.A.Nichiporovich va boshqalar (1961), I.S.Shatilov (1975) uslublari bo’yicha aniqlandi: Fotosintez sof mahsuldorligi quyidagi formula yordamida aniqlandi: sut x
g/m T
*
) L (L * /0,5 B - B FSM
2 2 1 1 2 = + =
B 2 va B 1 – o’lchash davrining boshlanishi va oxiridagi quruq biomassa hosilining ko’rsatkichi, g; L 1 +L 2 – o’lchash boshi va oxirida barg maydoni, m 2 ; 0,5 . (L
1 +L 2 ) – o’lchash davrida ishlagan o’rtacha barg maydoni, m 2 ; T – o’lchash davri oralig’idagi kun davomiyligi. -bug’doy ildizlari vaznining tuproq qatlamlari bo’yicha taqsimlanishini hisobga olish B.F.Chijov (1931) bo’yicha dala tajribalari maydonchalarida hisobga olindi;
-kuz arpaning tuplanish xususiyatlarini, turli yoshdagi novdalarning mahsuldorligini va qishda chidamligini agrotexnik usullarga bog’liq holda o’rganish maqsadida urug’larning to’la unib chiqish davrida 20 ta o’simlikdan asosiy va navbatdagi yon novdalarning hosil bo’lishi hisobga olindi; -donning mum pishish fazasida novdalarning mahsuldorligi aniqlandi; -kuzgi arpaning yotib qolishga chidamligi ko’z bilan chamalash orqali 5 balli shkala bo’yicha boshoqlash va donning mum pishish fazalarida baholandi. 5 ball – bug’doy o’simligi umuman yotmagan bo’lsa, 4 ball – ba’zi joylarda kuchsiz PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 37 yotganda, 3 ball – o’rtacha yotib qolgan, 2 ball – hosilni yig’ishtirishni qiyinlashtiradigan kuchli yotish, 1 ball – hosilni yig’ishtirishdan oldin yotib qolganda va faqat qo’l bilan o’rish mumkin bo’lganda belgilandi; -o’simliklarning tup qalinligini aniqlash maqsadida ajratilgan maydonlardan hosilni yig’ishtirishdan oldin hosil strukturasini tahlil qilish uchun bog’lamlar olindi; -laboratoriya sharoitida 100 ta o’simlik tahlili o’tkazildi: ularning balandligi o’lchandi, mahsuldor tuplanish hisoblandi, boshoqning uzunligi, boshoqdagi boshoqchalar va donlar soni, bitta boshoqdagi don massasi, shuningdek 1 m 2 dagi
don somon, don chiqimi hisoblandi. Bog’lamdagi boshoqli poyalar soni ham hisobga olindi; -donning namligi va ifloslanishi, 1000 dona don massasi, naturasi, GOST bo’yicha donning texnologik xususiyatlari mikro uslubda, kleykovina (yelimsimon modda) miqdori GOST-13586-1068 bo’yicha aniqlandi. Dondagi oqsil miqdori Barnshteyn bo’yicha, umumiy oqsil miqdori azot bo’yicha hisoblandi. Azot esa Kyeldal usubi bo’yicha aniqlandi. Tajribaning iqtisodiy samaradorligi hisob-meyoriy uslublari bo’yicha, statistik tahlil B.A.Dospexov (1986) bo’yicha amalga oshirildi.
Download 410.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling