3. arpaning o’sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ekish me’yorlari va chuqurliklariining ta’siri doc


Download 410.25 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/49
Sana08.01.2022
Hajmi410.25 Kb.
#249240
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   49
Bog'liq
arpaning osishi rivojlanishi va hosildorligiga ekish meyorlari va chuqurliklariining tasiri

1-tajriba sxemasi 

№ 

Ekish me’yori, mln/ga 

2,5 



3,5 


4,5 


5,5 


 

2-tajriba. Arpaning o’sishi va rivojlanishiga ekish chuqurligining ta’siri. 

Bu  tajribada  ekish  chuqurligining  Mavlono  va  Temur  navlari  urug’larining  dala 

unuvchanligini,  o’simliklarning  qishlab  chiqishi,  yashovchanligi,  hosil  tarkibi, 

hosildorligi, don sifati, iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlariga ta’siri o’rganildi. 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com




 

35

2-tajriba sxemasi 

№ 

Ekish chuqurligi, sm 

3,0 



5,0 

7,0 



9,0 

11,0 



 

Dala  tajribalarining  tuproq,  o’simlik  materiallari,  donning  texnologik  sifat 

ko’rsatkichlari  tahlili  Samarqand  qishloq  xo’jalik  institutining  O’simlikshunoslik 

kafedrasi,  institut  markaziy  ilmiy  tadqiqot  va  SEG’DO’ITI  G’allaorol  filiali 

laboratoriyalarida o’tkazildi va o’rganildi. 

Dala tajribalari 4 takrorlikda, hisobga olinadigan maydonchalarning kattaligi 

50 m



ga teng bo’lib, bir yarusli qilib joylashtirildi. 



Tajriba  dalasi  tuproqlarining  agrokimyoviy  va  agrofizikaviy  xossalari 

quyidagi  uslublarda  aniqlandi.  Tuproqning  60  sm  qatlamida  chirindi  –  Tyurin 

uslubi  bo’yicha,  umumiy  azot,  fosfor  va  kaliy  bitta  namunada  I.M.Malseva, 

L.P.Grisenko  usulida,  N-NO

-  Granvald-Lyaju  uslubi  bo’yicha,  P



2

O



–  Machigin 

uslubida,  K

2

O  –  olovli  fotometrda  aniqlandi.  Don  va  tuproqdagi  umumiy  azot 



miqdori Kyeldal uslubi bo’yicha aniqlandi. Dala sharoitida tuproqning zichligi 500 

sm

3



 silindr yordamida Kachinskiy usuli bo’yicha; solishtirma massasi piknometrik 

usulda;  tuproqning  g’ovakligi  hisoblash  usulida;  tuproqning  suv  o’tkazuvchanligi 

Kachinskiy usulida; tuproq namligi termostatda quritish usulida bajarildi. 

Tajribada  mineral  o’g’itlardan  ammofos  (N-11  %,  P

2

O

5



-46  %),  kaliy  tuzi 

(K

2



O-40 %), ammiakli selitra (N-34 %) qo’llanildi. 

Arpa  hosili  tajribalarda  bog’lamlar  usulida  va  yoppasiga  yig’ishtirilib, 

yanchib  olindi.  Hosil  standart  (14  %)  namlikka  va  100%  tozalikka  keltirib 

hisoblandi (Dospexov, 1985). 

Kuzatish  va  biotermik  hisoblar  model  o’simliklarda  ikkita  toq  takrorlikda 

olib  borildi.  Fenologik  kuzatishlar  qishloq  xo’jalik  ekinlarini  nav  sinash  bo’yicha 

davlat inspeksiyasining uslubi bo’yicha o’tkazildi (1971). 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



 

36

Ekilgan  bug’doyning  o’sishi,  rivojlanishi  va  mahsuldorligini  o’rganish 



uchun quyidagi fenologik kuzatishlar va biotermik o’lchashlar bajarildi: 

-urug’larning dala sharoitida unuvchanligi va o’simliklarning qishlash oldidan 

tup  qalinligi,  qishlab  chiqqandan  keyin  va  hosilni  yig’ishtirishdan  oldin  doimiy 

hisobga  olingan  1,0  m

2

  maydonlarning  dioganal  bo’yicha  10  joyidan  hisoblab 



borildi; 

-arpa  o’simligining  biometrik  ko’rsatkichlari  1,0  m

2

  maydanchadan  4 



takrorlikda 10-15 kun oralig’ida hisobga olindi; 

-barglarning yuzasi Lazarev formulasi (S=AB*0,76) yordamida aniqlandi; 

-barg  yuzasi  o’sishi  dinamikasi,  fotosintetik  potensial  va  fotosintez  sof 

mahsuldorligi  A.A.Nichiporovich  va  boshqalar  (1961),  I.S.Shatilov  (1975) 

uslublari bo’yicha aniqlandi: 

Fotosintez sof mahsuldorligi quyidagi formula yordamida aniqlandi: 

sut

 x 


g/m

T

 



*

 

)



L

(L

*



/0,5

B

-



B

FSM


2

2

1



1

2

=



+

=

 



B

2

  va  B



–  o’lchash  davrining  boshlanishi  va  oxiridagi  quruq  biomassa  hosilining 

ko’rsatkichi, g; 

L

1



+L

– o’lchash boshi va oxirida barg maydoni, m



2

 0,5 



.

 (L


1

+L

2



) – o’lchash davrida ishlagan o’rtacha barg maydoni, m

2

;   



T – o’lchash davri oralig’idagi kun davomiyligi. 

-bug’doy  ildizlari  vaznining  tuproq  qatlamlari  bo’yicha  taqsimlanishini 

hisobga olish B.F.Chijov (1931) bo’yicha dala tajribalari maydonchalarida hisobga 

olindi; 


-kuz  arpaning  tuplanish  xususiyatlarini,  turli  yoshdagi  novdalarning 

mahsuldorligini  va  qishda  chidamligini  agrotexnik  usullarga  bog’liq  holda 

o’rganish  maqsadida  urug’larning  to’la  unib  chiqish  davrida  20  ta  o’simlikdan 

asosiy va navbatdagi yon novdalarning hosil bo’lishi hisobga olindi; 

-donning mum pishish fazasida novdalarning mahsuldorligi aniqlandi; 

-kuzgi arpaning yotib qolishga chidamligi ko’z bilan chamalash orqali 5 balli 

shkala bo’yicha boshoqlash va donning mum pishish fazalarida baholandi. 5 ball – 

bug’doy  o’simligi  umuman  yotmagan  bo’lsa,  4  ball  –  ba’zi  joylarda  kuchsiz 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com




 

37

yotganda,  3  ball  –  o’rtacha  yotib  qolgan,  2  ball  –  hosilni  yig’ishtirishni 



qiyinlashtiradigan  kuchli  yotish,  1  ball  –  hosilni  yig’ishtirishdan  oldin  yotib 

qolganda va faqat qo’l bilan o’rish mumkin bo’lganda belgilandi; 

-o’simliklarning  tup  qalinligini  aniqlash  maqsadida  ajratilgan  maydonlardan 

hosilni  yig’ishtirishdan  oldin  hosil  strukturasini  tahlil  qilish  uchun  bog’lamlar 

olindi; 

-laboratoriya  sharoitida  100  ta  o’simlik  tahlili  o’tkazildi:  ularning  balandligi 

o’lchandi,  mahsuldor  tuplanish  hisoblandi,  boshoqning  uzunligi,  boshoqdagi 

boshoqchalar va donlar soni, bitta boshoqdagi don massasi, shuningdek 1 m

2

 dagi 


don  somon,  don  chiqimi  hisoblandi.  Bog’lamdagi  boshoqli  poyalar  soni  ham 

hisobga olindi; 

-donning  namligi  va  ifloslanishi,  1000  dona  don  massasi,  naturasi,  GOST 

bo’yicha donning texnologik xususiyatlari mikro uslubda, kleykovina (yelimsimon 

modda)  miqdori  GOST-13586-1068  bo’yicha  aniqlandi.  Dondagi  oqsil  miqdori 

Barnshteyn  bo’yicha,  umumiy  oqsil  miqdori  azot  bo’yicha  hisoblandi.  Azot  esa 

Kyeldal usubi bo’yicha aniqlandi. 

Tajribaning  iqtisodiy  samaradorligi  hisob-meyoriy  uslublari  bo’yicha, 

statistik tahlil B.A.Dospexov (1986) bo’yicha amalga oshirildi. 


Download 410.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling