3. arpaning o’sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ekish me’yorlari va chuqurliklariining ta’siri doc


Download 410.25 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/49
Sana08.01.2022
Hajmi410.25 Kb.
#249240
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   49
Bog'liq
arpaning osishi rivojlanishi va hosildorligiga ekish meyorlari va chuqurliklariining tasiri

III. TADQIQOT NATIJALARI 

 

3.1. 

Ekish 

me’yorlarining 

arpa 

navlari 

urug’larining 

dala 

unuvchanligiga ta’siri 

 

Ma’lumki,  barcha  qishloq  xo’jalik  ekinlari  shu  jumladan  kuzda  ekilgan 



arpadan  ham  yuqori  va  sifatli  hosil  yetishtirishda  har  bir  gektar  hisobiga  ma’lum 

qalinlikdagi o’simlikni o’stirish eng  muhim agrotexnik tadbir  hisoblanadi. Chunki 

ma’lum  bir  sharoitda  ekinlarning  qalinligiga  birinchi  navbatda  urug’larning 

unuvchanligi,  ekish  me’yori,  tuproq-iqlim  sharoiti,  yerlarni  ekishga  tayyorlash  va 

ekish,  ekilayotgan  nav  xususiyatiga  va  boshqa  bir  qator  omillarga  bog’liq  bo’ladi 

(Xodjaqulov, 1980; Qurbonov, 1981). 

Urug’larning 

dala 


unuvchanligi 

ko’pchilik 

hollarda 

laboratoriya 

unuvchanligidan  kam  bo’ladi.  Urug’larning  dala  unuvchanligi  urug’larning 

sifatiga, agrotexnikaga, tuproq-iqlim sharoitiga, urug’lar, maysalarning kasallik va 

zararkunandalar  bilan  zararlanishiga  hamda  boshqa  omillarga  bog’liq  bo’ladi 

(Kuznesova, 2006). 

Urug’larning dala unuvchanligining pasayish sabablari turlicha talqin etiladi, 

chunonchi  o’tmishdosh  ekinlarni  noto’g’ri  tanlash  (Sokol,  1986),  urug’  ekish 

chuqurligini  noto’g’ri  belgilash  (Yankovskiy,  2006),  urug’lik  sifatini  pastligi 

(Kurbanov,  1988;  Halilov,  1988),  tuproqdagi  namlikning  yetishmasligi  va  boshqa 

omillardir. 

Mavjud  adabiyotlarda  urug’larning  dala  unuvchanligiga  ekish  me’yorining 

ta’sir ko’rsatishi bo’yicha qarama-qarshi fikrlar uchraydi. 

Tajribalarimizda ekish me’yorlari urug’larning dala unuvchanligiga sezilarli 

ta’sir  qildi.  Urug’larning  dala  unuvchanligi  ekish  me’yorlariga  va  navlarga 

muvofiq Mavlono, Temur  navlari  bo’yicha 76,2 dan 83 %gacha  va 75,4  dan 83,6 

%gacha o’zgarib turdi (3.1-jadval). 


Download 410.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling